Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

4. Damashq podsholigi. Damashqning yuksalishi mil.

avv. II ming yillik oxirida Arabistondan kelgan somiy qabi-

lalaridan biri oromiylar bilan bog‘liq. Ular Arabistonda tuya 

bo qish va ko‘paytirish bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Mil.avv. I 

ming yillik boshlarida oromiylar Suriya va Shimoliy Meso-

potamiyada oromiy-xurrit aholisini to‘la assimilatsiya qiladi-

lar. Bu vaqtga kelib, oromiy tili Old Osiyoda asosiy tillardan 

biriga aylanadi. Mil.avv. II ming yillik oxirlarida kontinental 

Suriyaning savdo yo‘llari kesishgan nuqtasida Arabiston-

dan kelgan somiy qabilalaridan biri oromiylarning Suriyada-

gi bosh markazi Damashq shahri kuchayib ketdi. Damashq 

podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik, butun 

Yaqin Sharqqa mashhur bo‘lgan qurolsozlik va oliy navli jun 

bilan vositachilik savdosiga asoslangan edi. Damashq pod-

sholari qadimgi xurrit podsholari unvonlarini eslatadigan 

«Xudo Bo‘ri O‘g‘li» («Ben-Xadad») unvonini oldilar. 

Mil.avv. IX asr o‘rtalarida Damashq osur podsholari Ashs-

hurnasirpal II



 (mil.avv. 884–859-yillar) va Salmanasar III ning 

Sharqiy O‘rtayer dengizi hududida bosqinchilik urushlariga qar-

shi kurashda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Mil.avv. 853-yil Damashq 

podshosi Ben-Xadad II va Isroil podshosi Axav boshchiligidagi 




165

birlashgan qo‘shin Qar qara yonidagi jangda Salmanasarning 

120 ming kishilik qo‘shini hujumini qaytardi. 

Salmanasar III mil.avv. IX asrning II yarmida podsholik qil-

di. Mil.avv. 841-yilda esa Salmanasar Damashq qo‘shinlarini 

yengadi va shaharni qamal qiladi. Lekin uni ishg‘ol qila olmadi. 

Mil.avv. VIII asr boshlarigacha Osuriya Sharqiy O‘rtayer den-

gizini bo‘ysundirishga harakat qiladi, lekin bu yerda o‘rnasha 

olmadi.

 Mil.avv. IX asrning II yarmida Damashq podshosi Ben-Xa-

dad III faol tashqi siyosat yuritib, Isroilning Iordan daryosi or-

tidagi mulklarini qo‘lga kiritdi. Damashq Janubiy Falastinga 

ham kirib boradi va Yahudiyadan xiroj ola boshladi. Damashq 

podshosi Ben-Xadad III Damashq podsholigining kuch-qud-

ratini doimiy ravishda mustahkamlashga jiddiy e’tibor berdi. 

U Shimoliy Suriyaning 17 hokimini birlashtirib, ularni Oront-

dagi raqibi Xamat podsholigiga qarshi qo‘ydi. Lekin Damashq 

podsholigining gullab-yashnashi uzoqqa cho‘zilmadi. Nisbatan 

kichik hududni egallagan Damashq podsholigi Old Osiyoning 

qudratli davlatlari tazyiqiga dosh bera olmadi. Mil.avv. IX asr 

oxirida beto‘xtov urushlar sababli zaiflashib qolgan Damashq 

Osuriya podshosi Adadnerari III qo‘shinlari tomonidan bosib 

olindi. Osuriyaliklar bu yerda ulkan miqdorda temirni o‘lja si-

fatida oldilar.

 Sharqiy O‘rtayer dengizida birinchilikni da’vo qilgan kuch-

li shahar-davlatlar–Tir, Sidon va Damashq bilan bir qatorda 

kichik davlatlar ham mavjud edi. Jumladan, shunday sha-

harlardan biri Shimoliy Suriyadagi Karxemish boy savdo hu-

narmandchilik markazi bo‘lgan. Xett davlati yemirilgach, u 

mustaqil bo‘ldi va xett tili hamda madaniy an’analarini saqlab 

qoldi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish