Uo‘K: 53(072) kbk


Kontakt tarmog‘i tortma izolyatori - Натяжной изолятор



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.84. Kontakt tarmog‘i tortma izolyatori - Натяжной изолятор
контактной сети - The tension insulator of the contact network - 
kontakt 
tarmog‘i simlari tarangligidan yuzaga keladigan yuklamani qabul qiladigan 
va yuklamani yoyish uchun mo‘ljallangan kontakt tarmog‘i izolyatori 
(
Kontakt tarmog‘i izolyatorlari
ga qarang!).
6.85. Kontakt tarmog‘i uchastkasi - 
Участок контактной сети – 
The section of the contact network - 
similarining markasi, soni yuzasi va 
ularning kontakt tarmog‘i tayanchlarida joylashishi bir xil bo‘lgan k
ontakt 
tarmog‘i uchastkasi
.
6.86. Kontakt tarmog‘i ushlab turuvchi trosi armaturasi: 
tutashtiruvchi qisqich – Арматура: стыковой зажим несущего троса 
контактной сети - Reinforcement: butt clamping of the supporting 
cable of the contact network -
kontakr tarmog‘i qisqichi bo‘lib, u kontakt 
osmasiushlab turuvchi trosining ikkita ketma-ket joylashgan bo‘lagini 
mexanik jihatdan ulash uchun mo‘ljallangan (
Kontakt tarmog‘i armaturasi
ga 
qarang!).
6.87. Kontakt tarmog‘ida muzlama (K.t.m.) – Гололёд на 
контактной сети

Ice on the contact network -
kontakt tarmog‘i 
simlarida qattiq muz qatlamini hosil bo‘lishi. Boshqa turdagi (kristalsimon, 
donsimon va b.) qotishmalar hosil bo‘lishi mumkin. Muzlama kontakt simi 
vat ok qabul qilgich o‘rtasidagi elektr kontaktni buzadi, natijada hosil 
bo‘ladigan elektr yoy kontakt simi va kontakt qo‘yilmalar yeyilishini 
tezlashtiradi, radio aloqani yomonlashtiradi, elektr harakat tarkibining 
o‘rnidan qo‘zg‘ilish va tezlashish jarayonida esa kontakt simini kuyishiga
olib kelishi mumkin. Muzlama natijasida yuzaga keladigan taranglik sim 


297
uzunligini kompensatsiyalovchi qurilmasi o‘rnatilmagan kontakt simini 
uzilishiga sababchi bolishi mumkin. Muzlamada shamolning ma’lum bir 
yo‘nalishi va tezligida kontakt osmasida avtotebranish yuzaga kelishi 
mumkin. Muzlamani yo‘qotish elektr harakat tarkibining normal ishlashini 
ta’minlash uchun zarur hisoblanadi. 
Kontakt tarmog‘i simlaridagi muz-qotishmalar elektrik, mexanik va 
kimyoviy usullar yordamida tozalanadi. Elektrik usul yordamida muzlamani 
eritish eng samarali hisoblansa-da, u ortiqcha elektr energiyasini sarflashni 
talab etadi. Simlardagi muzlamalarni mexanik usulda tozalash uchun drezina 
maydonchasida maxsus qurilma (6.35- rasm) yoki vibratsiyalanuvchi poloz 
(6.36- rasm) o‘rnatiladi.
6.35- rasm. Drezinada o‘rnatilgan muzdan tozalovchi qurilma. 
6.36- rasm. Vibratsiyalanuvchi poloz:
1 – vibrator; 2 – burchaksimon po‘lat 
moslama; 3 – balka. 


298
Muzdan tozalovchi qurilma qattiq bo‘ylama sterjenda o‘rnatilgan va 
3000 ayl/min tezlik bilan aylanuvchi barabanni o‘z ichiga oladi. 
Vibratsiyalanuvchi poloz vaqtincha ayrim elektrovozlar tok qabul 
qilgichlarida o‘rnatiladi (vibratsiyalanuvchi poloz yordamida tok qabul 
qilinmaydi). Har bir vibratsiyalanuvchi poloz ikkita vibrator mavjud bo‘lib, 
ular siqilgan havo magistraliga ulanadi. Muzlamalarni kimyoviy usulda 
tozalashda simlar muzlashga qarshi moy materiali bilan qoplanadi.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish