Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Sharqiy O‘rtayer dengizi madaniyati



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

6. Sharqiy O‘rtayer dengizi madaniyati. Sharqiy O‘rtayer 

dengizi hududining eng katta madaniy yutug‘i alfavitli yozuv-

ning yara tilishi edi. Mil.avv. II ming yillikda Sharqiy O‘rtayer 

dengizi shaharlarida savdo-hunarmandchilik, dengiz yo‘li 

orqali savdo aloqalari barcha ishlarni tez yuritishga imkon 

beradigan oddiy yozuvni yaratishni talab qildi. Mil.avv. XV–

XII asrlardayoq Ugaritda 30 belgili mixxat alfaviti qo‘llanildi. 

Finikiya yozuvining shakllanishi mil.avv. II ming yillik o‘rta-

lariga to‘g‘ri keladi. Finikiyada qulay O‘rtayer dengizi port-

larining mavjud bo‘lishi boshqa xalqlar bilan gavjum savdo 

aloqalarini o‘rnatishga va dengizchilikning rivojlanishiga 

sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq yozuvlari va hisob-kitoblarni olib  

borish zaruriyati o‘qish, o‘rganish uchun qulay bo‘lgan yozuv-

ni yaratishni tezlashtirdi. 

Finikiya yozuvining eng qadimgi yodgorliklari (Xiram, Azer-

bal, Abibal, Elibal, Shafatbal yozuvlari) mil.avv. XI–X asrlar-

ga tegishli. Yozuv 22 grafik belgidan iborat bo‘lib, har bir harf 

ma’lum bir undosh yoki yarim undosh tovushdan tashkil topgan 

edi. Dunyo tarixida ilk sof tovushli yozuv paydo bo‘ldi. Nisbatan 

kam sonli belgilar yordamida har qanday so‘zni uzatish mum-

kin edi. Finikiya yozuvining paydo bo‘lishi insoniyat ma’naviy 

taraqqiyotida tub burilish yasadi. Endilikda yozuv faqat ayrim 

toifalar foydalanadigan tushunarsiz, sirli san’at bo‘lmay qoldi. 

U jamiyat uchun zarur va unga tegishli, hamma foydalanishi 

mumkin  bo‘lgan  boylikka  aylanadi.  Ana  shu  sababli,  finikiya 

yozuvi tez va jadal sur’atda boshqa xalqlar o‘rtasida mil.avv. 

IX asrdan boshlab tarqaladi. Hisoblarga ko‘ra, bizga ma’lum 

alfavitli yozuv tizimlarining 4/5 qismi bevosita yoki bilvosita 

finikiya yozuvidan kelib chiqadi. Qadimgi finikiya yozuvi aso-

sida oromiy, yunon, janubiy arab, yahudiy, karfagen, braxma 

yozuvlari kelib chiqdi. 



169

Sharqiy O‘rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat kuchlari-

ni aks ettiradi. Har bir shaharning o‘z homiy ma’budi bor edi: 

Bal (hokim) yoki El (xudo), ba’zida Melek («podsho», boshqacha 

aytilishi Molox), Tir shahrida Mel’kart («shahar podshosi»), ayol 

ma’buda Astarta (Mesopotamiyada Ishtar). Falastinda mil.avv. 

VIII–VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaladi. Ugarit va 

Ebla shaharlarida hashamatli me’morchilik inshootlari saroy-

lari bunyod qilinadi. Dengizchilik, kemasozlik sohalari yuksak 

darajaga ko‘tarildi. Yog‘och va toshdan podsho va ma’budalar 

haykallari yasaladi. 

Finikiyaliklar dunyodagi birinchi dengizchilar edi. Ularning 

kemasozlikka asos soldilar. Finikiya dengizchilari va kemalari-

dan butun Old Osiyo mamlakatlari foydalandi. Finikiyaliklar 

dunyo tarixida birinchi bo‘lib, uzoq dengiz sayohatlarini uyush-

tirdilar. Mil.avv. 600-yillar atrofida fir’avn Nexo buyrug‘i bilan 

finikiyaliklarning dengizchilik tarixida ilk bor Gibraltar bo‘g‘ozi 

orqali Atlantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o‘tishlari 

buyuk kashfiyot edi. 

Finikiyada hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. Fini-

kiya hunarmandlari chig‘anoqlarning alohida turidan olina-

digan qizil bo‘yoqni kashf qildilar. Ular shisha buyumlarni ish-

lab chiqarishni yuqori darajada takomillashtirdilar. Fini kiya 

bo‘yoq lari, shisha buyumlari va kulolchilik mahsulotlari Old 

Osiyoda yuqori baholangan.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish