Uo‘K: 53(072) kbk


 Rels zanjiri – Рельсовая цепь -Track circuit



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.86. Rels zanjiri – Рельсовая цепь -Track circuit
- o‘tkazgich simlar 
sifatida temir yo‘l rels tolalari ishtirok etadigan, elektr energiyasi manbayi va 
yuklama(rele)dan tashkil topgan elektr zanjiri. 
5.87. Rels zveno(plet)larini biriktirgich 
(R.z.b.)
– Соединитель 
рельсовых плетей
– 
Rail fastener connector
- signal va tortish toklari 
o‘tishi uchun mo‘ljallangan relsli liniyalar yondosh relslarini elektr jihatdan 
ulovchi sim bo‘lib, u tutashtiruvchi va strelkali turlarga bo‘linadi. Tutashma 
biriktirgich yondosh relslar o‘zaro tutashgan joyi ulab, uni elektr 
o‘tkazuvchanligini yetarli darajada ta’minlash uchun xizmat qiladi; po‘lat va 
misdan yasaladi, aktiv va induktiv qarshiliklari bilan tavsiflanadi. 
Elektrlashgan hamda 
avtomatik blokirovka va elektr markazlashish
qurilmalari bilan jihozlangan t.y. uchastkalarida qo‘llaniladi. Relslarga 
ulanish usuliga qarab tutashma biriktirgichlar payvandlanadigan va shtepselli 
turlarga bo‘linadi; tuzilishi jihatdan elastik tros, nakonechnikli similar yoki 
tasmalar, shu jumladan rels bug‘zi, tagligi yoki boshchasiga qotirish uchun 
boltli ko‘rinishida yasaladi. 
Strelkali(yo‘naltirilgan) biriktirgich signal va tortish toklarini 
izolyatsion tutashmalarni aylanib o‘tishini ta’minlaydi. Po‘lat biriktirgichlar 
avtonom tortishda, mis biriktirgichlar esa elektr tortishli stansiyalarda 
qo‘llaniladi.
5.88. Rostlash 
(
kontakt tarmog‘i kuchlanishini yuklama ostida rostlash

– Регулирование 
напряжения под нагрузкойв контактной сети



197
Voltage regulation
under load in the contact network
- tortuvchi 
nimstansiyadagi tortuvchi transformatorda o‘rnatilgan maxsus qurilma 
yordamida kuchlanishni talab qilingan qiymatda ushlab turish uchun uni 
rostlash jarayoni bo‘lib, ko‘pincha tortuvchi transformator birlamchi 
chulg‘amlari o‘ramlar sonini o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi (5.27-
rasm). 
Transformator transformatsiya koeffitsiyentlari uchala fazada ham 
almashlab ulagichlar kontaktlarini chulg‘amlar shoxobchalanish joyini 
biridan boshqasiga almashlab ulash yordamida bir vaqtning o‘zida 
o‘zgartiriladi. Har bir fazada reaktor R orqali ulangan ikkitadan almashlab 
ulagich A1 va A2 ko‘zda tutilgan. 
5.27-rasm. Kuchlanishi yuklama ostida rostlanadigan transformator prinsipial 
sxemasi:
a
– qo‘zg‘aluvchan kontaktlar ishchi holatida; 
b
- qo‘zg‘aluvchan kontaktlar 
oraliq holatida: R – reaktor; A1 va A2 – almashlab ulagichlar; K1 va K2 – kontaktorlar 
kontaktlari; 
𝐼
𝑀 
– muvozanatlovchi toklar.
Reaktor R shoxobchalarni almashlab ulash jarayonida yondosh 
shoxobchalar oralig‘ida A1 va A2 lar orqali o‘tuvchi muvozanatlovchi tok 
kattaligini cheklash vazifasini bajaradi. Reaktor R o‘rta nuqtasiga 
transformator chulg‘amining rostlanmaydigan qismi ulangan. Ishchi holatda 
A1 va A2 almashlab ulagichlar bitta shoxobchaga ulangan, K1 va K2 
kontaktorlar kontaktlari ulangan va yuklama toki reaktor R ikkala yarim 
qismi bo‘ylab o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tadi, natijada unda 
kuchlanish yo‘qolishi bo‘lmaydi. Kuchlanishni o‘zgartirish, masalan oshirish
zarurati bo‘lganda, K1 kontaktor kontakti uziladi, almashlab ulagich 
shoxobcha 3 ga o‘tkaziladi. Keyin K1 ulanadi. Chulg‘amning 2-3 seksiyalari 
qisqa tutashib qoladi. Bundan keyin K2 kontaktor uziladi, A2 almashlab 


198
ulagich shoxobcha 3 ga o‘tkaziladi, K2 kontaktor esa ulanadi. Almashlab 
ulash qurilmasini boshqarish jarayoni mahalliy, masofaviy yoki avtomatik 
ravishda amalga oshirilishi mumkin. 220 kV li o‘zgaruvchan tok tortuvchi 
nimstansiyalarida 12 ta zinadan iborat bo‘lib, rostlash diapazoni 
±12%
ni 
tashkil etadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish