9.8-rasm. Gaz-lazerli kesish jarayoni chizmasi:
1 – kesgich; G – gaz; vk – kesish tezligi.
Gaz sharrasi kesilgan yo‘l oralig‘iga tushib undan suyuq metal- ni puflab chiqaradi. Bundan tashqari po‘latlarni kesishda, havo yoki kisloroddan foydalanishda metall oksidlanadi va qo‘shimcha issiqlik ajralib kesish jarayoni tezlashadi.
Energiya qiymatini rostlash uchun impulsli-davriy lazerlar ishlatiladi, ularda nurlanish impuls davomiyligini va pauzalarni o‘zgartirish mumkin. Bu bilan detallarni aniqlik bilan kesishda mahalliy qizishga yo‘l qo‘ymaydi va kesish shaklini rostlash mum- kin bo‘ladi. Gaz-lazerli kesish rejimlari parametrlari: nurlanish chastotasi, impuls davomiyligi, nurlanish quvvati va gaz sarfi.
Suv ostida elektr yoyi vositasida kesish
Suyuq muhitda, jumladan, suvda anchagina turg‘un yoy zaryadsizlanishi hosil qilish mumkin, bu zaryadsizlanishning harorati juda yuqori va solishtirma issiqlik quvvati juda katta bo‘lgani uchun atrofidagi suyuqlikni bug‘lantiradi va parchalaydi. Yoy zaryadsizlanishida hosil bo‘ladigan bug‘ va gazlar payvand yoyi atrofida gaz pufagi tarzida gazli himoya hosil qiladi, ya’ni mohiyati jihatidan gaz suv ostida emas, gaz muhitida yonadi. Gaz asosan suv bug‘ining termik dissotsiyalanishidan hosil bo‘ladigan vodoroddan iborat bo‘ladi, dissotsiatsiyada hosil bo‘lgan kislorod elektrodlarning materialini oksidlaydi.
Payvandlash yoyini ta’minlovchi odatdagi energiya manbalari- ni qo‘llab ko‘mir yoki metall elektrodlardan foydalanganda pay- vandlash yoyi barqaror bo‘lishi mumkin.
Suv ostida kesishda ishlatiladigan elektrodlarning suv o‘tmay- digan qalin qoplamasi bo‘lishi kerak, bu qoplama suv bilan soviti- lib turgani uchun elektrod o‘zagi sekinroq suyuqlanadi va elek- trod uchida pesh to‘siq hosil qiladi. Bu pesh to‘siq kichik bir idish shaklida paydo bo‘lib, gaz pufaklarining barqaror turishiga va yoyning yonishiga yordam beradi.
Qoplamaning suv o‘tkazuvchanligi yoyning barqaror yonishi- ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki elektrod o‘zagining issiq sirti- da bug‘lanuvchi suv qoplamani parchalab, uni o‘zakdan bo‘lak- bo‘lak qilib tushirib yuboradi. Qoplama suv shimadigan bo‘lishi uchun unga parafin shimdiriladi. Qoplama sifatida temir surigi (80%) va bo‘r (20%)dan iborat tarkib qo‘llaniladi, ular bir-bi- riga yaxshi bog‘lanishi uchun shixta og‘irligining 30% miqdorida zichligi 1,4 bo‘lgan suyuq natriy shishasi qo‘shiladi. Qoplamani botirish yo‘li bilan surtiladi. Elektrod o‘zagi sifatida Câ–08 yoki Câ–08ÃC payvandlash simlari ishlatiladi.
Tok kattaligi elektrod diametrining har bir mm ta 60—70 A hisobidan tanlanadi. Yoyning kuchlanishi suv ostida havodagidan ko‘ra birmuncha katta bo‘ladi. Suv ostida kesish kemalarni re- mont qilishda, turli gidroinshootlar qurishda va hokazolarda keng qo‘llaniladi.
di?
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Elektrod bilan kesishning qanday usullari bor?
Elektr yoyi vositasida kesish usulining mohiyati nimada?
Elektrod bilan elektr yoyi vositasida kesish qayerda qo‘llanila
Kislorodelektr yoyi bilan kesishning mohiyati nimada?
Kislorodyoyi vositasida kesishning mohiyati nimada?
Havoelektr yoyi vositasida kesish qayerda qo‘llaniladi?
Plazma deb nimaga aytiladi?
Plazma vositasida kesishning mohiyati nimada?
Plazma vositasida kesishda qaysi gazlar ishlatiladi?
Suv ostida kesishning mohiyati nimadan iborat?
Suv ostida kesish qo‘llaniladigan sohalarni aytib bering.
BOB. PO‘LATLARNI PAYVANDLASH TEXNOLOGIYASI
Po‘latlarning tasnifi
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan bo‘ladi. Uglerodli po‘lat kam uglerodli (uglerod miqdori, 0,25% ga- cha), o‘rtacha uglerodli (uglerod miqdori 0,25 dan 0,45% gacha) va ko‘p uglerodli (uglerod miqdori 0,45 dan 2,14% gacha) bo‘ladi. Tarkibida ugleroddan tashqari legirlovchi elementlar (xrom, ni- kel, volfram, vanadiy va boshqalar) bo‘lgan po‘lat legirlangan po‘lat deyiladi. Legirlangan po‘latlar kam legirlangan (ugleroddan tash- qari legirlovchi komponentlar yig‘indisi 2,5% dan kam); o‘rtacha legirlangan (ugleroddan tashqari legirlovchi komponentlar yig‘in- disi 2,5 dan 10% gacha), ko‘p legirlangan (ugleroddan tashqari
legirlovchi komponentlar yig‘indisi 10% dan ortiq) bo‘ladi.
Mikrostrukturalariga ko‘ra po‘lat perlitli, martensitli, austent- li, ferrit va karbidli sinfga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra po‘latlar quyidagilarga bo‘linadi:
oddiy sifatli (uglerod miqdori 0,45% gacha), qaynaydigan, chala qaynaydigan va qaynamaydigan po‘latlar. Qaynaydigan po‘latni metalni kremniy yordamida ma’lum darajada oksidsiz- lash yo‘li bilan olinadi, bu po‘latda 0,05% gacha kremniy bo‘ladi. Qaynamaydigan po‘latda 0,12% kremniy bo‘lib, u bir jinsli bo‘la- di. Chala qaynaydigan po‘latning tuzilishi qaynaydigan va qayna- maydigan po‘latlar oralig‘ida bo‘lib, unda 0,05—0,12% kremniy bo‘ladi;
sifatli po‘lat – uglerodli yoki legirlangan, bularda oltingu- gurt va fosfor miqdori 0,04% dan ortmasligi kerak;
d) yuqori sifatli po‘lat – uglerodli yoki legirlangan, ularda oltingugurt va fosfor miqdori mos ravishda 0,030 va 0,035% dan oshmasligi kerak. Bunday po‘latlarda metalmas aralashmalar juda kam bo‘ladi va markasi belgisiga A harfi qo‘shib qo‘yiladi.
Vazifasiga ko‘ra po‘latlar konstruksion (mashinasozlik), asbob- sozlik, qurilish va alohida fizik xossali po‘latlarga bo‘linadi.
Payvandlanuvchanligi deganda po‘latni biron usulda payvand- laganda darz ketmasdan, g‘ovaklashmasdan va boshqa nuqson- larsiz yuqori sifatli payvand birikma hosil qila olishi tushuniladi.
Po‘latning payvandlanuvchanligiga po‘lat tarkibidagi uglerod va legirlangan qo‘shilmalar miqdori katta ta’sir qiladi. Ma’lum kimyoviy tarkibdagi po‘latning payvandlanuvchanligini aniqlash uchun uglerodning ekvivalent tarkibi (Cekv) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Cekv
C Mn Ni Cr Mo V
Do'stlaringiz bilan baham: |