3. Shimoliy Arabiston. Qadimda Shimoliy Arabiston, Suriya
va Mesopotamiya cho‘llarining keng hududlarida odamlar ning
asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, it, eshak, yirik shoxli
qoramollar boqilgan. Bu hududda yashagan urug‘ va qabilalar
qabilalar ittifoqi va kichik davlat birlashmalarini shakllantirdi-
lar. Ularning hokimlari Osuriya hujjatlarida «podsho» deb ata-
ladi. Qadimgi davlat birlashmalari asta-sekin harbiy san’atni
va qo‘shinlarni shakllantirdi. Jangchilar tuyaga ikki kishidan
minib, jang qilganlar. Arablar o‘zlarining kuchli qo‘shnilari
Misr, Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ining kichik davlatlari va
Osuriya bilan xalqaro ziddiyatlarga tortildilar.
Mil.avv. 853-yilda Qarqara yonida bo‘lgan jangda osuri-
yaliklar arablar ham kirgan koalitsiya qo‘shinlarini tor-mor
keltirdilar. Arablar Osuriyaning Misrga qarshi yurishida aso-
siy to‘siq bo‘ldi. Bir necha arab qabilalari Osuriya tomonidan
bo‘ysundirildi. Arablar Osuriyaning raqiblari – Misr va Bobil
bilan ittifoq tuzdilar. Osuriya mil.avv. VII asrning 40-yillari-
da arab qabilalarini to‘liq bo‘ysundi rishga erishdi. Yangi Bo-
bil podsholigi ham Arabiston yarim orolida o‘rnashib olishga
urindi. Bobil podshosi Nabonid Shimoliy Arabistonning bosh
markazlaridan biri Teymu shahrini bo‘ysundirib, uni o‘z qa-
rorgohiga aylantirdi. U bir necha qo‘shni arab qabilalarining
shahar va vodiylarini o‘ziga bo‘ysundirdi. Mil.avv. VI asrda
Eron davlatining kuchayishi va uning bosqinchilik yurish-
174
lari rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy qismida forslar-
ning arablar bilan aloqa o‘rnatishiga olib keldi. Shartnoma
bo‘yicha, fors podshosi Kambiz mil.avv. 525-yil Misrga yurish
vaqtida arab nabateylari yeridan o‘tish huquqini va sahrodan
o‘tish davrida ulardan fors qo‘shinlarini suv bilan ta’min-
lashga roziligini oldi. Arab qabilalari Ahmoniylar Eroniga bir
yilda ming talant (30 tonna) miqdorida xiroj to‘lash majburi-
yatini oldilar. Arablar harbiy yurishlar davrida fors qo‘shin-
lari tarkibiga kiritildilar. Ular yunon-fors urushlari davri-
da fors qo‘shinlari tarkibiga kirdilar. Arablar G‘azo shahri
uchun jangda (mil.avv. IV asr) yunon-makedon qo‘shinlariga
qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Aleksandrning Misrga yurishi
davrida arab qabilalarining ko‘pchiligi yunon-makedonlarga
bo‘ysunmadi. Shu sababli, Aleksandr Sharqqa yurishini tu-
gatgach, unga bo‘ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan
arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtirdi. Lekin bu reja
amalga oshmay qoldi. Arablar Rim davlati bilan ham aloqa-
da bo‘l dilar. Rimliklar mil.avv. 106-yillar atrofida Yamanga
suqilib kirishga urindilar va Nabatey davlatini bosib oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |