2. Eski Bobil shohligining qulashi



Download 49 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2022
Hajmi49 Kb.
#413379
  1   2
Bog'liq
Qadimgi dunyo tarixi 21-bilet


2. Eski Bobil shohligining qulashi
Xammurapi vafotidan so’ng Qadimgi Bobil podsholigi asta-sekin kuchsizlanadi. Bobil atrofidagi katta-kichik davlatlar podsholkda sodir bo’layotgan siyosiy voqealarni sinchkovlik bilan kuzatib turardilar.
Mamlakat janubi-sharqidagi Elam podshosi Rim-Sin Bobilning zaiflashib borayotganligidan foydalanib janubiy Mesopotamiyaga bostirib kirib Shumerning bir qismini bobilliklardan tortib oladi. Ammo Samsuiluna (m.av. 1 7 4 9 – 1712) boshliq Bobil qo’shinlari Rim-Sin qo’shinlarini jangda tor-mor etgan va elatliklarni janubiy Mesopotamiyadan haydab chiqargan. Jangda mag’lubiyatga uchragan Rim-Sin Elamga chekinib o’z saroyidagi yong’in vaqtida halok bo’lgan.
Samsuiluna elamliklarni mag’lub etib bo’lgach. Ur va Uruk shaharlarning mudofaa devorlarini buzdirib Shumerni Bobil podsholigiga qaytadan qo’shib olgan. Ammo bu vaqtlarda Bobilga qarshi Isin shohi Uumanlu va shahar hokimlari bosh ko’taradilar. Ilumanlu janubda mustaqil podsholik tuzib, Bobilga qarshi qattiq kurash olib borib, Shumer podsholigining dengiz bo’yi yangi sulolasiga asos solgan.
Bu ham yetmaganidek sharq tomondan Bobilga Zagros tog’lari orasida yashovchi ko’chmanchi kassit qabilalari ko’pdan beri bobilliklarga ko’z olaytirib kelar edilar. Xammurapi va uning vorislari 155-yil davomida kassitlarga qarshi kurash olib borganlar.
Samsuiluna davrida Bobilga shimoli-g’arbdan xett qo’shinlari Bostirib kirganlar. Samsuiluna xettlarning qarshiligini qaytarishga Muvaffaq boʻlgan.
M.av. 1742-yilda kassitlar sardori Gandash Bobilga bostirib Kirib “O’zini to’rt iqlim podshosi” deb eʼlon qilgan. U Shumer, Akkad va Bobil hukmdori sifatida kassitlar sulolasiga asos solgan. M.av. XVI asr boshlaridan boshlab mamlakatda kassitlar sulolasining hukmronligi boshlanib, u Bobil podsholigining o’rta davri deb atalgan. Kassit sulolasi podsholari m.av. 1155-yilgacha Bobilda hukmronlik qilganlar. Kassitlar davrida ot va ho’kizlar kuchidan harbiy va har turli xo’jalik maqsadlarida foydalanganlar. Kassitlar madaniyat jihatdan Mesopotamiyaliklarga nisbatan juda tuban boʻlganlar. Ular Bobilni bosib olgach, bobilliklarning madaniyatini qabul qilganlar. Kassitlar Bobilda mustahkam o’rnashib olganlaridan so’ng. Shimoliy-g’arbda xettlar qarshiligini sindirib, janubdagi dengiz bo’yi sulolasi qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratib,u yerlarni ham o‘zlariga itoat ettirganlar. Kassit podsholaridan Agum II m. Av. XVI asrda podsholik qilgan. U ham o’zini “Toʻrt Iqlim podshosi” deb e’lon qilgan. Agum II davrida O’rta Bobil Podsholigi kuchayadi. Agum II va uning vorislari Qadimgi Bobil Podsholigining istilochilik siyosatini davom ettirib. Butun Shumerni o‘zlariga itoat ettirib, so’ng dengiz bo’yi sulolasining hukmronligiga barham berganlar. Agum II davrida Bobil kuchayib, uning qo’shinlari Yuqori Frot mamlakatlarini istilo qilgan. Shimoli-g’arbda esa, Suriya Mesopotamiya dashtining bir qismini ham O’rta Bobil podsholigiga bo’ysundirganlar.
Agum II o’z yozuvlarida Xanaan mamlakatidan xudo Marduk va uning xotini Sarpanitning haykallarini keltirganligini. Bu Haykallarni zarbof kiyimlar, qimmatbaho narsalar va dabdabali toshlar bilan bezaganligini hamda bu xudo haykallarini Bobildagi Esagil ibodatxonasiga qaytadan o’rnatganligini faxr bilan gapirgan. Agum II o’zini “Kashshu va Akkad podshosi, keng Bobil mamlakatining podshosi, Guti mamlakatining podshosi” deb atagan. Bu Kassitlar podshosining hokimiyati Dajla daryosining sharq tomonidagi viloyatlarga ham yoyilganligini koʻrsatadi.
Gandash va Agum II davrida O’rta Bobil podsholigi kuchaygan bo’lsa ham, m.av. XIV-XIII asrlarda hukmronlik qilgan ularning vorislari davrida bu davlat asta-sekin kuchsizlana borgan. M.av. XIV asming oxiri XIII asrning boshlaridan Yuqori Mesopotamiyadagi Ossuriya davlati kuchayib, kassit qo’shinlariga bir necha bor zarba bergan. Shimoli-g‘arbdan xettlar, sharq va janubi-sharqdan elam qabilalari O’rta Bobil podsholigi verlariga hujum boshlagan. Ayni paytda kassitlarga qaram boʻlgan mamlakatlarda Mustaqillik, ozodlik uchun kurash va qo’zg’olonlar boshlangan.
Shunday qilib XII asrning o’rtalariga joylardagi qo’zg’olonlar, Toju-taxt uchun olib borilgan o’zaro kurashlar, nizolar Xett. Ossuriya va Elam podsholarining birin-ketin olib borgan urushlari natijasida kassitlarning Mesopotamiyadagi hukmronligi zaiflashib, m. Av. 1155-yilda kassitlar sulolasiga asoslangan O’rta Bobil podsholigi barham topdi. Ular o’z o’rinlarini Nabopalasar boshliq Yangi Bobil podsholigiga bo’shatib berdilar.
Mesopotamiyaga kelgan kassitlar mahalliy aholi bilan aralashib ketadi. Kassitlar hukmronlik qilgan O’rta Bobil podsholigi davrida Mesopotamiyada dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq me’yorida rivoj topgan. Kassitlar Mesopotamiya Xalqlari madaniyatidan unumli foydalanganlar.



Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish