Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.89. Seksiya 
(
t.y.kontakt tarmog‘i
) - 
Cекция 
железнодорожной 
контактной сети
– 
Section
of the railway contact network
- elektr jihatdan 
ajratilmagan t.y. kontakt tarmog‘ining qismi bo‘lib, u kontakt osmasi anker 
uchastkalarining izolyatsion tutashmalari, kontakt tarmog‘ining seksion 
izolyatorlari yoki va seksiyalovchi izolyatorlari bilan chegaralangan bo‘ladi.
5.90. Seksiyalash 
(
kontakt tarmog‘ini
)
(K.t.s.) – Секционирование 
контактной сети
– 
Sectioning 
of the contact network
 -
kontakt tarmog‘ini 
elektr jihatdan alohida uchastka(seksiya)larga ajratilishi bo‘lib, ularning biri 
ikkinchisidan anker uchastkalarining izolyatsiyalovchi tutashmalari yoki 
seksion ajratgichlar vositasida izolyatsiyalanadi. Izolyatsiya elektr harakat 
tarkibi tok qabul qilgichini seksiyalarni o‘zaro ajratilish chegarasi bo‘ylab 
o‘tish vaqtida buzilishi mumkin; agar bunday tutashish mumkin bo‘lmasa 
(yondosh seksiyalar turli fazalardan ta’minlanayotganda, ular tortish elektr 
ta’minotining turli tizimiga taalluqli bo‘lganda), unda yondosh seksiyalarni 
o‘zaro ajratish uchun neytral qo‘yilma o‘rnatiladi. Ekspluatatsiya 
sharoitlarida alohida seksiyalarni o‘zaro elektr jihatdan ulanishi tegishli 
joylarda o‘rnatilgan seksion ajratgichlarni ulanishi bilan amalga oshiriladi. 
K.t.s. kontakt tarmog‘ini ishonchli ishlashi, kuchlanishni uzgan holatda unga 
tezkor texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlashni ta’minlash uchun zarur 
bo‘ladi. K.t.s. sxemasi uning seksiyalari shunday joylashishini ko‘zda 
tutadiki,bunda ulardan bittasi manbasiz qolganda ham poyezdlar harakatini 
tashkil etish jarayoniga juda kam ta’sir etadi. K.t.s. bo‘ylama va ko‘ndalang 
bo‘ladi.
Bo‘ylama seksiyalashda barcha tortuvchi nimstansiyalari va seksiyalash 
postlarida elektrlashgan t.y. liniyasining har bir asosiy yo‘li kontakt tarmog‘i 
seksiyalarga 
ajratiladi. 
Peregonlar, 
stansiyalar, 
tarqatish 
stansiyalari(raz’yezdlar) va aylanib o‘tuvchi punktlar kontakt tarmoqlari 
alohida-alohida bo‘ylama seksiyalarga ajratiladi. Bir nechta elektrlashgan t.y. 
lar parki yoki guruhiga ega bo‘lgan yirik stansiyalarda mustaqil bo‘ylama 
seksiyalar hosil qilinadi. Juda yirik stansiyalarda, ayrim paytlarda, stansiya 
ikkala bo‘g‘zi kontakt tarmog‘i ham alohida-alohida seksiyalarga ajratiladi. 


199
Uzun tonnellar va ostidan t.y. o‘tgan ko‘priklar kontakt tarmoqlari ham 
seksiyalanadi. 
Ko‘ndalang seksiyalashda har bir asosiy yo‘l kontakt tarmog‘i butun 
elektrlashgan t.y. liniyasi bo‘ylab alohida-alohida uchastkalarga ajratiladi. 
T.y. lar ko‘p taqmoqlangan stansiyalarda qo‘shimcha ko‘ndalang seksiyalash 
qo‘llaniladi. Ko‘ndalang seksiyalar soni alohida yo‘llar soni va vazifasiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Manbadan ajratiladigan seksiyasi albatta yerlanadigan ko‘rinishdagi 
seksiyalash yo‘llaridagi lokomotivlar yoki vagonlar tomlarida xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamda yaqinida muntazam 
ravishda ko‘tarish-tushirish mexanizmlari ishlab turadigan yo‘llar kontakt 
tarmoqlarida amalga oshiriladi. Bunday yo‘llarga yuklarni tushirish-ortishga, 
elektr 
harakat 
tarkiblari 
turishiga, 
elektrovozlarni 
yo‘lga 
tayyorlash(ekipirovka)ga mo‘ljallangan yo‘llar, elektrodepo yo‘llari va b. 
kiradi. Kontakt tarmog‘ining belgilangan joylarida ishlayotgan xodimlar 
xavfsizligini yanada oshirish maqsadida o‘sa joylardagi seksiyalar boshqa 
seksiyalar bilan yerlovchi pichoqlariga ega bo‘lgan seksion ajratgichlar orqali 
ulanadi. Bu ajratgichlar tegishli seksiyani manbadan ajratganda ham u 
yerlangan holatda qoladi. Kontakt tarmog‘ida olib boriladigan ta’mirlash 
ishlarini poyezdlar harakatini tashkil etilishiga ta’sirini kamaytirish 
maqsadida peregonlarda ayrim holatlarda kontakt tarmog‘i vaqtincha 
seksiyalanadi. Buning uchun ta’mirlash ishlarini olib borilayotgan zonaning 
bir yoki ikkala tomonidagi anker uchastkalarni izolyatsiyalanmaagan 
tutashmalari izolyatsiyalovchitutashmalar ko‘rinishida qayta montaj qilinadi 
va shuntlovchi tutashtirgichlar o‘rnatiladi. Bu shunt ta’mirlash ishlarini olib 
borilayotgan paytda olib qo‘yiladi. Rasmda ikkita yo‘lli o‘zgaruvchan tok t.y. 
uchastkasida joylashgan stansiyani ta’minlash va seksiyalash sxemasi 
keltirilgan. Unda yettita seksiya – to‘rtta stansiyaga ikki tomondan tutashgan 
peregonlarda(sxemada ular qisman ko‘rsatilgan) va uchta stansiyada (ulardan 
bittasi manbadan ajratilganda yerlangan bo‘lishi lozim). Stansiyada 
joylashgan tortuvchi nimstansiyadan beshta fider chiqqan - to‘rttasi 
peregohlar kontakt tarmog‘i va bittasi stansiya uchun (5.28-rasm). 
Tortuvchi nimstansiyadan chapdagi peregonlar va stansiya energetik 
tizim bitta fazasidan, o‘ngdagi peregonlar esa boshqa fazadan ta’minlanadi. 
Shuning uchun ham stansiya chap tomonidagi K.t.s. anker uchastkalar 
izolyatsiyalovchi tutashmalari, uning chap tomonidagi K.t.s. esa anker 


200
uchastkalar izolyatsiyalovchi tutashmalari va neytral qo‘yilma yordamida 
amalga oshirilgan. 
Muzlamani eritish ko‘zda tutilgan uchastkalardagi neytral qo‘yilmalarda
motorli yuritmali ikkita seksion ajratgichlar o‘rnatiladi. Agar muzlamani 
eritish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, unda dastak yuritmali bitta seksion ajratgich 
o‘rnatish yetarli bo‘ladi.
5.28-rasm. Ikkita yo‘lli o‘zgaruvchan tok t.y. uchastkasida joylashgan 
stansiyani ta’minlash va seksiyalash sxemasi:
1 – tortuvchi nimstansiya; 2 – anker 
uchastkalarni izolyatsion tutashmasi; 3 – vagonlarga yuklash va ulardan yuklarni 
tushurish uchun yo‘llar; 4 – seksion izolyator; 5 – neytral qo‘yilma; A, B – normal 
uzilgan va motorli yuritmali bo‘ylama seksion ajratgichlar; C, D - normal uzilgan va 
dastak yuritmali bo‘ylama seksion ajratgichlar; K - normal uzilgan va motorli yuritmali 
ko‘ndalang seksion ajratgich; F1, F2, F4, F5, F31, F32 - normal ulangan va motorli 
yuritmali fider seksion ajratgichlari; R - normal uzilgan, dastak yuritmali va yerlovchi 
pichoqqa ega bo‘lgan seksion ajratgich.
Rasmda seksion ajratgichlarning normal holati ko‘rsatilgan, zarurat 
bo‘lganda bu holat energodispetcher ko‘rsatmasi asosida o‘zgartirilishi 
mumkin. Masalan, stansiyaning biron bir yo‘li kontakt tarmog‘ida ta’mirlash 
ishlari olib borish zarurati yuzaga kelganda F31 yoki F32 ajratgich uziladi. 
Stansiyadan chap tomondagi fider liniyani ta’mirlashda u tortuvchi 
nimstansiya tomonidan toksizlantiriladi va F1 yoki F2 ajratgich uziladi. 
Peregon kontakt tarmog‘ini ikki tomonlama elektr energiyasi bilan 
ta’minlanishini saqlab qolish uchun A yoki B ajratgich ulanadi. Stansiya o‘ng 
tomonidagi fiderni ta’mirlash uchun, yuqorida aytib o‘tilganidek u manbadan 
ajratiladi, peregon kontakt tarmog‘ini ikki tomonlama elektr energiyasi bilan 
ta’minlanishini qayta tiklash maqsadida K ko‘ndalang seksion ajratgich 


201
ulanadi. R ajratgich faqat poyezd chetdagi yo‘lga kirishda yoki undan 
chiqishda ulanadi. Boshqa paytlarda bu ajratgich uzilgan, chetdagi yo‘l 
kontakt tarmog‘i esa yerlangan holatda turadi.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish