26-Amaliy mashg'ulot



Download 205,1 Kb.
Sana23.06.2021
Hajmi205,1 Kb.
#99501
Bog'liq
26-Amaliy mashgulot. ЭССО birinchi pogonali ozgartirgich


26-Amaliy mashg'ulot.

ЭССО. BIRINCHI POG'ONALI O'ZGARTIRGICH

O’qlarni sanash tizimi bir yo’lli yoki ikki yo’lli uchastkalarda, alohida yo’llarda yoki blok-uchstkalarning bazi qismlarining rels zanjirini qo’llash imkoniyati bo’lmagan joylarida qo’llanilishi mumkin. Misol uchun, mostlarda chunki u yerda relslar qurilish elementlaridan izolyatsiyalanmagan bo’ladi.

Avval aytilganidek (1.6-bo’lim) AB tizimlarida o’qlarni sanash tiziminini keng qamrovli qo’llash, yaqin yillar ichida temir yo’l avtomatika va telemexanikasining rivojlanish strategiyasiga ko’ra ko’rib chiqilmayapti. Bu bazi savollarning yechimi murakkabligi bilan bog’liq, rels iplarining butunligi nazorati yo’qligi, ALSN (автоматическая локомотивная сигнализация непрерывный) ishi ta’minlanmasligida. Shuning uchun ham o’qlarni sanash tizimini AB tizimlarida rels zanjirini qo’llash imkkoniyati mavjud bo’lmagan, ayrim uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiq.

Quyida AB da O’ST ni qo’llanilishini ko’rib chiqamiz [7]. Ikki yo’lli peregon, ikkita most mavjud bo’lib, har ikkala yo’ldan ikki tomonlama harakatlanish mumkin va sonli kodli avtoblokirovka(ЧКАБ) bilan jihozlangan. Uchastkada harakat xavfsizligini ta’minlash uchun SIEMENS firmasining O’ST ni qo’llanilishini ko’rib chiqamiz.

“SIEMENS” firmasining AzS 350 tizimi quyidagilardan tarkib topgan: ikki kanalli datchiklar IД1, IД2 birinchi yo’lda (3.1-rasm tepadagi), IIД1, IIД2 ikkinchi yo’lda (3.1-rasm pastdagi); datchik yaqinidagi yo’l korobkalrida o’rnatilgan IСП1, IСП2 va IIСП1, IIСП2 sanash punktlari, EM postida joylashgan hisoblash qurilmasi (36-rasm).



36-rasm. Peregon plani va o’qlarni sanash tizimi bilan avtoblokirovkani bog’lash sxemasi

Har bir sanash punkti EM posti bilan, ТЗАБпШп 4x4x0,9 markadagi simmetrik ikki simli liniya kabeli bilan bog’langan. Bu liniyalar orqali (ПЛ2СУ, ПОЛ2СУvaПЛ1СУ, ПОЛ1СУ) EM postidan sanash punklariga kuchlanish manbasi uzatiladi, qaytar yo’nalish bo’yicha solishtirish qurilmasiga datchik ustidan o’tayotgan poezd g’ildiraklari soni haqida ma’lumot yuboriladi (36-rasm).

Solishtirish qurilmasining vazifasi, ma’lumotlarni qayta ishlash va ma’lumotlar nazorati uzeli markazi sifatida, kelgan ma’lumotlarni qayta ishlab, ular asosida uchastkani bo’shligi yoki bandligi haqidagi habarni ishlab chiqarish. Hisoblash qurilmasi chiqishiga ikkita rele ulangan IIРСva IIРЗ bo’lib, ular mos holda ikkinchi yo’lning mostli uchastkani bo’sh yoki bandligini nazorat qiladi. Huddi shu usulda birinchi yo’lning mostli uchastkasi ham nazorat qilinadi.

Yo’l bo’sh bo’lganida IIРС tokli, IIРЗ esa toksiz holatda bo’ladi. Bu relelar holatining mos tushishini, qurilmalar buzilishi relesi IIКН nazorat qiladi. Yo’l bo’shligining nazoratini esa IIКП relesi amalga oshiradi. IIКП relesi old kontaktlari bilan IIКП, IIОКП simlarga 24 V ta’minot manbasini ulaydi (3.1-rasm). Bu simlarga ketma-ket ravishda IIКП1, КП1, КП2, КП1, КП2 relelari ulangan, ular yo’l bandligi yoki bo’shligini nazorat qiladi va EM postida, II yo’l 5,6-svetoforlari shkafida joylashadi. Bu relelar liniya zanjirini boshqaradi (IIЛ1, IIОЛ1 3.1-rasm) va A stansiya navbatchisining pult-tablosida nazorat qilinayotgan blok-uchastka holati haqida indikatsiyani yoqadi.

Liniya zanjiri qo’shni o’tish svetoforlarini bog’lash uchun kerak (mostli blok uchastkada kodli rels zanjiri ishlatilmaganda). Yana liniya zanjiri kodli avtoblojirovkaning Ж1, Ж2, Ж3, Ж4 vaЗ rele kontakatlari orqali ham boshqariladi. Bu relelarning holati releli deshifrator qabul qilayotgan, harakat yo’nalishi bo’yicha oldinda nechta blok-uchastka bo’shligi va svetofordan kelayotgan kodlarga bog’liq. Peregondagi har bir yo’l bo’yicha harakat yo’nalishi o’zgarishi tipli harakat yo’nalishi o’zgartirish sxemasi (типоваясхемасменанаправления) bilan rele 1Н va 2Н yordamida amalga oshiriladi. Bu relelar har bir svetoforning releli shkafida o’rnatiladi 35-37 rasmlar sxemasi ikkinchi yo’l bo’yicha juft yo’nalishga o’rnatilgan sxemaga mos tushadi.

Prinsipial sxemada (37-rasm) mostda joylashgan blok uchastkani chegaralab turuvchi signal nuqtalardan biri ko’rsatilgan (5Н svetofor).

37-rasm. Sanash punktlarini solishtirish qurilmasi bilan bog’lash va tizimni suniy dastlabki holatga qaytarish sxemasi

Toq yo’nalish o’rnatilganda 5II signal nuqtasida deshifrator yacheykasi ishlamaydi, negaki mostli uchastka rels zanjiri bilan jixozlanmagan. Svetofor chiroqlarini yoqilishi - 5I svetofori shkafida joylashgan, liniya relelari Л1, Л2 va КП1, КП2 relelarining takrorlovchisi bo’lgan - Ж, Ж1, 31 rele kontaktlari orqali amalga oshiriladi. ЗI relesi ikki rejimda ishlaydi. Agar toq yo’nalish bo’yicha harakat o’rnatilgan bo’lsa, З relesini takrorlovchisi bolib, o’qlarni sanash tizimi qurilmalarini sozligini tekshirgan holda (КП1, КП2 kontaktlar) deshifrator yacheykasidan. Agar juft yo’nalish bo’yicha harakat o’rnatilgan bo’lsa, unda З1 relesi liniya relesi vaКП1, КП2 relelar kontaktlari orqali tokli holatga o’tadi.

38-rasm. Mostli uchastkalarda o’rnatiladigan signal nuqtalarining prinsipial sxemasi.



Reglamentli profilaktika, tekshiruv ishlari olib borilayotganda behos buzilish bo’ladigan bo’lsa, tizimni dastlabki holatga o’tkazish rejimida ko’zda tutilgan. Tizimni daslabki holatga o’tkazish uchun A stansiya EM postida II ИВ (37-rasm) tugmasi mavjud. Bu tugmani bosilishi bilan II ИВ suniy qaytarish relesi ishga tushadi va sekin ta’sirlanuvchi takrorlovchi relesi II ИВП o’chadi.

Qurilmalar soz holda bo’lsa II ИВП relesi sikinligi bilan tizim dastlabki holatga qaytadi.
Download 205,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish