Pedagog ik a n in g um um iy aso slari



Download 16,72 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi16,72 Kb.
#291491
Bog'liq
PED A G O G IK A N IN G UM UM IY ASO SLARI


PED A G O G IK A N IN G UM UM IY ASO SLARI

Milliy istiqlol tufayli jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, m a’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu esa, avvalo, pedagogika fanini, ta’limtarbiya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g ‘risida»gi Qonunida (1997-y.) ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e ’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. 0 ‘sib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab, mamlakatiniz kelajagini tasavvur qilish mumkin. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, o ‘qituvchU' tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Bu vazifani amalga oshirish uchun qanday yo‘l tutish va nimalarga e ’tibor bermoq lozim? Bu savollarga m a’lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo‘lgan? Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. Manbalarda yozilishicha kishilik jamiyati paydo bo‘lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni yoshlarga o ‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi. Tajribalaming to ‘planishi natijasida ta’lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida bilimlar boyib bordi. Ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasbhunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshladi. Ularning ta’limtarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plangan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi muassasalar vujudga keldi, va taraqqiy etib bordi. Shunday qilib, pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish shakllari haqida m a’lumot beruvchi fanga aylandi. Demak, pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaning mazmunini, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo‘llarini o ‘rgatuvchi fandir. Ba’zan, pedagogika fanining nima keragi bor? Pedagogikadan xabari y o ‘q bo‘la turib, lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan otaonalar ko‘pk-u? Yoki aksincha, pedagogika fanini bilgan holda hatto o‘z farzandlarini ham risoladagidek tarbiyalay olmaganlar ozmunchami? - degan savol tug‘iladi. Agar pedagogika fanidan xabarsiz boMgan kishilar pedagogika fanini o ‘z vaqtida o ‘rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida edi, yoshlarni yana ham yaxshiroq tarbiyalagan boMur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor boMgan kishilar esa o‘z bilimlarini tajribada qoMlay olmaganliklari uchun ham tarbiya jarayonida muvaffaqiyatga erisha olmaganlar. Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o ‘rganish lozim. T a’lim tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish bolalarni to‘g ‘ri tarbiyalashning shartidir. Bunda tarbiyachining beg‘araz mehnati, bolalarni sevishi tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Biroq, ijtimoiy jarayonda to‘plangan tajribalar tarbiya mazmunini tashkil etsa-da, ularning hammasini yosh avlodga o ‘rgatishning imkoniyati yo‘q edi. Faqat xalq ta’limi tizimiga kiruvchi bo‘g‘inlar orqali orttirilgan tajribaning muayyan qismini qamrab olish mumkin edi. Bu yerda ham muammo yuzaga keldi. Hozirgi kunda barcha turdagi tajriba shakllari tarbiya mazmunini tashkil eta oladimi? Yosh avlod tarbiyasiga aloqador tajribalarni qanday ajratish mumkin? Kim bunday ish bilan shug‘ullanadi? Tabiiyki, barcha xildagi tajriba shakllari ham tarbiya mazmunini tashkil etavermaydi. Chunki, - birinchidan, pedagogika, xususan, o ‘zbek xalq pedagogikasi taraqqiyotida juda murakkab jihatlar (hatto bu murakkablikning noma’lum qismlari) mavjudki, ularni yoshlar d afatan o ‘zlashtira olmaydilar. Masalan, sharq falsafasi yoki mutafakkirlarimizning m a’naviy merosini falsafa, tabiiy va gumanitar fanlar, diniy manbalardan yaxshi xabardor bo‘la olmaganligimiz sababli o‘rganishimiz qiyin kechadi; - ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra va ham metodik, ham moddiy asosning yetishmasligi sababli to ‘plangan tajribalarni mukammal egallash imkoniyati mavjud emas. Eng muhimi, jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga va kelajakda kutiladigan o‘zgarishlami hisobga olib tarbiya mazmunini shakllantirish darkor. 0 ‘zbek pedagogikasining vazifasi Respublikamizda yashovchi turli millat-elatlarning orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiyaning ham nazariy, ham amaliy muammolarini milliy qadriyatlar asosida to‘g‘ri hal etib berishdir. Bunda islom dunyosida qalam tebratgan allomalardan tortib, zamondosh olim-u fuzalolaming ta’limotlaridan ta’lim-tarbiyaga oid qirralarini izlab topish taqozo etiladi. Yosh 7 avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangan tasaw uf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakka hokimligiga endilikda y o ‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir. «Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan m a’noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so‘zlaridan iborat bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingi I asrlarda Gretsiyada, quldorlaming bolalarini ovqatlantiradigan, sayr qildiradigan, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atashgan. U bolalarning kamolga yetishiga m as’ul bo‘lgan. Quldorning bolasini maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchi o ‘qituvchilarni «didaskallar» («didayko-men» o‘qitaman) deyishgan. Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex pedagogi Y.A.Kam enskiy ta’kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar.
Download 16,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish