339
7-BOB. TORTUVCHI NIMSTANSIYA
7.1. Ajratgich
(A)
– Разъединитель- Disconnector -
elektr zanjirining
alohida qismlarini ularda tok bo‘lganda yoki bo‘lmaganda ulaydigan va
uzadigan kommutatsion apparat. A. lar profilaktika yoki ta’mirlash ishlarini
olib borish oldidan liniyaning ta’mirlanayotgan qismini uning qolgan
qismidan ko‘zga ko‘rinadigan holatda ajratib qo‘yish uchun o‘rnatiladi. A. lar
tortuvchi nimstansiyalar, kontakt tarmog‘i va b.
elektr uskunalarda keng
qo‘llaniladi.
A. lar o‘zidan uzoq muddat davomida yuklama nominal tokini o‘tkaza
olishi, qisqa tuytashish tokiga nisbatan yuqori ishonchlilikka, elektrodinamik
va termik mustahkamlikka ega bo‘lishi hamda mexanik jihatdan ham
mustahkam bo‘lishi lozim. Elektr zanjiri A. yordamida ajratilishidan avval u
o‘zida elektr yoyini so‘ndiruvchi qurilmasi mavjud bo‘lgan uzgich orqali
manbadan uzilishi lozim. Bu qoidaga rioya qilinmasa, elektr yoyi yuzaga
kelishi va u A. ni hamda b. elektr qurilmalarini shikastlashi mumkin.
7.1- rasm. РНДЗ-2-110
rusumli
ajratgich (Rossiya):
1 – asos; 2 va 9 –
izolyatorlar kolonkalari; 3 – qismalar; 4 –
elastik bog‘lagich; 5 – pichoq; 6 –
baqmoqli lamellar; 7 – kurak(lopadka); 8 –
yerlovchi pichoq uchun kontakt; 10 –
kolonka podshipnigi; 11 - yerlovchi
pichoqlar; 12 – richak; 13 – tortqi; 14 – val;
15 – yuritma.
A. ga nisbatan noto‘g‘ri amallar
bajarilmasligi uchun mexanik, elektr va
kombinatsiyalashgan blokirovka qurilmalaridan foydalaniladi. A. lar
o‘rnatilish joyiga qarab ichkarida va tashqarida o‘rnatish uchun,
uzuvchi(рубящий), buriluvchi, shtepselli va b. rusumlarga; bir va uchta
qutbli;pichoqlari gorizontal
va vertical joylashgan; yerlovchi pichoqli;
pichoqsiz; qo‘lda va distansiyadan boshqariluvchi rusumlarga bo‘linadi.
Tortuvchi nimstansiyalar va t.y. transportining b. elektr uskunalarida
ichkarida o‘rnatish uchun bitta yoki ikkita kolonkali tayanch izolyatorlariga
340
ega bo‘lgan vertikal uzadigan A. lar, tashqarida o‘rnatish uchun esa, odatda,
gorizontal-buriladigan rusumli A. lar ishlatiladi. Agar A. larda yerlovchi
pichoqlar mavjud bo‘lsa, u holda ular asosiy kontaktlardan mexanik jihatdan
shunday blokirovka qilinadiki, natijada bu kontaktlar
ulanganda yerlovchi
pichoqlarda kommutatsiya jarayoni yuz bera olmasin.
Kontakt tarmog‘i A. lari seksion A. lar bo‘lib, ular kontakt tarmog‘i
seksiyalarini ulash va uzish hamda ta’minlovchi liniyaga ulash uchun xizmat
qiladi (
Kontakt tarmog‘ini seksiyalash
ga qarang!). O‘zgaruvchan tok
liniyalarida, odatda, gorizontal-buriladigan rusumli A. lar, o‘zgarmas tok
liniyalarida esa vertical uzuvchi A. lar qo‘llaniladi. A. larni masofaviy
boshqarish kontakt tarmog‘i hududidagi navbatchilik punkti, stansiyalar
bo‘yicha navbatchilik xonalari va b. joylarda o‘rnatilgan
pultdan amalga
oshiriladi. Eng mas’uliyatli va tez-tez ulab-uziladigan A. lar dispetcherlik
teleboshqaruv tarmog‘ida o‘rnatiladi. A. lar bo‘ylama (kontakt tarmog‘ining
bo‘ylama seksiyalarini ulash va uzish uchun), ko‘ndalang (kontakt
tarmog‘ining ko‘ndalang seksiyalarini ulash va uzish uchun), fider va b.
turlarga bo‘linadi. Ular kirill alifbosi harflari (masalan, bo‘ylamalar – А, Б,
В, Г; ko‘ndalanglar – П; fiderdagilar – Ф) va yo‘l hamda kontakt tarmog‘i
seksiyalari tartib raqamlariga va mos keluvchi raqamlar (masalan,
П
23
) bilan
belgilanadi.
Kontakt tarmog‘ining ajratilgan seksiyasi yoki unga yaqin joylashgan
depo, elektr harakat tarkibi tomida joylashgan elektr qurilmalarni ko‘zdan
kechirish, vagonlarga yuklash va tushirish yo‘llarida xavfsizlikni
ta’minlashda bitta yerlovchi pichoqqa ega bo‘lgan A. lar o‘rnatiladi. Bunday
A. lar ajratilganda unga tegishli bo‘lgan kontakt tarmog‘i seksiyalari
yerlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: