Eritib qoplanadigan elektrodlar. ÃÎCÒ 10051–75 da eritib qoplanadigan elektrodlarning qoplangan qatlamning 25 dan 65 ÍRC gacha qattiq bo‘lishini ta’minlaydigan 44 turi ko‘zda tutil- gan. Bu ÃÎCÒ eritib qoplangan metall kimyoviy tarkibi ham- da har qaysi turdagi elektrodning tegishli belgisini belgilaydi. Masalan: ÖÍ–5-E–24X12 quyidagicha tushuniladi: ÖÍ–5-elek- trod rusumi, E harflari mazkur elektrod eritib qoplanadigan elek-
trod ekanligini ko‘rsatadi, 24X12 esa metall qoplamida o‘rtacha hisobda 0,24% uglerod,12% xrom borligini bildiradi.
Kesgichlar, frezalar va boshqa asboblarga metall eritib qoplash uchun ÖÈ–1M, ÖÈ–2Ó, È–1 rusumli elektrodlar ishlatila- di. Bunday elektrodlar qoplamada tez kesadigan po‘lat turidagi metall hosil qiladi va qattiqligi 62—65 HRC gacha bo‘lishi uchun termik ishlashga imkon beradi.
Pichoqlar va qaychilarning kesuvchi tig‘lari ÖÍ–5 rusumli elektordlarni eritib qoplanadi.
Shtamplar qoplamda xromli martensit po‘lat hosil qiladigan OÇØ–1, ÖÍ–4, ÖØ–1 rusumli elektrodlarni eritib qoplanadi. Metall eritib qoplangan yuzalar yumshatiladi, mexanik ishlanadi, so‘ngra 40–57 HRC qattiqlikgacha toblanadi.
T–590, T–620, 13KÍ, X5 rusumli elektrodlardan eritib qoplan- gan metall qattiqligi 56–62 HRC, faqat abraziv asbob bilan ishlana- digan karbid yoki martensit sinfida bo‘ladi. Ular zarb yuklamasiz ishlaydigan tez yeyiladigan po‘lat va cho‘yan detallarga qoplanadi. OÇÍ–250Ó, OÇÍ–300Ó, OÇÍ–350Ó, OÇÍ–400Ó rusum-
li elektrodlardan eritib qoplangan metall o‘rtacha qattiqlikdagi (250—400 ÍÂ) perlit sinfida bo‘ladi. Ular bilan vallar, relslar, o‘qlar eritib qoplanadi. Ana shunday elektrodlarni eritib hosil qilingan qoplam qattiqligi qoplanayotgan qatlamning asosiy metall bilan aralashish darajasi va sovitish tezligiga bog‘liqdir. Tez sovi- tilsa eritib qoplangan metall toblanishi va darz ketishi mumkin. Shuning uchun bunday elektrodlar bilan oldindan 300—600°C ga qadar qizdirib eritib qoplanadi.
110Ã13 rusumdagi sermarganetsli toblanadigan austenit po‘lat- dan tayyorlangan detallar OMÃ-Í elektrodlarni eritib qoplanadi.
Donador va quyma qattiq qotishmalar
Erimaydigan elektrod bilan yoyli dastakli eritib qoplashda de- tallarda yeyilishga chidamli qatlamlar hosil qilish uchun C–2M, ÔÁX6–2, ÁX va KÁX ÃÎCÒ 11546–75 bo‘yicha rusumli kukun- lar mexanik aralashmalaridan foydalaniladi.
Stalinit (C–2M)– sanoatda keng ishlatiladigan arzon qotish- ma bo‘lib, tuyilgan ferroxrom, ferromarganets, cho‘yan qirindi va neft koksi aralashmasidan iboratdir. Stalinitning kimyoviy tarkibi quyidagicha: xrom 24—26%, marganets 6—8,5%, uglerod 7—10%,
kremniy 3% gacha, oltingugurt 0,5% gacha, fosfor 0,5% gacha,
qolganlari temir. Stalinit bilan eritib qoplashda qattiqlik kamida 54 HRC tashkil etadi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |