5. Yangi Bobil podsholigi. Ossurlarning jabr-zulmiga qarshi miloddan avvalgi 628-yili Xoldey hukmdori Nabopalasar boshchi-ligida qo`zg`olon ko`tariladi. U ossurlarni Bobildan haydab chiqarib, Yangi Bobil podsholigiga asos soladi. Bobildan quvilgan ossurlar Misr fir`avni Nexo bilan ittifoq tuzib, bobilliklarga qarshi kurashni davom ettiradilar.
Miloddan avvalgi 605-yilda Nabopalasar vafot etib, taxtga uning o`g`li Navuxodonosor II (605–562) o`tiradi. Miloddan avvalgi 605-yili Karxamish yaqinidagi bo`lgan jangda Bobil qo`shinlari Misr-Ossuriya qo`shinlari ustidan porloq g`alabaga erishadilar. Navuxodonosor II qo`shinlari Suriyani ishg`ol qilib, misrliklarni o`rtaer dengizining sharqiy sohilidan siqib chiqaradi.
Shu davrda quldorlikka asoslangan Yangi Bobil podsholigi kuchayib, Bobil shahri gullab-yashnaydi. U sharqning eng obod, ko`rkam va aholisi gavjum shaharlaridan biriga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |