1. Qadimgi Mitanni davlati.Mitanni Mesopotamiyaning shimoliy-g`arbida joylashgan qadimgi davlatlardan biridir. Uning yer usti asosan tog`lik, janubiy qismi esa qisman tekisliklardan iborat. Dajla va Frot daryolari Mitanni yerlaridan boshlanadi. Miloddan avvalgi XII asr oxiri – XVI asr boshlarida bu o`lkada Mitanni davlati tashkil topdi. Mamlakat aholisining asosiy qismini hurritlar tashkil etganlar. Keyinchalik ular amoriylar bilan aralashib ketadilar.