A va B kassli avtomobillar
Avtomobil (lotincha: mobilis – harakatchan) – dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan.1751 – 52 yillarda Nijniy Novgorod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyogʻi bilan yurgi-ziladigan "oʻziyurar aravacha" qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizmlarni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi.Bugʻ mashinasi paydo boʻlgandan keyin ixtirochilar undan mexanik aravada foydalanishga harakat qildilar. 1769 – 70 yillarda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya toʻplari uchun 3 gʻildirakli bugʻ aravasi qurdi. Algliyada 1802-yilda Trevitnik bugʻ mashinasi oʻrnatilgan A. qurdi. 1830-yilda rus ustasi K. Yankevich bugʻ Avtomobillariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bugʻ qozoni oʻrnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli Avtomobillar bilan ham koʻpgina tajribalar oʻtkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin Avtomobillar muntazam rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar oʻrnatish bo-rasida turli mamlakatlarning koʻpgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 – 86 yillarda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch gʻildirakli A.ga oʻrnatdi. Temir gʻildiraklar oʻrniga yaxlit rezina shinalar, 1890-yildan esa pnevmatik re-zina shinalar ishlatila boshladi. Avto-mobilsozlik dastlab Fransiyada, soʻngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishga-nidan soʻng avtomobil sanoati rivoj-langan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi. Asaka shahri (Andijon viloyati)da Janu-biy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasida 1996-yildan boshlab "Neksiya", "Damas" va "Tiko" yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999-yilda Samarqandda ishga tushgan "SamKochAvto" oʻzbek-turk qoʻshma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang Avtomobil sanoati).A. turlari. A.ning transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor.
Bugungi kunda avtomobil ishlab chiqaruvchilari juda ko'p turli xil modellarni ishlab chiqaradilarki, bir nechta asosiy sinflarga bo'linish chalkashmaslikning yagona yo'li. Mamlakatimizda eng mashhur Evropa tasnifi
Avtomobil sinflari o'rtasidagi farq nima?
Yengil avtomobillar sinflari qulaylik va o'lchamlarda farqlanadi. Bundan tashqari, turli ijtimoiy qatlamlar uchun avtomobillarga aniq bo'linish mavjud bo'lib, bu xarajatlar, butlovchi qismlar va ishlatiladigan materiallarda aks etadi. Hech kimga sir emaski, bugungi kunda avtomobil nafaqat transport vositasi, balki o'z boyligini namoyish qilish vositasidir.
Albatta, avtomobilning o'lchami ko'p jihatdan uning funksionalligiga ta'sir qiladi. Axir, ixcham avtomobil juda ko'p yuklarga sig'maydi va katta o'lchamli SUV hovlilar va tor ko'chalarda haydash uchun qulay bo'lishi dargumon.
Shuningdek, o'lchamlarning o'zgarishi muqarrar ravishda massaning ko'payishiga, kuchliroq dvigateldan foydalanish zarurligiga va hokazolarga olib keladi. Shunday qilib, avtomobilning ko'pgina xarakteristikalari bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lganligi sababli, bir nechta asosiy parametrlarni tanlash va ularni faqat tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |