3. Ijtimoiy hayot. Sak-skiflarda jamiyat shakllanishi bilan
boy chorvadorlar, urug‘-qabila oqsoqollari ko‘plab chorva mol-
lariga egalik qilib, urug‘ zodagonlar qatlami va oddiy chorvador
cho‘ponlar – jangchilar qatlami shakllanadi. Antik mualliflar
asarlarida bir necha sak-skif yo‘lboshchilari nomlari tilga olina-
di. Uchinchi qatlam diniy urf-odat, an’analarni bajaradigan ko-
hinlar, shomonlar (turkiy xalqlarda – toyinlar) har bir ovulda
bo‘lgan. Cho‘l-dasht, tog‘oldi hududlarida yashagan sak-skiflar
qisman dehqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan-
lar. Chunki qurg‘oqchilik yillarida cho‘l va dasht hududlarida
chorva mollari ko‘p qirilib ketgan va ochlik ko‘chmanchi chor-
vadorlarning doimiy hamrohi bo‘lgan. Shuning uchun ishonch-
li oziq-ovqat manbalarini izlashga majbur edilar. Ular tog‘oldi
daryo vodiylarida o‘zlariga kerakli oziq-ovqat manbalari – g‘alla,
sabzavot-poliz ekinlarini ekib olganlar. Qo‘shni xalqlar, davlat-
lar bilan faol ayirboshlash, madaniy va harbiy aloqalar o‘rnatil-
gan. Qo‘shnilar bilan munosabatlar ziddiyatli ham bo‘lgan.
Sak-skiflarda mulkiy tabaqalanish kuchli bo‘lgan. Topil-
gan sak-skif qabrlarida uning izlarini ko‘rish mumkin. Zoda-
gonlarning qabrida buyumlar boy va xilma–xil. Aqinak (xanjar)
va uning qini, o‘q-yoy sadoqlariga marosim mifologik tasvirlari
tushirilgan hamda oltin plastinkalar bilan bezatilgan. Sag‘ana-
ning o‘lik qo‘yilgan xonasi devorlari marhumning zarbof kiyim-
lari, so‘zanalar bilan bezatilgan. Zodagonlarning qabrlarida
193
marosim buyumlari bo‘lgan ko‘zalar – sharsimon qadah-riton-
lar, ikki gorizontal quloqli ochiq jomlar ko‘p uchraydi. Bunday
jom-qadahlar oltin, kumushdan yoki yog‘ochdan metall bilan
mustahkamlab yasalgan. Gerodot hikoyasi bo‘yicha, yo‘lbosh-
chilarning dafn marosimida uning barcha fuqarolari ishtirok
etgan. Yo‘lboshchi qabri ustiga ulkan qo‘rg‘on – tepalik bun-
yod qilingan. Dafn marosimidan keyin marhumni xotirlash
uchun shu yerning o‘zida jamoa umumiy ovqatlanish marosi-
mini o‘tkazgan. Uning izlari arxeologik qazilmalarda topilgan.
Ukrainadan arxeologlar «Tolstaya Mogila» qo‘rg‘on-qabrni tek-
shirganlarida, dafndan keyin iste’mol qilingan xonaki va yov-
voyi hayvon suyaklarining ulkan miqdoriga qarab, dafn maro-
simiga 2,5-3 ming kishi qatnashgan deb faraz qiladilar.
Ko‘chmanchi sak-skiflar chorvachilik bilan shug‘ullanib,
o‘tovlarda, ba’zi hududlarda aravalarda yashar edilar. Yilqi,
qo‘y, tuya, echki boqilgan. Go‘sht, sut va ulardan tayyorlan-
gan qazi, pishloq, suzma, qimiz, quritilgan go‘shti asosiy oziq-
ovqat va ichimlik edi. Asosiy ovqat qo‘y-echki, ot-tuyadan oli-
nadigan sut, go‘sht bo‘lgan. «Ular qaynatilgan go‘sht yeydilar,
yilqi sutini ichadilar va ippaki yeydilar» deb yozgan edi antik
mualliflar. Idish-tovoqlar juda oddiy bo‘lib, yog‘och, mis, jez
va temirdan edi. Katta jez qozonlarda ovqat tayyorlanar edi.
Hayvon terisiga ishlov berilib, ulardan kiyim-kechak, oyoq
kiyim, uy-ro‘zg‘or buyumlari (teridan qilingan mesh, ovqat
saqla
nadigan, yeyiladigan, tayyorlanadigan, pishiriladigan
idishlar) tayyorlangan. Shuningdek, hayvon terisidan qamchi,
xurjun, arqon, egar-jabduq, bosh kiyim, ko‘rpa-to‘shak, gilam
va boshqalar tayyorlangan.
Sero‘t yaylov-o‘tloqlar uchun doimiy to‘qnashuvlar yuz berib,
hududlar qabila-urug‘lar o‘rtasida nisbatan barqaror taqsim-
langan edi. Sak
-skif yo‘lboshchilari o‘lganda ularning xotinlari,
qurolbardorlari, xizmatkorlari, jangovar otlari va yo‘lboshchi-
ning qurol-yarog‘lari, shaxsiy buyumlari bilan birga ulkan qabr
– qo‘rg‘onda dafn qilingan. Sak-skiflar qaynoq, keskin va yorqin
hayot kechirdilar. Doimiy xavfli tahdidlar bilan kurash, doimo
bepoyon kengliklarda o‘zini himoya qilish moddiy va ma’naviy
madaniyatga ham ta’sir qildi. Sak-skiflar o‘troq dehqon qo‘shni-
lari bilan o‘zlariga zarur bo‘lgan don, meva, poliz mahsulotlari,
gazlama, uy-ro‘zg‘or buyumlarini ayirboshlar edilar.
Qurol-yarog‘ har bir kishi uchun hayotiy zarurat edi. Sakning
o‘ng biqiniga taqiladigan yog‘och qinda kalta qilich (aqinak) bo‘lib,
194
uning qini tilla qoplamasi hayvonlarning o‘yib tushirilgan tasvi-
ri bilan bezatilgan edi. Qilichning sopiga ba’zida tilla, kumush
qoplangan. Uzun nayzalarning uchlari temirdan bo‘lib, uzoqqa
otadigan qurol – o‘q-yoy edi. Kamon o‘qining uchi suyak, jez
va temirdan yasalgan. Sak kamoni yengil bo‘lib, uncha katta
bo‘lmagan. Bunday kamondan otdan turib nishonga olib otish
qulay edi. Kamon belda, chap tomondagi kamarga taqiladigan
sadoqda saqlangan. Kamon o‘qi ham shu sadoqda saqlanar edi.
Sadoq jang manzarasi, hayvonlarning nafis tasvirlari tushiril-
gan tilla, kumush qoplama bilan bezatilgan. Uzunligi 2 metr
bo‘lgan yaproqsimon yoki tor yaproqli temir uchli nayza keng
tarqalgan. Kalta uchli, kalta nayzalar bo‘lgan. Kalta, temir das-
tali qilich sopi tilla, kumush bilan bezatilgan. Qilichning sopi
trapetsiya, uchburchak shaklida bo‘lib, hayvon tasviri bo‘lgan.
Qilichning qini ham sadoq kabi jang manzarasi, hayvon tasvir-
lari bilan bezalgan. Sak-skif temir pichog‘i bukri yelkali bo‘lib,
odatda, sopi suyakdan yasalgan. Ot sak uchun minish, urush-
da jangovar yo‘ldosh, doimo yonidagi oziq-ovqat manbayi. Ot
sakning doimiy hamrohi bo‘lgan. Sak oti uncha katta bo‘lma-
gan, qaynoq va o‘ynoqi, chidamli edi. Ot anjomlari temir yoki
jez jilov, egardan iborat bo‘lgan. Otning ko‘kragi qo‘ng‘iroqcha-
lar bilan bezatilgan. Yumshoq egarlarning asosi yog‘ochdan
ishlanib, oltin yoki kumush, yapaloq boshli mixlar bilan beza-
tilgan.
Sak-skiflar daryo vodiylari havzasida chorvachilik va dehqon-
chilik bilan shug‘ullanganlar. Arxeologik qazishmalar natijasida
ko‘plab o‘troq manzilgohlar topilgan. Sak-skiflar chorvachilik
va dehqonchilikdan tashqari, ovchilik bilan ham shug‘ullan-
ganlar. Cho‘l-dashtlardagi parranda-qushlar, hayvonlar asosiy
ov o‘ljalari bo‘lgan.
Har bir sak bolasi ovchi, cho‘pon, jangchi qilib tarbiyalan-
gan, xavf-xatarga to‘la hayot, urug‘-qabilalar o‘rtasida sero‘t
yaylovlar uchun kurash, tabiat ofatlari bilan qurg‘oqchilik,
qahraton qish, ov o‘ljalari bo‘lgan hayvonlarning qirilib keti-
shi urug‘-qabila turmush tarzini belgiladi. Har qanday vaziyat-
ga tayyor turish, sabr-toqat va chidam, og‘ir holatlarda ham
urug‘-qabilani, o‘z hayotini saqlab qolish, tirik qolish zaruriy
ehtiyoj bo‘ldi. Sak-skiflar harbiy san’atni mukammal daraja-
da shakllantiradilar. Ularning kamon, qilich, nayza, temir, jez,
charm sovutlari nihoyatda pishiq va nozik did bilan yasalgan.
Saklarning otliq qo‘shinlari jangda yengilmas, tutqich ber-
195
maydigan harakatchan edi. Sak otliqlari ulkan Ahmoniylar
imperiya sining yaxshi qurollangan qo‘shinlarini yanchib tash-
lagan edi. Saklarning harbiy san’atiga tan bergan Ahmoniylar
ularni harbiy xizmatidan foydalanadilar. Sak-skiflar urug‘-qa-
bilaning har bir a’zosi bo‘lgan erkak-ayol jang san’atini bilishi
lozim deb hisoblaganlar. Har bir sak bolasi 5 yoshidan kamon-
dan o‘q otishni o‘rganib, qushlarni ov qilib, o‘ziga ovqat topishi
shart edi. Otda yurish, otda jang qilish san’atiga bolalikdan
o‘rgatilgan. Har bir sak bolaligidan chavandozlikni o‘rganar,
balog‘at yoshiga yetguncha otda jang qilish san’atini puxta
egallar edi. Kuch sinash bellashuvlari muntazam o‘tkazilgan.
Kamondan uzoq masofaga bexato nishonga urish, yugurib ke-
tayotgan otda kamondan otish ko‘nikmasi bolaga yoshligidan
singdirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |