Uo‘K: 53(072) kbk


 Kontakt simining o‘rtacha yeyilishi



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.69. Kontakt simining o‘rtacha yeyilishi 
(kontakt osmasi)
 - Cредний 
износ контактного провода 
(контактной подвески)
– 
Average wear of 
the contact wire
(contact suspension)
- t.y. kontakt osmasi kontakt simining 
bir nechta nuqtalaridagi yeyilishlarning o‘rtacha arifmetik qiymati 
ko‘rinishida hisoblanadigan kattalik (
Kontakt simining yeyilishi
ga qarang!).
6.70. Kontakt simining chiqishi 
(kontakt osmasi)
- Вынос 
контактного провода 
(контактной подвески)
– Carrying out of a 
contact wire 
(contact suspension bracket)
 - 
kontakt osmasi kontakt simining 
t.y. tekisligidagi proyeksiyasida t.y. o‘qidan ushbu simgacha bo‘lgan eng 
katta masofa (
Zigzag
ga qarang!).
6.71. Kontakt tarmog‘i (K.t.) – Контактная сеть - Contact network 

elektr energiyasini tortuvchi nimstansiyadan tok qabul qilgich orqali 
elektrovozga uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmalar majmuasi bo‘lib, 
uning kontakt osmali (ayrim paytlarda havoli deb ham ataluvchi) turi 
tarkibiga kontakt simi, ushlab turuvchi tros, kuchaytiruvchi sim, ekranlovchi 
sim, tayanchlar, mahkamlovchi qurilmalar (konsollar, egiluvchan ko‘ndalang 
poperechinalar, qattiq ko‘ndalang poperechinalar va izolyatorlar kiradi.
Rasmda K.t.ning asosiy qismlari keltirilgan. K.t. tortish tarmog‘ining bir 
qismi hisoblanadi va relsli elektrlashgan transportda uning fazasi 


280
(o‘zgaruvchan tokda) vazifasini yoki qutb (o‘zgarmas tokda) vazifasini 
bajaradi; ikkinchi faza (yoki qutb) vazifasini rels tarmog‘i bajaradi.
K.t. kontaktli rels (elektr energiyasi rels orqali elektr harakat tarkibiga 
uzatiladigan) yoki kontakt osmali ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Elektr 
energiyasini harakatlanayotgan ekipajga relslar orqali uzatishh birinchi
bo‘lib 1876 rus injeneri F.A. Pirotskiy tomonidan amalga oshirilgan. 
Kontakt osmasi birinchi marta 1881 yilda Germaniyada paydo bo‘lgan. 
Kontakt 
osmali 
K.t. 
quyidagicha 
tasnif(klassifikatsiya)lanadi: 
K.t. 
mo‘ljallangan elektrlashgan transport turiga ko‘ra – magistral, shu jumladan 
yuqori tezlikli t.y., tramvay va karyer transporti, yer osti konchilik transporti 
va b.; K.t.dan elektr harakat tarkibini ta’minlayotgan tok va nominal 
kuchlanish turi bo‘yicha; kontakt osmasini rels yo‘li o‘qiga nisbatan 
joylashishiga ko‘ra – markaziy (magistral t.y. transporti) yoki 
yonlama(sanoat transporti) tok olish uchun; kontakt osmasi turiga ko‘ra – 
oddiy, zanjirli yoki maxsus osmali; yasalish xususiyatlariga ko‘ra – 
peregonlar, stansiyalar, sun’iy inshoatlar uchun K.t. 
Elektr ta’minoti tizimining boshqa qurilmalaridan farqli ravishda K.t. 
zahiraga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham K.t. ishlash ishonchliligiga 
yuqori talablar qo‘yiladi, uni loyihalash, qurish va montaj qilish hamda 
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ushbu talablar hisobga olinadi.
K.t. simlari umumiy kesimini tanlash, odatda, tortish elektr ta’minoti 
tizimini loyihalash jarayonida amalga oshiriladi. Qolgan barcha masalalar 
mustaqil ilmiy fan sohasi bo‘lgan K.t. nazariyasi yordamida hal qilinadi. 
K.t.ni loyihalashning asosiy masalariga quyidagilar kiradi: tortish elektr 
ta’minoti tizimi va tortish hisob-kitoblari natijalariga ko‘ra undagi simlar soni
6.25-rasm. Kontakt tarmog‘ining asosiy qismlari. 


281
va markasini tanlash; elektr harakat tarkiblari maksimal tezliklari va 
K.t.dan tok olishning boshqa shartlariga ko‘raK.t. osmasi turini tanlash; 
tayanchlararo oraliqni (asosan shamolga bardoshlilikni ta’minlash shartidan 
kelib chiqqan holda) tanlash; peregon va stansiyalar uchun tayanch va ushlab 
turuvchi qurilmalarni tanlash; sun’iy inshoatlarda K.t. konstruksiyalarini 
tanlash; simlar zigzaglari mosligi, havo strelkalari va K.t. seksiyalash 
elementlari(anket 
uchastkalarining 
izolyatsion 
tutashmalari, 
seksion 
izolyatorlar va ajrakgichlar)ning yasalishini hisobga olgan holda peregon va 
stansiyalar K.t. tayanchlarini joylashtirish va rejasini tuzish. T.y.larni 
elektrlashtirish jarayonida K.t.ni qurish va montaj qilish usulini tanlashda 
mumkin qadar yuk tashish jarayoniga salbiy ta’sir qilmaslikka harakat 
qilinish lozim. 
K.t.ni qurish qurish-montaj poyezdlari va elektromontaj poyezdlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Elektr ta’minoti distansiyasi K.t.dan foydalish 
bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi. 
K.t. konstruksiyalarini takomillashtirish uning ishonchli ishlash 
imkoniyatlarini oshirish va shu bilan birga uni qurish hamda foydalanish 
xarajatlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan. Temit-beton tayanchlar va metall 
tayanchlarning poydevorlarini ularga daydi toklarning ko‘rsatadigan 
elektrokorroziya ta’sirini hisobga olgan holda o‘rnatish talab etiladi. Kontakt 
simining xizmat muddati, odatda, tok qabul qilgichlarda ko‘mirdan yasalgan 
kontakt qo‘yilmalaridan foydalanish hisobiga uzaytiriladi. 
Kuchlanish ta’sirida bo‘lgan K.t.ga texnik xizmat ko‘rsatishda 
izolyatsiyalovchi 
yig‘ma 
minoracha(vishka), 
drezinalar, 
montaj 
avtomotrisalari ishlatiladi. Kuchlanish ostida bajariladigan ishlar ko‘lami 
elastik poperechinalarda, simlarni ankerlashda va K.t.ning boshqa 
elementlarida ikkilangan izolyatsiyadan foydalanish hisobiga kengaytiriladi. 
K.t.da bajariladigan ko‘pgina nazorat ishlari vagon-laboratoriyadagi 
diagnostikalash vositalari yordamida amalga oshiriladi. So‘nggi yillarda 
seksion ajratgichlar tezkorligi teleboshqarish hisobiga ancha oshirildi. 
K.t.dagi muzlamani poyezdlar harakati grafigini buzmasdan eritish, 
elektrorepellent himoya (elastik poperechinalarda qungan qushlarni 
qochirish), shamol ta’siriga yuqori darajada bardoshlilikka ega bo‘lgan romb 
ko‘rinishidagi kontakt osmasi va b. K.t. ishlash ishonchliligini oshirishga 
xizmat qiladi. K.t. hududlari soni va xizmat ko‘rsatadigan uchastkalar 
chegaralarini aniqlashda elektrlashgan t.y.larning ekspluatatsion uzunligi va 


282
yoyilgan uzunligi tushunchalaridan foydalaniladi. Yo‘llar sono nechta 
bo‘lishidan qat’iy nazar barcha stansiyalar o‘qlari orasidagi masofalar 
yig‘indisi K.t.ning ekspluatatsion uzunligi deb ataladi. K.t. hududi xizmat 
ko‘rsatayotgan peregonlar va stansiyalar elektrlashgan yo‘llarining umumiy 
uzunligi K.t.ning yoyilgan uzunligi deb ataladi. Elektrlashgan t.y.larning 
yoyilgan uzunligi K.t. hududlari, elektr ta’minoti distansiyalari, yo‘l 
bo‘linmalari va “O’zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati uchun 
hisobga olish ko‘rsatkichi hisoblanadi va elektrlashgan t.y. ekspluatatsion 
uzunligidan taxminan 2,5 martadan ortiqroqdir. K.t.ni ta’mirlash-foydalanish 
ishlariga sarf materiallarga bo‘ladigan ehtiyoji uning yoyilgan uzunligiga 
qarab belgilanadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish