Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

7.7. Havoli uzgich 
(H.u.)
 – Воздушный выключатель – Air circuit 
breaker - 
Yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok uzgichi bo‘lib, unda 
kontaktlarni ulash va uzish hamda elektr yoyni o‘chirish jarayonlari siqilgan 
havo yordamida amalga oshiriladi. H.u. o‘zgaruvchan tok elektr harakat 
tarkiblari va tortuvchi nimstansiyalarda qo‘llaniladi (
rasm
). H.u. asosiy 
afzalliklari: yong‘in va portlashga xavfsizligi, zanjirni uzib-ulashda tezkorligi 
hamda tuzilishining nisbatan soddaligi; kamchiliklari: siqilgan havoni hosil 
qiluvchi va saqlovchi qurilmalarga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi.
7.8. 
Himoyaning 
selektivlik 
(saralash-tanlash)
 
qobiliyati– 
Селективность защиты

Selectivity of protection -
bu himoyaning talab 
qilingan tezkorlik bilan uzgichlar yordamida elektr ta’minoti tizimining faqat 
shikastlangan qismini uzish xossasidir. Elektr energiyasi manbayi
M1
ni 
N2

N3

N4
nimstansiyalar bilan o‘zaro bog‘lovchi elektr tarmog‘ini ko‘rib 
chiqaylik (7.5- rasm). Elektr tarmog‘i alohida uchastkalarida 
Q1

Q2
,…, 
Q7
uzgichlar o‘rnatilgan bo‘lib, har bir uzgich mustaqil releli himoya qurilmalari 
AK1

AK2
,..., 
AK7
ga ega. Selektivlik prinsipiga ko‘ra, agar qisqa tutashish 
K2
nuqtada sodir bo‘lsa, u holda 
Q4
uzgich, K3 nuqtadagi qisqa tutashishda 
esa 
Q5
uzgich uzilishi lozim. Himoya selektivligi shikastlangan minimal 
uchastkani ajratish va demak, mumkin qadar ko‘proq iste’molchilarni normal 
elektr energiyasi ta’minotini saqlash imkoniyatini yaratadi. 
7.5-rasm. Elektr tarmog‘i sxemasi 
Berilgan himoya zonasidagi qisqa tutashishlar 
ichki
, undan tashqarida 
sodir bo‘ladiganlari esa 
tashqi 
qisqa tutashishlar deb ataladi. Agar himoya 
faqat ichki shikastlanishlarga reaksiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda 
uning selektivligi 
absolyut
hisoblanadi. Bunday hossaga, masalan, bo‘ylama 


345
differensial himoya va tokli kesma himoyasi ega. Ammo ayrim holatlarda 
himoya tashqi qisqa tutashishlarga ham reaksiya qilishi, ya’ni noselektiv 
ishlashi talab etiladi. Odatdagi holatlarda faqat ichki qisqa tutashishlarga 
selektiv reaksiya qiladigan, ammo zarurat bo‘lganda tashqi qisqa 
tutashishlarga ham reaksiya qiladigan himoya 
nisbiy 
selektivlik xususiyatiga 
ega bo‘lgan himoya hisoblanadi. 
Nisbiy selektivlikka ega bo‘lgan himoyalar yondosh uchastkalar 
uzgichlarini zaxiralashda qo‘llaniladi. Chunonchi, odatdagi sharoitlarda 
Q3
uzgich (7.5- rasmga qarang!) faqat 
N2
va 
N3
nimstansiyalar orasidagi 
shikastlanishlarda, masalan, 
K1
nuqtadagi qisqa tutashishda uzilishi lozim. 
Agar bu uzgich 
K3
nuqtada sodir bo‘ladigan qisqa tutashishda ham uzilsa, u 
holda himoyaning bu faoliyati o‘rinsiz, ya’ni noselektiv deb baholanadi. 
Chunki bunda 
Q3
emas, balki 
Q5
uzgich uzilishi lozim. 
Ammo 
K3
nuqtadagi qisqa tutashishda biron bir sababga ko‘ra 
Q5
uzgich uzilmasa, u holda 
Q3
uzgich uzilishi kerak bo‘ladi. Buni amalga 
oshirish uchun 
AK3
himoya nisbiy selektivlik xossasiga ega bo‘lishi lozim 
bo‘ladi. 
Nisbiy selektivlik, odatda, kutish vaqti yordamida amalga oshiriladi. 
Masalan, 
Q5
uzgichga ta’sir etuvchi 
AK5
himoya 
AK6
va 
AK7
himoyalarga 
nisbatan kattaroq kutish vaqtiga ega bo‘lishi lozim. 
Q3
uzgichga ta’sir 
etuvchi 
AK3
himoya esa 
AK4
va 
AK5
himoyalarga nisbatan kattaroq kutish 
vaqtiga ega bo‘lishi lozim va hokazo. Bunda qisqa tutashishlarda, masalan, 
K3
nuqtadagi qisqa tutashishda barcha himoyalardan avval 
AK5
himoya 
ishga tushadi va 
Q5
uzgichni uzadi. Agar 
AK5
himoya biron bir sababga 
ko‘ra ishga tushmasa, u holda 
AK3
himoya kutish vaqti bilan ishga tushadi va 
Q3
uzgichni uzadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish