Reja: Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati



Download 101 Kb.
bet1/8
Sana03.11.2022
Hajmi101 Kb.
#859927
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XIV-XVII asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikr


XIV-XVII asrlarda movaraunnaxrda ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikr
Reja:


1. Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati.
2. Abu Lays as- Samarqandiyning «Bo’ston ul orifin» asarida ilm- ma‘rifat haqidagi
fikrlari.
3. Mirzo Ulug’bekning ilmiy-ma’rifatparvarlik faoliyati.
4. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari.
5. Z.M. Boburning ma‘rifatparvarlik g’oyalari.
6. Jaloliddin Davoniyning pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
1. Amir Temur dvrida Movaraunnaxrda ilm-ma‘rifat rivoji, maktab, madrasa va pedagogik fikr. «Temur tuzuklari» ning tarbiyaviy ahamiyati.
Temuriylar hukmronligi davri 1370 yildan Temur hokimiyat tepasiga chiqqan davrdan boshlanib, 1507 yil Shayboniyxon (20 may) Hirotni egallashi bilan tamom bo’ldi.
Bu davr O’rta Osiyo xalqlari shu jumladan, o’zbek xalqi madaniyati ilm-fani, maorifi, san’ati va adabiyoti tarixiy taraqqiyotining yangi va sermahsul bir davridir. Bu davrda O’rta Osiyo xalqlari ilm-fan, maorif, me’morchilik, adabiyot, tasviriy san’at, naqqoshlik, muzika va boshqa sohalarda juda katta hissa qo’shdilar. Shu jihatdan ko’zda tutib tadqiqotchilar bu davrni Sharq repessansi – Uyg’onish davri deb aytadilar.
Iqtisodiy va madaniy sohadagi bu rivojlanish davlatning barpo qilinishi bilan chambarchas bog’liq edi. Xalq ommasini mug’ul zulmiga qarshi ozodlik hukumatidan foydalanib, u Movarounnahrdan tashqari bosqinchilik urushlari natijasida Eron, Iroq, Ozarbayjon va Hindistonning shimoliy qismini o’ziga itoat qildirdi. Shunday qilib, O’rta er dengizidan to Xitoy chegarasigacha cho’zilgan katta imperiya vujudga keltirildi. Teumr qattiqqo’llik bilan o’zaro ichki urushlar va feodal tarqoqlikka chek qo’ydi. Temur o’zi zabt qilgan mamlakatlarning son-sanoqsiz boyliklari bilan hunarmandlari usta va me’morlarini ham Samarqandga olib keldi. Bularning kuchi va mahalliy ustalarning ishtiroki bilan shaharlarda masjid, madrasa va madaniy-maishiy binolar barpo etdi. Ayniqsa, Samarqandning qiyofasi tubdan o’zgardi. Unda azim va ko’rkam binolar, bog’lar va saroylar, ko’priklar va kanallar paydo bo’ldi. O’sha davrda O’rta Osiyoning qo’shni va Sharq va G’arb mamlakatlari bilan savdo elchilik munosabatlari rivojlandi.
Temurni jahonga mashhur qilgan 2 g’alabasi: To’xtamishxon va Yldirim Boyazid. Temur vafot etishi bilan (1405 yil) uning davlati parchalanib ketdi, ko’p o’lkalar undan ajralib chiqdi. Temurning vorislariga Xuroson va Movaraunnahr qoldi. Xuroson va Movaraunnahr taxti uchun qattiq kurash boshlanib ketdi. Uzoq davom etgan qonli kurashlardan keyin 1409 yilda taxtga Shohruh chiqdi. U Xurosonni o’ziga qoldirib, Movaraunnahrni o’g’li Ulug’bekka berdi. 1447 yilda Shohruh vafot etdi. 1449 yilda Ulug’bek yovuzlarcha o’ldirildi. Taxt-toj kurashlari yanada kuchaydi. Nihoyat, 1450 yillarga kelib bu kurash bir muncha pasaydi. Xuroson Abulqosim Bobirga Movaraunnahr Abusaidmirzoga o’tdi. Abulqosim Bobirga vafotidan keyin Xurosonni ham mustabid va johil Abusaid egallaydi. U 1469 yilda G’arbiy Eronga hujum qilib jangda engilib halok bo’ldi. Ko’p yillar davomida taxt-toj uchun kurashib kelgan Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallab oladi. Alisher Navoiy va boshqa ma’rifatparvarlarning faoliyati va tashabbusi bilan davlat hokimiyatini bir muncha mustahkamlab oladi, obodonchilik, ilm-fan, maorif, san’at va adabiyot ishlariga e’tibor beradi. Biroq taxt-toj talashlari saroy amaldorlari fitnasi va ishratparastliklar natijasida Husayn Boyqaro saltanati tanazzulga yuz tutdi. Samarqand va Farg’ona hokimliklari va boshqa temuriy davlatlar tobora zaiflashib ketdi. Bularning barchasi temuriylar hokimiyatining halokatga sudradi. Bundan foydalangan Shayboniyxon (1450-1510) Movaraunnahr va Xurosonni bosib oldi. Z.M. Bobur temuriylar hokimtyaini saqlab qolish uchun olib borgan ko’p yillik kurash natija bermadi.
Temuriylar davrida 2 ta madaniy markaz mavjud bo’lib, bularning biri Samarqand, ikkinchisi Hirot edi. Shunisi diqqatga sazovorki, temuriy hukmdorlari ilm qilibgina qolmasdan, ularning ichidan atoqli olimlar, shoirlar, san’atkorlar, ma’rifatparvarlar ham etishib chiqqan. Buyuk astronom Mirzo Ulug’bek, shoirlar Mironshoh, Husayn Boyqaro, Z.M. Bobur va boshqalar bunga misol bo’la oladi.
IX-XII asrlarda jahon ilm-fani taraqqiyotida mislsiz katta rol o’ynagan O’rta Osiyo XIV-XVI asrlarda ham tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qancha buyuk olimlarni etishtirdi, jahon fani taraqqiyotiga yangi hissa qo’shdi.



Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish