3.Finikiya. Sharqiy O‘rtayer dengizi mil.avv. II ming yillikda
doimiy ravishda Old Osiyodagi Misr, Osuriya, Xett, Bobil kabi
qudratli davlatlarning raqobat maydoni bo‘lib qoladi. Hududda
katta-kichik davlatlar, shahar-davlatlar bir-biri bilan munta-
zam o‘zaro urushlar olib borar edilar. Finikiyadagi Sidon shahri
Tirni o‘ziga bo‘ysundirib, keyin uning yordamida Bobilga taz-
yiq o‘tkazib, shimoldan dengiz orqali g‘alla olib kelishga xalaqit
berdi. Mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Ugarit shahri
dengizbo‘yi shahar davlati bo‘lib, Mesopotamiya, Misr, Kichik
Osiyo, Falastin bilan qizg‘in savdo aloqalarini olib boradi. Uga-
rit Orontning quyi oqimi va O‘rtayer dengizi bilan cheklanib, u
yerda g‘allachilik, bog‘dorchilik, vino, zaytun moyi ishlab chiqa-
rish rivojlangan edi. Qishloq jamoasi soliqni mis va kumush
bilan to‘lar edi. Bu davrda erkin aholi uch toifaga bo‘linadi:
1. Jamoachi dehqonlar.
2. Podsho yaqinlari– «podsho qullari». Ular podshodan yer
ulushlari olganlar. Ularning ko‘pchiligi o‘z ota meros yerlariga
ega bo‘lib, qishloq jamoasi bilan rasman aloqani uzmaganlar.
3. «Podsho qulining quli» – o‘z yerlariga ega bo‘lmay,
zodagonlar ning yerida ishlaydigan qatlam. Ular o‘z yeridan
ajralib, jamoa bilan aloqani uzganlar va qisman kelgindilardan
iborat bo‘lgan.
Qulchilik mavjud bo‘lib, uning manbasi oldi-sotdi va qarzi
uchun qul qilish edi. Mil.avv. XII asr boshlarida «dengiz xalqlari»
hujumi natijasida Ugarit to‘la buzib tashlanadi va qayta tiklan-
162
maydi. Shu vaqtda Sidon shahri ham bosqinga uchraydi, le-
kin qayta tiklanadi. Sidon mil.avv. XI asr o‘rtalarida katta port
shahriga aylanadi. Dengiz xalqlarining ikki shoxchasi – filims-
tinlar va chakarlar dengiz bo‘yida o‘rnashib, mahalliy aholi bi-
lan aralashib ketadilar.
Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sharqiy O‘rtayer
dengizi qirg‘og‘i shaharlari siyosiy kelishmovchiliklarni tugata-
dilar va jadal rivojlanish davriga o‘tadilar. Bu vaqtda finikiya-
liklar amalda Sharqiy O‘rtayer dengiziga hukmron bo‘lib, xalqa-
ro savdoni to‘la o‘z qo‘llariga oladilar. Misr tashqi savdosi to‘la
Finikiya qo‘lida edi.
Mil.avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlarida Shar-
qiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i shaharlari qayta tiklanadi. Shu-
ningdek, Finikiya shaharlari Misrning tashqi savdosida birinchi
o‘rinda edilar.
Finikiya shaharlarida kemasozlik, dengizchilik
yuqori darajada rivojlanadi. Finikiyaliklar O‘rtayer dengizi
havzasida o‘zlarining o‘nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir
va Sidon shaharlari bu yo‘nalishga boshchilik qiladi. Mil.avv.
1100-yilda Tir Shimoliy Afrikada Utika koloniyasini, mil.avv.
825–814-yillar atrofida Shimoliy Afrikada Karfagen (Karxe-
mish-yangi shahar) koloniyasini tashkil qildi. Taxminan, shu
vaqtda Tir shahri Ispaniyada o‘zining Gades koloniyasiga asos
soldi. Finikiyaliklar G‘arbiy Sitsiliya, Sardiniya, Malta va Balear
orollarida ham o‘zlarining tayanch nuqtalarini yaratdilar.
Finikiya shaharlari o‘rtasida birlashish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Tir
shahri yuksalib, Sidonni o‘ziga bo‘ysundirib, Tir hokimlari o‘zlari-
ga sidonliklar podshosi unvonini qabul qildilar. Tir-Sidon davlati-
ning eng rivojlangan davri podsho Xiram (mil.avv. 989–936-yillar)
davriga to‘g‘ri keladi. Sharqda Xiram diplomatik yo‘l bilan Falas-
tinni bir qismini oladi. Kipr orolidagi Kitiy shahri hokimi o‘zini
Axiramni (Xiram) quli (ya’ni fuqarosi) deb ataydi. Xiram davri-
da katta miqyosda qurilish ishlari olib boriladi. Melkart va As-
tart ibodatxonalari quriladi. Itobaal (mil.avv. 873–847-yillar) Xi-
ramning siyosatini davom ettirib, Shimoliy Afrikada (Utikadan
g‘arb tomonda) Avzu koloniyasini barpo qildi. Podsholarning
mutlaq hokimiyatga intilishi boy savdo
gar-hunarmandlarning
qarshiligiga sabab bo‘ldi. Natijada Tirda podsho hokimiya-
ti zaiflashib, boy savdogar-hunarmandlarning boshqaruvda-
gi mavqei kuchaydi. Boy savdogarlar o‘z savdo flotlariga ega
bo‘lib, mustaqil ravishda dengiz savdo ekspeditsiyalarini amalga
oshirdilar.
163
Finikiya shaharlari Tir, Sidon va Bibl tranzit savdo bilan
shug‘ullanib, Misr va Bobilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
Yunonistonga, yunon hunarmandchilik mahsulotlarini Sharq-
qa sotdilar.
Tir sav dogarlari mil.avv. VII asr oxiri – VI asr bosh-
larida Kichik Osiyo ning sharqi va Janubiy Arabistonga suqilib
kirdilar. Finikiyaliklar tomonidan Ispaniyadan kumush hamda
Britaniyadan qo‘rg‘oshin olib kelingani ehtimoldan holi emas.
Misr va Mesopotamiyaga yog‘och, hunarmandchilik mahsu-
lotlari chiqarildi. Tir shahri o‘z bo‘yoqchilik ustaxonalari bi-
lan tanilgan edi. Ustaxonalarda dengiz chig‘anoqla ridan siqib
olinadigan qizil bo‘yoq bilan chetdan keltirilgan jundan tayyor-
langan mato bo‘yalar edi. Finikiya bo‘yog‘i butun Old Osiyoda
yuqori baholangan. Sidon shisha buyumlar tayyorlash markazi
bo‘lgan. Qadimgi Sharq va G‘arbda Finikiya zargarlik buyum-
lari (oltin va kumush jomlar, fil suyagiga o‘yilgan relyef tasvir-
lar, tilla zeb-ziynatlar)ning bozori chaqqon edi.
Finikiya dengiz savdosi dengiz qaroqchiligi bilan birgalik-
da olib borilgan. Dengizda va dengizbo‘yi qishloq-shaharlarida
vaziyatga qarab, finikiyaliklar odamlarni bosib olar yoki o‘g‘irlab
ketar edilar. Bir qism odamlar qul qilib sotilgan, qolganlari Fini-
kiyaga olib ketilib, portda yukchi, eshkak eshuvchi, usta xonada
qora ishchi sifatida ishlatilgan. Chet elliklarni aldab qullikka
sotish, olish, ishonuvchan odamlarni o‘z kemalariga aldab olib
kelish va ularni qullikka sotish finikiyalik savdogar-dengiz qa-
roqchilariga xos xususiyat edi. Shu sababli, boshqa hududlarda
finikiyaliklarga nisbatan munosabat yomon bo‘lgan.
Boy savdo-hunarmadchilik markazlari bo‘lgan Finikiya sha-
harlari Old Osiyodagi qudratli davlatlarning doimiy diqqat
markazida edi. Bu shaharlarga egalik qilish uchun Misr, Bo-
bil, Xett, Osuriya, Ahmoniylar Eroni o‘rtasida kuchli raqobat
mavjud edi. Ayniqsa, Misr, Bobil, Xett davlatlarining tashqi
savdosida finikiyaliklar yetakchi o‘rinni egalladilar. Misr-Xett
davlatlari Finikiya uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil.avv.
VIII asrda Finikiya Osuriyaga qaram bo‘ldi. Tir podshosi Me-
teni Tiglatpalasar II ga 150 talant tilla miqdorida katta o‘lpon
to‘ladi. Osuriyadan keyin Misr va Bobil Finikiya uchun raqobat
qiladilar va raqobatda Bobil g‘olib chiqadi.
Mil.avv. VI asrda ulkan Ahmoniylar Eroni davrida ahvol
o‘zgardi. Finikiya Ahmoniylar hokimiyatini ko‘ngilli ittifoqchilar
huquqida tan oldi. Buning evaziga Ahmoniylar Finikiya hudu-
dini shimolda Iss qo‘ltig‘igacha, janubda Askalongacha ken-
164
gaytirdilar. Ahmoniy lar hukmronligi davrida Tir, Sidon, Arvad
shaharlari federatsiyasi, uning oliy organi umumfinikiya ken-
gashi tashkil etildi. Finikiya shaharlari Fors davlatining asosiy
iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi. Finikiya savdogarlari
Ahmoniylar davlati tashqi savdosi ning katta qismini o‘z qo‘llari-
da to‘pladilar. Shaharlarda kumush tangalar zarb qilindi. Ah-
moniylar Finikiya shaharlaridan katta miqdorda to‘lovlar talab
qilar edilar. Shu sababli, finikiyaliklar bu zo‘ravonlikka qarshi
norozilik kayfiyati kuchli edi. Mil.avv. 343-yilda Sidon shahri
forslarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olon bostirilib, sha-
har buzib tashlandi. Tir shahri esa makedoniyalik Aleksandr
tomonidan vayron qilindi. Finikiya shaharlari mil.avv. III ming
yillikdan to makedoniyalik Aleksandr yurishlariga qadar Old
Osiyo, Shimoliy Afrika, O‘rtayer dengizi havzasi xalqaro savdo-
sida yetakchi o‘rinni egalladi. Dunyo tarixida birinchi bo‘lib,
koloniyalarni barpo qildilar, Ortayer dengizi savdosida yetakchi
o‘rinni egallab, yunonlar, etrusklar bilan raqobat qildilar. Mil.
avv. IV asrda makedoniyalik Aleksandr yurishlari bilan Fini-
kiya shaharlari o‘z mavqeini yo‘qotdi. Shu bilan Finikiya tarixi
tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |