Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Misrda din. Misrda din ilk urug‘chilik jamoalarida vujudga 

kelib, juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Diniy an’analar 

mustahkam va turg‘un bo‘lgan, fetishizm, totemizm, ayniqsa, 

hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan.

Misr xudolarining panteoni juda katta bo‘lib, u ilk davrda vu-

judga kelgan madaniyatga borib taqaladi. Unda odamlar totem 

hayvonga, qabila boshlig‘iga sig‘inishgan. Qadimgi podsholik 

davridan misrliklar hayvon qiyofasidagi xudolarga sig‘inganlar. 

Ma’buda – mushuk qiyofasidagi Bastet Quyosh xudosi Raning 

qizi bo‘lgan. Misrliklarning xudolari hayvon qiyofasida: Anubis 

– o‘liklar saltanatining podshosi, bo‘ri boshli qilib tasvirlangan. 

Tot – aql va yozuv xudosi. Soxmet – sher boshli urush ilohasi, 

suv to‘lqini xudosi Sebek timsoh qiyofasida chiqadi. Ma’buda – 

begemot Tavaret chaqaloq va homilador ayollarning ko‘zi yorishi-

ga javob bergan. 

Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda saqlan-

gan. Ibodatxonada ular yaxshi parvarish qilingan. Masalan, 

ilohiy hayvonlardan biri buqa xuddi shunday parvarish qilin-

gan. U kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga 

sigir tanlashda ham alohida ahamiyat berishgan. Agar buqa 

o‘lib qolgudek bo‘lsa, uni mo‘miyolab, marosimlar o‘tkazib, 

alohida bir qabrga ko‘mishgan. Va uning o‘rniga yangi tug‘il-

gan buzoq chani izlashgan. Bu juda mushkul ish hisoblangan. 

Chunki buzoqcha qora rangli bo‘lib, peshonasida uchburchak 

shakldagi oq belgisi bo‘lishi kerak edi. Bunday hayvonni to-

pish juda mushkul bo‘lgan. Lotos (nilufar) guli Yuqori Misrning 




70

muqaddas ramzi hisoblangan. Misrliklar daraxtlar, o‘simliklar 

va gullarga ham e’tiqod qilishgan.

Misrliklar tabiat kuchlariga sig‘inishgan, Quyosh xudosi Ra 

eng qudratli iloh hisoblangan. Misrning o‘zi «Quyosh mam-

lakati», hukm dori – fir’avnlar esa «Quyoshning o‘g‘li» deb atal-

gan. Boshda Fiva shahrining xudosi Anon butun mamlakatda 

yaratuvchi xudo sifatida keng tarqalgan. Yangi podsholik davri-

dan quyosh xudosi Ra bilan birlashtirilgan. Amon Ra nomida 

eng qudratli xudo hisoblangan. Yangi podsholik davrida esa, 

fir’avn  Amenxotep  IV  (Exnaton)  diniy  islohot  o‘tkazib,  yakka-

xudolikni joriy qiladi. Ya’ni u hammani Atonga («Quyosh shu’la-

si») sig‘inishga da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha 

bo‘lib, u qanotli sher qiyofasida, sher ko‘pgina qo‘llar bilan, bu 

qo‘llar esa nur qiyofasida, lochin qiyofasida tasvirlangan. Unga 

atab ko‘p madhiyalar aytilgan.

Gor (Xor) zulmatni yenguvchi xudo hisoblanib, u lochin qiyo-

fasida tasvirlangan. Gor Osirisning o‘g‘li bo‘lgan. «Osiris va Gor» 

afsonasi ayniqsa, Misr dinini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. 

Afsonada aytilishicha, hosildorlik xudosi Osiris qachonlardir 

Misrning podshosi bo‘lgan. U odamlarga yerga ishlov berishni, 

bog‘lar yaratishni o‘rgatadi. U o‘z akasi Set tomonidan o‘ldi-

riladi. Set zulmat va yovuz lik xudosi hisoblangan. Osirisning 

o‘g‘li Gor Setni ochiq maydonga kurashga chaqirib, uni yenga-

di. Shundan so‘ng, Gor g‘olib chiqishi uchun o‘z ko‘zini Osirisga 

berib, uni qayta tiriltiradi. Qayta tirilgan Osiris esa, yerga qayt-

maydi va u yerosti o‘liklar saltanatining podshosi bo‘lib qola-

di. Shunday qilib, uning yerdagi merosxo‘ri sifatida Gor tiriklar 

saltanatida qoladi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish