2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi. Mil.avv. XVIII
asr da Shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalaridan
biri bir necha shahar va davlatlarni birlashtirgan yirik davlat-
ni barpo qi lishga urinadi. Bu siyosiy birlashma Yamxad nomi-
ni oladi. Dastlab bu birlashma qabilalar ittifoqi shaklida edi.
Uning asoschisi doimiy qarorgohga ega bo‘lmagan. Yamxad
davlati shimolda Karxemishdan janubda Oront daryosigacha
bo‘lgan bepoyon hududga hukmronlik qilgan (tax. mil.avv. XVII
asrning II yarmida). Xalpa (hozirgi Aleppo) shahri poytaxt vazi-
fasini o‘tagan. Mesopotamiya shimolidagi Mari shahri bilan ser-
qatnov savdo aloqasi o‘rnatiladi. Mil.avv. XVII asrda Yamxad
zaiflashib, tushkunlikka yuz tutadi. Mil.avv. 1600-yillar atrofi-
da Yamxad davlatini xettlar bosib oldilar.
Mil.avv. XVII–XIII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha
shaharlarni birlashtirgan qudratli giksoslar ittifoqi vujudga ke-
ladi. Qo‘shinning zarbdor qismi jang aravalariga ega bo‘lgan
giksoslar o‘z hokimiyatlarini Misrda o‘rnatdilar. Ular Falastin
va Suriyada ham egalik qildilar. Giksoslar ittifoqiga Kadesh va
Megiddo shaharlari ham kirdi. Giksoslar davlati qurama bo‘lib,
unda semit qabilalari yetakchi o‘rinni egalladi. Bu davlat bir-
lashmasiga xurrit va xett qabilalari qo‘shildilar.
Giksoslar Misrdan haydalgach, Falastin va Suriyaga che-
kinib, bu yerda yana qariyb yuz yil hukmronlik qildilar. Shi-
moliy Suriyada xettlar hokimiyatni qo‘lga oldilar, lekin tez
orada Mitanni davlati bu hududni egallab oladi. Mil.avv. XVI
asr oxiriga kelib, Sharqiy O‘rtayer dengizi Misr va Mitanni to-
monidan bo‘lib olinadi. Bu ikki davlat hududda to‘la hukm-
ronlikni qo‘lga kiritish uchun to‘xtovsiz urushlar olib boradi-
lar. Mil.avv. XV asr oxiriga kelib, bu raqobat Shimoliy Su-
riyaning Mitanniga, Janubiy Suriya va Falastinning Misrga
o‘tishi bilan yakunlanadi. Mil.avv. XV–XIV asrlarda Sharqiy
161
O‘rtayer dengizi siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urushlar girdobida
qoladi. Bu hududda halokatga uchragan Mitanni davlatining
o‘rniga xettlar keladi. Mil.avv. XIII–XII asr boshlarida Suriya
va Falastin O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida egey-anatoliya xalqlari
(«dengiz xalqlari») bosqiniga uchraydi. Ular Kipr, Karxemish
va Ugarit flotini tor-mor qiladilar.
Mil.avv. XII asrda ular (Suriya chegarasidagi savdo-hunar-
mandchilik markazi) Ugaritni batamom vayron qiladilar. Livan-
dagi Amurri davlatini tugatadilar. Sidon va Tir shaharlarini
talon-taroj qiladilar. Shundan so‘ng ular mil.avv. 1180-yillar
atrofida Misrga hujum qiladilar, lekin misrliklar hujumni qay-
taradilar. Misrdan uloqtirib tashlangan kelgindilar Falastin
qirg‘og‘iga o‘rnashib, Filistim («Peleset») nomi bilan davlat tu-
zadilar. Tez orada ular bu yerdagi mahalliy aholining tili va
madaniyatini o‘zlashtiradilar. Ularning nomidan «Falastin»
nomi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |