2. Asosiy siyosiy voqealar. Mil.avv. VII asrda Afg‘onis-
ton, hozirgi O‘zbekiston va Tojikistonning janubiy hududlari-
ni o‘z ichiga olgan Baqtriya davlati tashkil topdi. Yunon mu-
allifi Knidlik Ktesiy Baqtriyani qudratli davlat deb tasvirlab,
Baqtriyani Osuriya bilan urushini hikoya qiladi. Baqtriyaning
poytaxti Mozori sharif yaqinidagi Baqtra (hozirgi Bolou Hisor)
juda yaxshi mustahkamlangan shahar bo‘lib, shaharda ark
ham bo‘lgan. Baqtriya qadimgi sharqning siyosiy hayotiga tez
tortiladi. Ahmoniylar Eroni mil.avv. VI asrda Afg‘onistonning
Ariya, Baq triya Drangiana, Araxosiya va Hindistonning Ganxara
viloyatlarini o‘z ta’sir doirasiga oladi. Ahmoniylarning Baqtriya-
ni bosib olingani to‘g‘risida yozma ma’lumotlar yo‘q. Kayxusrav
hozirgi Bag‘ram viloyatidagi Kapisa shahri qarshiligini shafqat-
sizlik bilan bostiradi. Baqtriya bo‘ysundirilgach, Baqtriya sat-
ratligi tashkil etiladi. Baqtriya siyosiy-iqtisodiy jihatdan rivoj-
langan. Doimo forslarga qarshi urushib, mustaqilligini tiklash-
ga harakat qilgan, bir necha bor ahmoniylarga qarshi qo‘zg‘olon
ko‘targan. Baqtriya yiliga fors xazinasiga 360 talant (1 talant
– 30 kg kumush) o‘lpon to‘lagan.
Mil.avv. I ming yillikda Afg‘onistonda turli etnik guruhlar ya-
shagan: Ariya viloyatida oriylar, sak-amarglar (evrget), pakt lar.
Bo‘lg‘usi Afg‘oniston etnik birliklarining shakllanishida sak-qa-
bilalari muhim o‘rin tutadi. Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida
yashagan saklar toki Hind daryosi vodiysigacha mig ratsiya qil-
ganlar.
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Afg‘oniston hududidagi sug‘or-
ma dehqonchilik va chorvachilik rivojlandi. Sun’iy sug‘orish
inshootlari, korizlar barpo qilindi. Ahmoniylar koriz qurgan
dehqonlarni ma’lum muddatga soliqlardan ozod qilganlar.
Afg‘onistonning Farax-giruh hududidagi korizlar mil.avv. I ming
yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Aholi asta-sekin iqtisodiyot va
madaniyat markazlari bo‘lgan shahar ko‘rinishidagi qo‘rg‘on-
larda to‘plana boshlaydi. Arxeologlar tekshirgan Baqtriyaning
poytaxti Baqtra shahrining hududi shahar atrofisiz 120 gektar
maydonni tashkil etadi. Ko‘pgina devorlar bilan o‘ralgan sha-
harlarda mustahkamlangan qal’a – ark bo‘lgan.
Yuejilar Baqtriya hududini to‘liq egalladilar. Sak qabilalari
janubiy viloyatlar – Drangiana Araxosiya va Ganxarani egallab,
bu hududda o‘zlarining bir qancha davlatlarini tuzdilar. Kash-
mir va Gandxaranni birlashtirgan sak davlati hukmdori Mayes
zarb qilgan tangalar bizgacha yetib kelgan.
203
Makedoniyalik Aleksandr Ahmoniylar davlatini tugatgach
(mil.avv. 330-yil), Baqtriya satrapi Bess o‘zini «Osiyo hukm-
dori» deb e’lon qildi. U davlat tarkibiga Baqtriyadan tashqari
Ariya va Dran giana (Afg‘onistondagi viloyatlar) ham kirgan.
Ariya satrapi Aribarzan boshda Aleksandrga bo‘ysundi, lekin
keyin qo‘zg‘olon ko‘taradi. Drangiana (Afg‘onistondagi viloyat)
jiddiy qarshilik ko‘rsatmay Aleksandrga bo‘ysunadi. Aleksandr
Araxosiya va Baqtriyaga jadal qo‘shin tortdi. Bess raqibga qar-
shilik ko‘rsata olmay, hozirgi O‘zbekis ton janubiga Amudaryo ni
kechib o‘tdi. Lekin «Osiyo hukmdori»ni o‘z yaqinlari Aleksandr-
ga ushlab berdilar. Aleksandr O‘rta Osiyoda sak-massa get va
so‘g‘dning kuchli qarshiligiga duch kelib, bu yerda mil.avv.
329–327-yillarda qolib ketdi. Faqat O‘rta Osiyoning ayrim
hududlarini nominal o‘ziga bo‘ysundirdi. Mil.avv. 327-yil ba-
horida Hindiqush tog‘lari dan o‘tib, Qobil hududiga aspasiy,
guriy va assakenning tog‘lik qabilalari qarshiligiga uchradi.
Paronomisad tog‘li viloyatiga o‘zining qaynotasi so‘g‘d zodagoni
Oksiartni hokim etib tayinladi. Shundan so‘ng u Hind vodiysi
tomon yurish qildi.
Afg‘oniston hududida ma’lumotlarga ko‘ra Aleksandr Ariya,
Araxosiya (G‘azna hududi), Hindiqush tog‘i yonbag‘rida (Cho-
rikor hudu dida bo‘lishi mumkin) shaharlar barpo qiladi. Sha-
har albatta bir yoki ikki yilda barpo qilinmaydi. Bu uzoq yil-
lar davom etadigan jarayon. To‘g‘rirog‘i, Aleksandr bu yerlarda
yunon-makedon harbiy qismi turadigan tayanch nuqta – hi-
moyalangan qal’a qurgan bo‘lishi mumkin.
Aleksandrning o‘limidan so‘ng Afg‘oniston hududi taxminan
mil.avv. 306 yoki 305-yillar Salavk ixtiyoriga o‘tadi. Salavk-
ning o‘g‘li Antiox hukmronligi davrida (mil.avv. 281–260-yillar)
Baqtra shahri Antioxning qarorgohi bo‘ldi. Mil.avv. 250-yillar
atrofida sarkarda Diodot Baqtriyani Salavkiylar davlatidan
ajratib oladi. Bu davlat ta rixga Yunon-Baqtriya nomi bilan ki-
radi. Yunon-Baqtriya davlati mil.avv. 250- yillar atrofida paydo
bo‘ladi. Afg‘oniston, O‘rta Osiyo janubi va Shimoliy Hindistonni
o‘z ichiga olgan Yunon-Baqtriya davlati shakllangan boshqaruv
tizimiga ega edi. Hukmdorlar faol tashqi siyosat olib boradilar,
savdo-hunarmandchilikning rivojlanishiga qulay shart-sha-
roit yaratadilar va tangalar zarb qiladilar. Baqtriya yuzlab sha-
harlar mamlakati edi. Bu shaharning qoldiqlari Afg‘oniston,
O‘zbekis tonning janubida ko‘plab qazib ochiladi. Ana shunday
shaharlardan biri Ko‘kcha daryosining Amudaryoga quyilish
204
joyida qurilgan shahar g’ishtdan bunyod qilingan. Shahar de-
vorlar bilan o‘rab olingan. Devorlarda minoralar mavjud. Sha-
harning tik qirg‘oqlar bilan himoyalangan baland tepaligida
mustahkam langan qal’a qurilgan.
Diodot faol tashqi siyosat yuritishga harakat qilib, Parfiya-
ga ham tazyiq o‘tkazadi. Mil.avv. 230-yilda Diodot sulolasini
Yevtidem qirib tashlab, o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Yevtidem-
ning o‘g‘li Demetriy (190–171-yillar) Araxosiyani va Hind vodi-
ysidagi Ganxarani bosib oldi. Demetriy Maurilar davlatiga kir-
gan bir necha viloyatlarni bosib olishga harakat qildi. U mil.
avv. 171-yilda hind yurishida bo‘lganida hokimiyatni uning
sarkardasi Yevkratid bosib oladi. Yevkratid (171–155-yillar)
o‘z hokimiyatini mustahkamlab, hind yurishini davom ettir-
di va qator viloyatlarni bosib oldi. Yunon-Baqtriyaning g‘arbiy
qo‘shnisi Parfiya bu vaqtda kuchayib ketib, Yunon-Baqtriya-
ning bir necha viloyatlarini bosib oldi.
Yevkratid mil.avv. 155-yillar atrofida harbiy yurishdan qay-
tayotgan paytda o‘z o‘g‘li Geliokl tomonidan o‘ldirildi. O‘ligi
ustidan jang aravasi bilan bosib o‘tib, uning jasadini xo‘rladi.
Yangi noqonuniy hukmdor Geliokl o‘z otasini Yunon-Baqtriya-
ning so‘nggi qudratli vakili edi. Tez orada mil.avv. 140–130-yil-
lar atrofida shimoldan kelgan ko‘chmanchi yueji qabilalari
Yunon-Baqtriya davlatini tugatdilar. Uning xarobalarida 100
yildan so‘ng Kushon davlati barpo qilindi.
Mil.avv. I ming yillikda Sharqiy Turkiston, Turon hududla-
ridan Afg‘onistonga qabila-elatlarning muntazam migratsiyasi
Afg‘onistonda etnik-siyosiy vaziyatni o‘zgartiradi. Afg‘oniston-
da mil.avv. III–II asrlarda zaiflashgan Yunon-Baqtriya davlati
o‘rnida alohida 5 mustaqil davlat paydo bo‘ladi. Araxosiya O‘rta
Osiyodan kelgan qabilalar va Shimoliy Hindistonda bir necha
davlatni tashkil qiladilar. Davlat hokimiyatiga ega bo‘lgan
hokimlar aholining oliy tabaqasi vakili bo‘lib, hashamatli hayot
kechirganlar.
Mil.avv. I asr o‘rtalarida Kashmir va Gandxaraga saklar kirib
keldilar va bu hududda o‘z davlatlariga asos soldilar. Bu dav-
lat o‘z tangasiga ega bo‘lib, tanganing orqa tomonida ot tasviri,
keyinchalik otda nayza ushlab turgan hukmdor tasvirlangan.
Ilk tangalardan birida sak hukmdori Maues (hind yozuvchilar-
ida Moga) tasvirlangan. Boshda Maues o‘zini podsho deb, ke-
yin «podsholar podshosi» deb ulug‘laydi. U uzoq podsholik qil-
gan, uning vorisi Aza (mil.avv. I asrning ikkinchi yarmi) davri-
205
da sak davlati gullab yashnaydi. Uning tangalari 1500 dona
Gand xara poytaxti Taksilada, 4 mingga yaqini Mir Zahokda
(Drangiana) topilgan. Bu tangalarning o‘ng tomonida podsho
og‘ir qurol-aslahada nayza yoki jangovar bolta bilan otda tas-
virlangan. Bu vaqtda hind-saklar davlati tarkibiga Araxosiya va
Sakistonning sharqiy qismi kirgan. Azilisning vorislari davrida
davlat zaiflashadi va hokimiyat boshqa sulolaga o‘tadi. Sulo-
laning birinchi vakili Gondofar mil. I asrning birinchi yarmida
hukmronlik qilgan. Afg‘onistonda milodiy I asrdan Kushonlar
davlati hukm suradi. Hozirgi Afg‘onistonning butun hududi bu
davlat tarkibiga kirgan. Bu davlatning birinchi hukmdori Geray
podsho unvoniga ega bo‘lmagan. Kushonlar davrida qadimgi
Afg‘oniston sivilizatsiyasining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan
davri edi. Sug‘orma dehqonchilik, yuqori darajada ixtisoslash-
gan hunarmandchilik xo‘jalikning yuksalishiga olib keldi. Sha-
har madaniyati yuqori darajada rivojlandi. Baqtriyaning aholisi
mil.avv. II asrda 1 mln kishi bo‘lsa, Kushonlar davriga kelib aho-
li soni jadal o‘sadi. Baqtriyaning o‘zida 18 shahar qoldiqlari qol-
gan. Baqtra shahri poytaxti bo‘lib, iqtisodiy va madaniy marka-
zi bo‘lgan kushonlar davrida yangi devor bilan o‘rab olinadi.
Shaharsozlik rivojlanib, o‘nlab shaharlar quriladi. Bu davrda
Afg‘oniston G’arb va Sharq dunyosining iqtisodiy-madaniy alo-
qalari kesishgan chorrahaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |