Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

7. Osuriya madaniyati. Osuriyaliklar birinchi zooparkni 

yaratdilar. Qonunchilikni joriy qildilar. Bizgacha O‘rta Osu-

riya davrida yaratilgan qonunlar yetib kelgan. Bu qonunlar 

asosida Osuriyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tasavvur qilish 

mumkin. Osuriya yozuvni soddalashtirdi. Ular qamish qalam 

bilan teriga loy, yog‘och taxtacha, papirusga, toshga, metallga, 

ko‘za va qurollarga yozdilar. Qadimgi osur shahri Shadupum-

dan matematika va geometriya fanlaridan ma’lumot beradigan 

loy taxtachalar topilgan. Ulardan birida to‘g‘ri uchburchaklarni 

asoslaydigan teorema asoslanadi. Matematik jadvallar topilgan. 

Ular yordamida ko‘paytirish, kvadrat ildiz chiqarish, turli dara-

jalarga ko‘tarish, bo‘lish va foiz chiqarish mumkin. Ashshel ku-

tubxonasida podsholar Asarxaddon va Sinaxxeriblarning har-

biy xizmatlari maqtalgan matnlar mavjud. Osur ayg‘oqchilari-

ning  maxfiy  ma’lumotlar  matnlari,  turli  xo‘jalik  huquqiy-iqti-

sodiy sohalar bo‘yicha ma’lumotlar arxiv qilingan. O‘z vaqtida 

Gerodot har bir osur va bobillik fuqaro o‘z shaxsiy muhriga ega 

deb ko‘rsatgan edi.

Osuriya tasviriy-san’atida inson obraziga o‘ziga xos yon-

dashilgan, go‘zallik va jasoratni yaratishga uriniladi. Barcha  

relyef va haykallarda jismoniy kuch, sog‘lomlik rivojlangan 

mus 


kullarda, qalin va uzun jingalak sochlarda ifodalanadi. 

 

Osurlar tasviriy san’atda harbiy janrni yaratdilar. Podsho sa-



roylari  devorlaridagi  relyeflarda  rassomlar  harbiy  hayotni  juda 

nozik san’at bilan ifodaladilar. Ulkan jang manzaralari, jangovar 

osurlarning dushmanni chekinishga majbur qilgani tasvirlanadi. 

Saroy devorlaridagi alebastr taxtalarda ov, jang, harbiy yurish-

lar, saroy hayoti va diniy marosimlar o‘z aksini topgan. Ulug‘vor 

yaratilgan saroyga kirishda qanotli ruhlar – podsho qo‘riqchi-

lari (haykallar) qo‘yilgan. Podsho saroylarida haykallarga alohi-

da e’tibor berilgan. Ular hayotiy tasvirlangan. Osurlar ning bosh 

xudosi Ashshur qush patlari bilan qoplangan. Osurlar yarat-

gan romansning yoshi 3400 yilga teng. Osur musiqachilari ikki 

nota chiqarganlar va yetti tovushli gammadan foydalanganlar.  



156

Osurlar quyosh va suv soatlarini kashf qilganlar. Ular algebraga 

asos soldilar, kvadrat va kub ildiz chiqarishni bilganlar. Ular oy 

kalen darini yaratdilar, oy va yerning yaqinlashuvini, quyosh va 

oy tutilishini oldindan aytganlar. Osuriya olimlari o‘simliklarni 

tanlab, ularni tizimga solganlar, qishloq xo‘jaligida tadqiqot ish-

larini olib borganlar. Osurlar ilk zooparklarni tashkil qilganlar. 

 Osuriyaning madaniy yutuqlari tasodifan bo‘lgani yo‘q. Ular 

o‘z janubiy qo‘shnilari Bobil madaniyatining hayotbaxsh ta’si-

ri ostida ilm-fan, madaniyatni rivojlantirdilar. Osurlar shumer 

mixxatini soddalashtirdilar, bobil matematikasini o‘rganib o‘z 

matematik ilmiy kashfiyotlarini amalga oshirdilar. Ilm-fan diniy 

e’tiqod darga’si bo‘lgan osur kohinlari o‘z hamkasblari – bobil-

lik kohinlar bilan yaqin hamkorlik qildilar. Ular Mesopotamiya 

orqali Kichik Osiyo, Misr bilan aloqa o‘rnatdilar. Osur kohinlari 

o‘z kasbdoshlari bo‘lgan Misr, Bobil kohinlari bilan hamkorlik 

qildilar. Poytaxt Nineviyadagi Ashshurbanipal kutubxonasidagi 

Bobil adabiyotining eng noyob namunalari, jumladan, Bilgamesh 

dostoni saqlanar edi. Osuriyaning mashhur hukmdori Ashshur-

banipal adabiyot ishqibozi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U shunday 

yozuv qoldirgan: «Shumerlarning chiroyli, lekin tushunarsiz yo-

zuvlarini va akkadlarning chalkash matnlarini takrorlash men 

uchun katta quvonch bo‘lar edi». Osuriyaliklar haykaltarosh-

lik san’atini yuksak darajada rivojlantirdilar. Osurlarning ilk 

haykaltaroshlik namunalari Xabur qirg‘oqlarida topilgan sherlar 

bo‘lib, keyin Nimrud va Xorsabad haykallari yaratilgan. 

Osuriyada me’morchilik san’ati yuksak rivojlangan edi. Bo-

bil shahridan so‘ng Old Osiyoda aholi soni bo‘yicha (170 ming 

kishi) ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Nineviyada hukmdorlarning ha-

shamatli saroylari, ulkan ibodatxonalar qurilgan. Ayniqsa, Sar-

gon II ning saroyi odam boshli, qanotli ulkan ho‘kiz haykallari 

bilan bezatilgan. Osur saroylari relyef tasvirlarida dunyoviy 

syujetlar yetakchi o‘rin tutadi. Tasvirlarda osur podsholarining 

janglarda erishgan g‘alaba va yurishlari, kuch-qudrati o‘z ifo-

dasini topgan. Hukmdor ulug‘vor jiddiy yuz ifodasi bilan ovda, 

jangda tasvirlangan. Soqolsiz haram og‘alari hamrohligida ma-

lika bilan dushman ustidan g‘alaba sharafiga bazmda tasvir-

lanadi.  Relyeflarda  podsho  ishtirokida  dushmanlarni  qoziqqa 

o‘tqazish, asirlarning tilini sug‘urib olish va terisini shilish tas-

virlanadi. Ovda yirtqich hayvonlar, bo‘kirayotgan sher, sahroda 

tuya, yugurib ketayotgan otlar ajoyib, hayotiy ifodalanadi. Osur 

harbiy san’ati yuksak darajada rivojlandi.




157


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish