Mavzu: Baqtriyaning bronza davri chorvodor aholisi madaniyatlari.
R E J A
1. Baqtriyaning bronza davri chorvador aholisi moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi. 2. Vaxsh va Beshkent madaniyatlari va ularning asosiy yodgorliklari va ular tadqiqotining natijalari. 3.Baqtriyaning bronza davri chorvador aholisi moddiy madaniyatiningning o‘ziga xos xususiyatlari
Vaxsh va Beshkent madaniyatlari. Tulxar, Aruktov, Teguzak, Tigravaya Balka mozorlari. Dafn marosimlari. Krematsiya. Xo‘jalik. Moddiy madaniyati. Ijtimoiy munosabatlar. Diniy qarashlar. CHorvador qabilalarning o‘troq dehqon jamoasi bilan aloqalari va SHimoliy Andronov madaniyati bilan aloqadorligi.
Janubiy Tojikiston hududi cho‘l zonasi bronza davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda Kofirnigon va Vaxsh vodiylari istiqbolli o‘lkalardan hisoblanadi. Bu joyning landshafti, tabiati va ekologik sharoiti jamoalarning chorvachilik bilan shug‘ullanishiga imkon beradi. Kofirnigon va Vaxsh vodiylarida o‘tgan asr 50-yillarining o‘rtalarida bronza davriga oid yodgorliklar topib tadqiq etilgan. Xususan, A.M.Mandelshtam chorvador qabilalarining ikkita yodgorligini – Tulxar va Aruktov qabristonlarini topgan. A.M.Mandelshtamning yozishicha Tulxar qabristonida turli tarixiy davrlarga oid mozorlar bor, lekin ko‘pchiligini bronza davriga oid qabrlar tashkil etadi. Bu qabrlarga turli usulda odamlarni ko‘mish urf-odatlari qo‘llanilganligi tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi. Aniqrog‘i, A.M.Mandelshtam ko‘rsatishicha, Tulxar qabristonining eng qadimgi mozorlariga odamlar jasadi qo‘yilmasdan, mayit kuydirilib mozorga qo‘yilishi rasm bo‘lgan. Mozorlarning ko‘rinishi trapetsiya shaklida bo‘lib, uning janubiy qismida chuqurcha qazilib, unga kuydirilgan odam jasadi kuli, maydalangan odam suyaklari qo‘yilib, ularning ustidan tosh plitalar bilan yopib qo‘yilgan. Qabrning shimoliy qismida ham chuqurcha bor va u to‘rt qisqichli tarzda aylanasiga tosh bilan terilib chiqilgan va muqaddas hisoblangan. Qabrdan sopol parchalari topilgan. Bu qabrlar ustida odatda 7 ta tosh alohida tartib bilan qo‘yilib, nisbatan kata tosh qolgan 6 ta tosh bilan o‘rab olingan. Ikkinchi xil mozorlar «yarusli chuqurchali» deb nomlanib, ular nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. YUqori yarus chuqurchasi kichikroq, pastki yarus qismi oval shaklda jasadxona hisoblanadi. Bu xil mozorlarning yuqori chuqurchasi odatda toshlar bilan to‘ldirilgan. Bu xil mozorlarda odamlarning oyoq-qo‘llari buklangan holatdagi jasadlari uchraydi. Mozorning jasadxonasida odatda bitta odamning mayti, ba’zi hollarda juft odamlar jasadi ham uchraydi. Bolalar esa katta odamlardan ajratilib alohida ko‘milgan. Ikkinchi xil mozorlardan odamlarning suyaklari tosh yashiklarga solinib ko‘milganligi ma’lum bo‘ldi. Bunda tosh yashiklarning turli qismlariga odam tanasining turli a’zolari qo‘yilgan, tana butun xolatda emas. SHunisi xarakterliki, qabrlarda albatta qo‘y suyaklari uchraydi. SHu bilan birga qabrning tubida dumaloq yoki kvadrat shakldagi o‘choq bo‘lib, undan kul va qo‘yindi narsalarning qoldiqlari topilgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha ayollar mozorlaridagi o‘choqlar dumoloq shaklda, erkaklar qabrlaridagi o‘choqlar esa kvadrat shaklda bo‘lgan. Olov bilan bog‘liq rasm-rusumlarni bajargan bo‘lishi mumkin. Mozorlardan ko‘plab qo‘lda ishlangan sopollar, bronza taqinchoqlari, tosh munchoqlar, jez oyna va turli mehnat qurollari topilgan.. Sopol idishlar ichida kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar parchalari ham topilgan. Ular Sopolli madaniyatining mo‘lali bosqichi sopollariga o‘xshash.
Uchinchi xil mozorlar kotakmba ko‘rinishida bo‘lib, ularning tokchasi toshlar bilan to‘ldirilgan. Jasad qo‘yiladigan xonasida mayit va uning atrofidan sopol idishlar, bronza taqinchoqlari va mexnat qurollari, zeb-ziynatlar uchratilgan. Ko‘p hollarda katakomba mozorlarining tokchasida kul va qo‘yindi qoldiqlari uchratilgan. Umuman olganda, Tulxar bronza davri mozorlariga odamlar oyoq qo‘llari buklangan holda, bir yoni bilan ko‘mish xarakteli hisoblanadi. Bu uchchala mozorlar o‘z tuzilishi, mayitlar ko‘milishi holatlari va ularning atrofidan topilgan arxeologik ashyolar tahliliga ko‘ra ular mil.avv. 2 minginchi yilning 2-yarmi bilan yoshlanadi. Demak, Tulxar qabristoni bronza davri so‘nggi bosqichlariga oid chorvador qabilalarga tegishli ekan. Bronza davri so‘nggi bosqichlariga oid chorvador qabilalariga tegishli mozorlar Aruktov qabristonidan ham topilgan. Aruktov mozorlari uncha baland bo‘lmagan aylana, kvadrat va to‘g‘ri to‘rt burchakli tosh g‘ovlardardan iborat ko‘rinishga ega. Mozorlarda oyoq-qo‘llari buklangan, bosh qismi sharqqa yoki shimoliy-sharqqa tomon qaratilib, yon biqinlari bilan qo‘yilgan odam jasadlari uchratilgan. Jasad atroflarida albatta qo‘y suyaklari, sopol idishlar, bronza ro‘zg‘or buyumlari va mexnat qurollari, zeb-ziynatlar uchratilgan. Sopol buyumlari ichida charxda ishlangan xum, xurmachalar mavjud. Bu yodgorlik topilmalari Tulxar qabristoni materiallari bilan bir arxeologik kompleksni tashkil etadi. A.Mandelshtam Beshkent vohasi chorvadorlarining kelib chiqishi masalasini shimoliy cho‘l zona qabilalari- bir tomondan Zamonbobo, ikkinchi tomondan Andronova madaniyati bilan bog‘laydi. A.Asqarov va M.Djurakulovlar Bishkent bronza davri jamoalari shimoldan ko‘chib kelgan charvodor qabilalar emas deb xisoblashadilar, garchi ularning madaniy xo‘jalik komplekslari bir bo‘lishsada. Ular Bishkent bronza jamoalarini SHimoliy Baqtriya dashtlarida qadimdan yashab kelgan qabilalar qabilalar madaniyatidir. Shu bilan birga, ular bir tomondan qo’shni Sopolli madaniyati qabilalari bilan, ikkinchi tomondan O’rta Osiyoning shimoliy zonalarida istiqomat qiluvchi chorvador jamoalar bilan ham madaniy- xo’jalik va hatto etnik aloqada bo’lganlar. Bu aloqalar mozor qurilishi formalarida, arxeologik konplikslar sostavi va xarakterida yaqqol ko’zga tashlanadi. Janubiy Tojikiston bronza davri chorvador qabilalarining boshqa bir guruppa yodgorliklari Vaxsh va Qizilsuv daryolarining quyi zonasi dashtlarida o’rganilgan. Ular arxeologik adabiyotlarda Vaxsh madaniyati nomi bilan yurutiladi. B.A.Letvinskiy Vaxsh madaniyatiga doir 5 ta qabristonda 233 mozor qo’rg’onni qazadi. B.I. Letvinskiy dastlab Vaxsh madaniyati qabristonlarini qoldirgan qadimgi qabilalar Nomozgoh madaniyati zonasidan kelgan dehqon jamoalari bo’lib, ular yangi rayonning geografik sharoitiga moslashgan holda chorvador bo’lib ketdi. degan fikrni olg’a suradi. So’ng ularning yil sanasini milloddan avvalgi II minginchi yillikning 2-yarimi bilan belgilanadi. Keyinroq B.A.Letvinskiyning shogirdi L.T.Piyakova Vaxsh madaniyati qabilalarining kelib chiqishi shimoliy Afg’oniston bilan bog’lab, uning xranalogik doirasi esa ancha qisqartirib, milodiy eradan avvalgi II minginchi yillikning oxirgi choragi bilan belgilaydi. L.T.Pyankova bilan Vaxsh madanioyati xranalogik doirasi masalasida kelishsa bo’ladi. Ammo uning kelib chiqish taqdirini shimoliy Afg’oniston yoki Nomozgoh madaniyati bilan bog’lash tarixiy haqiqatga to’g’ri kelmaydi, chunki Baxsh madaniyatining kelib chiqish masalasini bunday hal qilish mahalliy aholining borligini inkor etish demakdir.
Endi Vaxsh madaniyati arxeologik komplekislarning shimoliy Afg’onistonning Shurtugay materiyallari bilan o’xshashligi- bu ikki zona qabilalari o’rtasidagi aktiv madaniy aloqalar belgisi edi. Vaxsh madaniyati qadimgi qabristonlar asosida o’rganilgan. Ular quyi Vaxshning o’ng qirg’og’idagi Vaxsh I. Tigrovaya Balka, Oyko’l va Jarko’l hamda qizilsuv quyi havzasidagi Makonimor qabristonlaridir. Ularning hammasi daryolarning yuqori terassasi- tog’ yonbag’rida joylashgan. Mozor tashqi ko’rinishida tosh g’ovlar hamda uncha baland bo’lmagan tosh tepachalarni eslatadi. Yuqorida eslatilgan yodgorliklarning eng kattasi Tigrovaya Balka qabristoni bo’lib, bu yerdagi 130 mozor-qo’rg’ondan 116tasi o’rganilgan. Tigrovaya Balka yodgorligi mozorlarining xilma-xilligi va arxeologik komplekislarning xarakteriga ko’ra Vaxsh madaniyati haqida to’liq tassavur bera oladi.
Har bir mozor-qo’rg’onning ustki tosh uyumi ostida gulxan qoldig’i uchraydi, Mozorlar laxat shakilda bo’lib, huddi To’lxar qabristonidagidek, laxat tokchasi tosh bilan to’ldirilgan. Kameralar yon devorida tokchalar uchraydi. Mozorlar laxat formasiga ko’ra ham har xil. Mozorlar orasida kenataf qabrlar ham uchraydi. Marxo’m jasadlar qabrga oyoq-qo’llari buklangan holda yon tomoni bilan qo’yilgan, ba’zi hollarda qorin bilan yoki bel bilan yotqizilgan skletlar ham uchrab turadi. Skletlar orintrovkasida qat’iylik yo’q. Ammo ko’pchilik mozorlarda skletlar boshlari bilan g’arbga yoki sharqqa qaratib ko’milgan.
Mozorlarning ko’pchiligi o’g’irlangan bo’lishiga qaramay, ularda sopol idishlar, bronza predmetlari, tosh va suyakdan ishlangan mehnat qurollari va zebi-zeynat uchraydi. Ko’pgina erkaklar mozorda chaqmoqtosh va suyakdan yasalgan kamon, o’q uchlari ham topilgan. Mozorlarda qurbonlik yo’liga atalgan hayvon suyaklari ham uchraydi. Idishlarning asosiy qismi qo’lda ishlangan. L.T.Pyankova hissobiga ko’ra 1/3 qism sopollar kulolchilik charxida ishlangan. Ehtimol, ular uchun dehqon jamoalari birinchi navbatda Sho’rto’g’ay qabilalari bilan qilinga iqtisodiy madaniy aloqalar natejasida tashqaridan keltirilgan idishlar bo’lsa kerak.
Keyingi yillarda L.T Yankova Janubiy Tojikistonning Hisor vodiysida bronza davriga oid Kangurt tut makonida, N.M Vinogradova esa Teguzak makonida qazishmalar olib bormoqda. Bu ikki qadimgi qishloq ham tog’ yonbag’ridagi adir zonasida joylashgan bo’lib, ularda uy fundanmenti hatto devorlari ma’lum balandlikda toshdan tiklangan uy qoldiqlari ochildi. Kangur tut va Teguzak makonlarida Andiranova madaniyati makonlariga aynan o’xshash spool parchalari va Sopolli madaniyatining mullali kompleksini eslatuvchi kulolchilik charxida qilingan idishlar topilgan. Bu manzara ikki hil rivojlanishda bo’lgan qabilalar o’rtasida davom etayotgan madaniy-xo’jalik aloqalarining qon-qarindoshlik darajasigacha o’sib chiqganligini ko’rsatadi. Bu voqealar, Kangur tut va Teguzak materiyallariga qaraganda, miloddan avvalgi II minginchi yillikning oxirgi choragida sodir bo’lgan edi.
Shunday qilib, Janubiy Tojikiston bronza davri yodgorliklari- Beshkent va Vaxsh madaniyati, Kongurt tut va Togizak makonlari materiyallari bilan tanishar ekanmiz, bun teritoriya so’ngi bronza davrida dehqon jamoalari bilan chorvador qabilalar o’rtasida rivojlangan madaniy-xo’jalik aloqalari zonasi, ular ortasidagi aktiv aloqalar zonasi bo’lganligiga ishonch xosil qilamiz Bu aktiv tarixiy protseslar miloddan avvalgi I minginchi yillikning boshlarida qadimgi Baqtryada hozirgi zamon o’zbek va tojik xalqalari etnogenezida muhim rol o’ynagan bakrian va sak elatlarining tarkib topishida sotsial-iqtisodiy va madaniy baza bo’la olmadi.
SHunday qilib, SHimoliy Baqtriyada bronza davri dehqon jamoalari uchun xizmat qiluvchi noyob diniy markaz-monumental inshoot- Jarqo‘ton ibodatxonasi va uning qoshida diniy marosimlar uchun kerak bo‘ladigan ishlab chiqarish xo‘jalik-xizmat qismini tashkil etilishi va uning faoliyati o‘z davri uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Dinning markazlashuv jarayoni yuz bera boshlaydi. Diniy dunyoqarashda olov muhim ahamiyat kasb etganligi sababli, olov bilan bog‘liq qurilmalar, olovning ramzlari insonlar diqqat markazida bo‘lganligi moddiy madaniyatda kuzatiladi.
Bulardan tashqari hali odamlarning onggida ibtidoiy diniy qarashlarning ayrim ko‘rinishlari, ya’ni zoolatrik diniy qarashlarga e’tiqod saqlanib qolgan bo‘lib, ma’lum vaqt o‘tgach, dehqon jamoalari hayotida olov, er, suv va havo eng zaruriy hayot manbai ekanligini tushunib etgach, zoolatrik xarakterdagi hayvonlar faqat tumorlarda, muhrlarda saqlanib qoladi. Ularning hayotida tabiatning to‘rt unsurini e’zozlash birinchi darajaga ko‘tariladi. Bu to‘rt unsur esa zardushtiylik dinining muhim ustunlari, asosiy belgisidir. To‘rt unsurning uchtasi (olov, er, suv) Jarqo‘ton ibodatxonasida o‘z aksini topgan. Aholi yashash manzilidan chetda shahar qabristonining vujudga kelishi zardushtiylikdagi tabiatning to‘rtinchi ustuni- musaffo havoning muqaddaslashtirish rasmiy tus olganligidan dalolat beradi.
Biroq, bu zardushtiylik dini uzil-kesil shakllandi, degani emas. SHu sababli, bu davrni zardushtiylik dinining shakllanish jarayoni boshlangan davr, ya’ni ilk zardushtiylik, deyilsa to‘g‘riroq bo‘lar edi. Jarqo‘ton nafaqat diniy markaz, balki jamiyatning boshqaruv markazi ham bo‘lgan.
Buni Qadimgi Baqtriya podsholigi davridagi kavining qo‘l ostida diniy, dunyoviy hokimiyatning jamlanishi bilan qiyoslash mumkin. Bu ibodatxona mubodlarining obro‘si ortib borishiga, ularning qo‘lida unumdor erlarning to‘planishiga olib keladi. YAna bir dalil, ibodatxona qurilishiga qadar bu joyda qandaydir boshqaruv markazi, saroyga o‘xshash inshoot bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu inshoot avval jamiyatning boshqaruv markazi bo‘lgan. Keyinroq, din markazlashib borgan sari, saroy maydonida ibodatxona qad ko‘targan va shu erdan jamiyat ham diniy, ham siyosiy tomondan boshqarilgan. Bu dalillar nafaqat SHimoliy Baqtriyada, balki O‘zbekiston hududida davlatchilik ildizlari mil.avv. II ming yillikning yarmiga borib taqalishiga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston hududlarida bronza va ilk temir davrining qadimgi dehqonchilik madaniyati uning ikki azim daryolari (Amudaryo va Sirdaryo) havzalari bo‘ylab ikki yo‘nalishda rivojlangan. Birinchi yo‘nalish (Amudaryo havzalari) madaniyati kelib chiqish tarixiy ildizlariga ko‘ra, Qadimgi SHarq mintaqalari bilan etnomadaniy bog‘liq bo‘lib, bu hududda urbanistik jarayonlar va ilk davlatchilik bronza davriga borib taqaladi va yuksak darajada rivojlangan moddiy madaniyat xarakteriga ega. Me’morchilikda moddiy madaniyat monumental xarakter kasb etadi. Hunarmandchilikda (kulolchilikda) texnikaviy kashfiyotlardan (ikki yarusli xumdonlarning kashf etilishi, kulolchilikda charx yordamida idish yasash) keng foydalanish rivojlangan bo‘lib, hunarmandchilik mahsulotlari tovar xarakterini oladi. O‘zbek xalqi dehqonchilik madaniyatining bu yo‘nalishini tahlilidan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1) Arxeologik yodgorliklar va ularning davriy ketma-ketlikda tarkib topishi O‘rta Osiyo, jumladan, o‘zbek xalqi va davlatchiligining tarixiy ildizlari bilan uzviy bog‘liqlikda bronza davriga borib taqaladi.
2) Aynan shu davrda erga va chorvaga egalik qilishlikning xususiy shakli paydo bo‘ladi. Erga xususiy egalik qilish monogamik juft oilaning katta patriarxal oilaga o‘sib chiqishidan boshlanadi. Aynan shu sharoitda jamoa mulkchiligining ijtimoiy xarakteri tagiga zil ketib, uning o‘rnini patriarxal xususiy mulkchilik egallaydi. Erga va chorvaga xususiy egalik qilishlikning paydo bo‘lishi davlatchilikning kelib chiqishiga olib keladi. Davlatchilikning dastlabki, ilk kurtaklari katta patriarxal oilalardan boshlanib, ularning mujassamlashtirgan qishloq jamoalari - vislar darajasidagi ko‘rinishi ilk davlatchilikning dastlabki kurtaklarini, tarixiy ildizlarini tashkil etadi.
3) Kadxudotlar, ya’ni vispatilar davlatchilikning ilk kurtagi bo‘lsa, Avesto jamiyatining zantu bosqichida, vislardan tashkil topgan ilk shahar shahar-davlatchiligining asosini tashkil etgan. SHahar-davlat amalda bir necha mikrovoha doirasidagi vislarni diniy va siyosiy jihatdan birlashtirgan voha davlatchiligining bosh shahri, siyosiy va diniy qarorgohidir. Masalan, Jarqo‘tonni shu maqomda tahlil etish mumkin. Demak, Qadimgi Baqtriyaning bronza davri yodgorligi Jarqo‘ton nafaqat shahar-davlat, balki SHerobod vohasi doirasidagi voha davlatchiligining diniy boshqaruv markazidir. Bu ilk davlatchilik tizimining birinchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Bu bo‘g‘in SHimoliy Baqtriyada Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilchatepa, Bandixon I, Jondavlattepa, Xosiyattepa, Talashkantepa kabi ilk temir davri yodgorliklari misolida rivojlanishda davom etadi, Janubiy va Markaziy Sug‘dda Uzunqir, Sangirtepa, Daratepa, Erqo‘rg‘on, Ko‘ktepa, Afrosiyobning quyi qatlamlari, Lolazor va boshqa yodgorliklar misolida ilk temir davrida yuz beradi. G‘arbiy Sug‘dda esa Xo‘ja-Bo‘ston, Qalqon ota, Qozimontepa quyi qatlamlari misolida ilk temir davrining so‘nggi fazasida, Qadimgi Xorazmda Ko‘zaliqir, Xozarasp, Xumbustepa, Qal’aliqir va boshqa yodgorliklar misolida ilk temir davrining mil. avv. VI-IV asrlarda yuz beradi.
O‘zbek xalqi va davlatchiligining ikkinchi yo‘nalishi Sirdaryo havzalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu hududda qadimgi dehqonchilik (CHust madaniyati) dastlab, Qoradaryo suv resurslarini ta’min etgan buloq suvlari bazasida tarkib topadi. Bu ikkinchi yo‘nalishning bronza davri dehqonchilik madaniyati kelib chiqish tarixiy ildizlariga ko‘ra, mahalliy urug‘ jamoalarining buloq suvlari bazasida tarkib topgan havza dehqonchilik xo‘jaliklaridan iborat.
Bu zonada moddiy madaniyat bronza davrida asosan patriarxal jamoaviy xarakterda, urug‘ jamoalarining uy-joy komplekslari monumental xarakter tusini olmagan, patriarxal oilalar hamon erto‘la tipidagi kulbalarda yashaydi. Hunarmandchilikning kulolchilik sohasida texnikaviy kashfiyotlarga o‘tilmagan, sopol idishlar hamon charxsiz qo‘lda yasaladi, ular hali tovar xarakterini olmagan. Guvala va xom g‘ishtlardan uy-joy yasash, mudofaa inshootlarini qurish endigina kurtak ota boshlaydi. Ilk temir davriga kelganda (Eylatan madaniyati) uy-joy va mudofaa inshootlarining qurilishida g‘isht, guvalak, paxsadan foydalanishga o‘tiladi, Avesto Varasi tipidagi shaharlar qad ko‘taradi. Bu hududda davlatchilik tizimi antik davri bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘proq mustaqil rivojlanish xarakterini kasb etgan. Kulolchilikda sekin-asta charxdan foydalanishga o‘tish ilk temir davridan boshlanadi. Ammo, ularning ommaviy xarakter tusini olishi Farg‘ona vodiysida antik davrida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |