8.9-rasm. Kukunsimon qattiq qotishmalarni eritib qoplash jarayonida ko‘mir elektrodi holati:
a – elektrod siljishi; b – yon tomondan ko‘rinishi.
Eritib qoplashda asosiy metall ichiga 2—3 mm chuqurlik- da kiradigan bir jinsli qattiq qatlam hosil bo‘ladi. Qotishma tarkibidagi uglerod qisman yonib, qoplangan metalni havoda- gi kislorod bilan oksidlanishdan saqlaydigan gazlar hosil qiladi. Metalni yaxshisi o‘zgarmas tokda eritib qoplash kerak. Chun- ki, bunda qoplam ancha zich chiqadi. Eritib qoplash rejimlari 8.4-jadvalda keltirilgan.
Stalinitni eritib qoplashda vannaga flus tariqasida 2–5% toblangan bura qo‘shish tavsiya etiladi. Detal chetlarini erish- dan saqlash hamda toza, tekis chetlar hosil qilish uchun metall eritib qoplanadigan joy grafit plastinalar bilan o‘raladi. Metall eritib qoplangandan keyin plastinalar olib tashlanadi. Detallar- dagi metall eritib qoplanmaydigan teshiklar toza nam kvars qum bilan to‘lg‘azib qo‘yiladi. Detal tob tashlamasligi uchun detalni oldindan 600—650° C gacha qizdirib va hududlarga bo‘lib yoki detaldan issiqning ko‘proq ajralishi uchun katta mis tagliklar ish- latib va suv bilan sovitib metall eritib qoplanadi.
jadval
Donador va kukunsimon qotishmalarini eritib qoplash rejimlari -
Qotish- ma
|
Metall qalinligi, mm
|
Elektrod diametri, mm
|
Yoy uzunli- gi, mm
|
Tok, A
|
o‘zgarmas
|
o‘zga- ruvchi
|
С–2M
|
3 – 5
6 – 15
15 dan yuqori
|
8 – 10
10 – 12
16 – 20
|
4 – 8
4 – 8
4 – 8
|
80 – 100
120 – 140
160 – 200
|
90 – 120
140 – 160
180 – 230
|
Donador va kukun qotishmalar detal yuzasiga eritib qoplana- digan metalning qalinligidan birmuncha qalinroq qilib sepiladi. Eritgandan keyin qatlam qalinligi quyidagicha bo‘ladi: stalinit uchun 35–40% va borit aralashma uchun 20–30% (avval sepil- gan qatlam qalinligidan). Sepilgan qatlam salgina zichlanadi va andaza bilan tekislanadi. Stalinit 60 mm gacha kenglikda sepi- ladi. Yoyni o‘chirmasdan qoplash kerak. Elektrod eritib qoplana- digan joyning bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga o‘zidan qarshi tomon surib boriladi. Qotishmaning elektr qarshiligi nihoyatda
yuqori bo‘lishi tufayli elektrod uchini sepilgan qatlam yuzasiga emas, balki uning toretsiga yo‘naltirish lozim.
Bir o‘tishda ko‘pi bilan 1,5 mm qalinlikdagi qatlam qopla- nadi hosil qilib qoplash mumkin. Eritib qoplangan qatlamning umumiy qalinligi stalinit uchun 5—6 mm dan va borid aralash- masi uchun 1,4—1,7 mm dan oshmasligi zarur. Zarb yuklamalar ta’sirida bo‘ladigan detallar uchun eritib qoplangan stalinit qalin- ligi 1,5—2,5 mm ni tashkil etishi lozim. Eritib qoplangan qatlam detalning ish yuzasidan 1—2 mm kengroq bo‘lishi kerak.
Kukunsimon qotishmalarni Ý42 turidagi metall elektrodlar bilan ham eritib qoplash mumkin. Bunda qoplangan qatlam yaxshi shakllanadi, kamroq darz ketadi, lekin qattiq qotishmaga elektrod sim metali aralashishi natijasida qoplamning qattiqligi kamayadi.
Eritib qoplangandan so‘ng detal sovitiladi. Mexanik ishlash zarur bo‘lsa, detal yumshatiladi. Ishlab bo‘lgandan va dastlabki o‘lchamlariga keltirilgandan so‘ng eritib qoplangan qatlam bel- gilangan qattiqlikka qadar toblanadi va bo‘shatiladi. Termik ish- lanmaydigan qoplam abraziv toshlar bilan tozalanadi, yoki ish- lamasdan foydalaniladi (ekskavatorlar kovushining tishlari, tosh maydalagichlarning jag‘lari va boshqalar).
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Eritib qoplash nima?
Eritib qoplashdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Eritib qoplashning qanday usullari sizga ma’lum?
Eritib qoplash unumdorligi deganda nima tushuniladi?
Eritib qoplash uchun qanday materiallar ishlatiladi?
Kesishning yoyli usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |