Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

5. Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti. Mil.avv. 

II ming yillik o‘rtalarida Mina, Saba va Kataban qabilalari itti-

foqi shakllana boshladi. Mil.avv. I ming yillik boshida ishlab 

chiqarish  kuchlarining  taraqqiyoti  natijasida  sinfiy  tengsiz lik 

kuchaydi. Siyosiy hokimiyatni o‘z qo‘liga to‘plagan kohin va 



176

savdogarlardan iborat hukmron siyosiy qatlam paydo bo‘ldi. 

Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yer qishloq va shahar 

jamoalari qo‘lida edi. Asosiy xo‘jalik bo‘g‘ini patriarxal oila (yoki 

katta oilali jamoa) edi.

Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi. Qullar 

urushlarda asir olish va sotib olish orqali paydo bo‘ldi. Qarzi 

uchun qul qilish kabi holatlar deyarli yo‘q edi. 

Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi qabila ittifoqlarining dav-

latga aylanishiga olib keldi. Janubiy Arabiston davlatlari siyosiy 

tuzulishini Saba podsholigi misolida ko‘rish mumkin. Saba pod-

sholigini 6 qabila tashkil etdi. Uning 3 tasi qaram ahvolda edi. Har 

bir qabila katta shoxobchaga, u yana kichik va alohida urug‘larga 

bo‘linar edi. Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil 

qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. Qabilalarda oqso-

qollar kengashi bo‘lgan degan farazlar ham bor. 

Imtiyozli qabilalar o‘zlarining zodagon urug‘laridan ma’lum 

muddatga (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) davlatning oliy 

mansabdor shaxslari – eponimlarni saylaganlar. Ular oliy xudo 

Astar bilan bog‘liq kohinlik vazifalarini ham bajarganlar. As-

tronomik va astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan foy-

dalanishni tashkil etishdek, ba’zi xo‘jalik ishlarini boshqarish 

ham ularning zimmasida edi.

Eponimlar bo‘yicha davlat va xususiy–huquqiy hujjatlar 

raqam langan yil hisobi bilan olib boriladi. Ular 30 yoshdan 

mansabga chiqib, vakolat muddati tugagach, oqsoqollar ken-

gashiga a’zo bo‘ladi. 

Mil.avv. III–II asrlargacha Saba podsholigining boshqaruv 

ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar 

– mug‘arrib lar bo‘lgan. Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, 

sakral vazifalar (qurbonlik keltirish, diniy ovqatlanish marosim-

larini tashkil etish) va davlatni tashkil qilgan qabila ittifoqlarini 

davriy yangilash, davlat hujjatlarini e’lon qilish, huquqiy qoi-

dalar, shahar hududlari, xususiy mulk chegaralarini aniqlash 

va boshqalar kirgan. Mug‘arrib mansabi merosiy edi. Urush 

davrida mug‘arriblar ko‘ngillilarga boshchilik qilganlar va vaq-

tinchalik unvon – malik, ya’ni podsho unvoniga ega bo‘lganlar. 

Mug‘arriblar asta-sekin o‘z qo‘llarida butun hokimiyat vakolat-

larini to‘plab, mil.avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq pod-

sholarga aylandilar. Saba podsholigining oliy organi oqsoqollar 

kengashi edi. Unga 6 qabilaning vakillari kirgan. Oqsoqollar 



177

kengashi sakral, qonun chiqaruvchi vazifalar, ma’muriy xo‘ja-

lik vazifalarini bajargan. Boshqa janubiy arab qabilalari ham 

shunday davlat tuzilmalariga ega edi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish