7-sinf II chorak
1. Hozir O‘zbekistonda maqomlarning nechta asosiy turi mavjud?
A)3ta C)5ta B)4ta D)6ta
2. Shashmaqom nechanchi asrda Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlari tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan?
A)XVI asr boshlarida C)XVIII asr o‘rtalarida B)XVII asr oxirida D)XIX asr boshlarida
3. Taniqli kompozitor va etnograf ..................... XX asr 20-yillarida Buxoroda maqomchi ustozlar hofiz Ota Jalol Nosirov va tanburchi Ota G‘iyos Abdug‘anilar ijrosida salobatli Olti maqom tizimini nota yozuvlarida ilk bor muhrlaydi.
A)Glinka C)Uspenskiy B)Vasilenko D)Glier
4. Akademik ...................... ham Olti maqom tizimini ikki bor 50-yillar va 60-70-yillar davomida nota yozuvlari bilan bosmadan chiqardi.
A)Komiljon Otaniyozov C)Matniyoz Yusupov B)G‘anijon Toshmatov D)Yunus Rajabiy
5. “Maqom” atamasi qaysi tildan olingan bo‘lib “o‘rin”,”joy”,”daraja”,”martaba”,”manzilgoh” kabi tushunchalarni ifodalaydi?
A)arabcha C)forscha B)turkcha D)lotincha
6. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo‘limi Buxoro an‘anasiga ko‘ra ...........deb yuritiladi.Bu bo‘lim necha asosiy qismdan iborat?
A)Mushkilot,5 bo‘lim C)Nasr,5 bo‘lim B)Mushkilot,4 bo‘lim D)Nasr,6 bo‘lim
7. “Gardun”,”Muxammas”,”Saqil” deyilganda birinchi navbatda qaysi cholg‘u asbobida beriladigan usullar nazarda tutiladi?
A)doira C)tanbur B)rubob D)tor
8. Maqomlarning “Mushkilot” cholg‘u bo‘limi ..............nomli kuylar bilan boshlanadi.
A)Tasnif C)Gardun B)Tarji D)Saqil
9. Qaysi cholg‘u asbobi yetakchi cholg‘u sifatida kasbiy musiqachilar orasida keng qo‘llaniladi?
A)doira C)tanbur B)tor D)nay
10. Buxoro musiqa amaliyotida qaysi sozlardan iborat cholg‘u ansambli an‘anaviy tus olgan?
A)tanbur,nay,nog‘ora C)g‘ijjak,nay,qo‘shnay B)doira,dutor,rubob D)tanbur,nay,doira
11. Cholg‘u bo‘limining so‘nggi kuyining nomini toping.
A)A)gardun C)saqil B)muxammas D)tasnif
12. Maqomlarning aytim(ashula)bo‘limi umumiy nom bilan ............. deb ataladi.Bu arabcha “ko‘mak”,”zafar” demakdir.
A)Nasr C)Mushkilot B)Saqil D)Ufar
13. ..............-raqsbop doira usullaridan biri bo‘lib,ikki asosiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:yengil va og‘ir.
A)Ufar C)Saqil B)Gardun D)Talqin
14. Xorazm maqomlari muayyan tizimdagi turkum shaklida qachon qaror topgan?
A)XVII asrning birinchi yarmida C)XVIII asrning birinchi yarmida
B)XIX asrning birinchi yarmida D)XX asrning birinchi yarmida
15. “Tanbur chizig‘i” nomli o‘ziga xos nota yozuvi vositasida Xorazm maqomlarini yozib olish tajribasini boshlab bergan ijodkor kim?
A)Al-Xorazmiy C)Muhammad Rasul Mirzaboshi B)Komil Xorazmiy D)Niyozjon Xo‘ja
16. Xorazm maqomlarining cholg‘u bo‘limi qanday nom bilan yuritiladi?
A)Chertim yo‘li C)Peshrav B)Mansur D)A va B javoblar to‘g‘ri
17. Xorazm maqomlarining ashula bo‘limi nima deb ataladi?
A)Aytim yo‘li C)Nasr B)Manzum D)A va B javoblar to‘g‘ri
18. Xorazm maqomlarining qaysi maqomida aytim yo‘liga doir ashula namunalari umuman uchramaydi.Ushbu maqom faqat chertim yo‘lidan iborat.
A)Iroq C)Navo B)Rost D)Buzruk
19. ..................... bastakorlik bobida ham barakali ijod qilib “Sallamno”,”O‘ynar”,”Ko‘ring”,”Muborak”,”Ayrilmasin nigoridan”,”Bo‘libdur”,”Netay” kabi xalq orasida keng tarqalgan ashula va qo‘shiqlarni ijod etdi.
A)Matniyoz Yusupov C)Matyoqub Xarratov B)Hojixon Boltayev D)Komiljon Otaniyozov
20. Mulla To’ychi Toshmuxamedov ...
a) Farg’ona – Toshkent maqomlarining mashhur ijrosi b) Buxoro- Samarqand maqomlarining mashhur
d) Xorazm maqomlarining mashhur ijrosi
Do'stlaringiz bilan baham: |