Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

4. Adabiyot. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g‘oya-

lar, badiiy obrazlar bilan sug‘orilgan boy adabiyotlarni yarat-




75

dilar. Adabiyotning rivojlanishi uchun qulay omil bo‘lib xalq 

og‘zaki ijodi xizmat qildi. Ilk adabiy asarlar mil.avv. IV ming yil-

likda shakllandi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, zodagon-

lar tarjimayi hollari, diniy matnlar va poetik asarlar Qadimgi 

podsholik davridayoq paydo bo‘ldi. 

O‘rta podsholik davrida janrlarning xilma-xilligi ko‘paydi. 

Yuqori darajada yozilgan prozaik asarlar yuzaga keldi (Sinuxet 

hikoyasi). Yangi podsholik davrida Misr adabiyoti g‘oyaviy-ba-

diiy jihatdan mukammallashish davrini boshdan kechirdi. 

Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik jan-

ri to‘laroq aks etgan. Nasihatnomalardan eng qadimgisi «Pta-

xotep nasihatnomasi»dir. Keyingilari «Gerakleopol podshosi 

Axtoyning o‘g‘li Merikaraga nasihati», «Fir’avn Amenemxet I 

ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish yo‘l-

yo‘riqlari bayon qilingan. «Axtoyning o‘gli Duaufaga nasihati»da 

mirzalikni boshqa kasblardan afzalligi ko‘rsatiladi. Yangi pod-

sholik davrida nasihatnomalardan «Ani nasihati», «Amenemope 

nasihati»da turmush axloqi va an’ana viy axloq qoidalari batafsil 

bayon qilinadi. 

Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakl-

landi. Ulardan eng mashhurlari «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», 

«Kema halokatiga uchraganlar», «Egri va to‘g‘ri», «Ikki aka-

uka» va «Fir’avn Petubastis to‘g‘risida»gi bir necha ertaklardir. 

Misr ada biyotining «Sinuxet hikoyasi» qissasi, «Arfa chaluvchi 

qo‘shig‘i» poetik asari kabi namunalari o‘sha davrda yuksak 

adabiy janr shakllanganligining dalilidir. Turli janrlar orasida 

adabiyot alohida o‘rin tutadi. 

Ko‘pgina afsonalar, qayta ishlangan diniy madhiyalar Osiris 

ma shaqqatlari, xudo Raning yerosti podsholigiga sayohati hi-

koya qilingan sikllari qadimda mashhur bo‘lgan. «Ko‘ngli qol-

gan kishining o‘z ruhi bilan suhbati» nomli falsafiy dialog shak-

lida yozilgan asar diqqatga sazovor. Dialogda dunyodagi ado-

latsizlik, huquqsizlik va yovuzlikdan azob chekkan kishi taqdiri 

hikoya qilinadi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish