Tayyorladi: Joʻraboyev Rustam Tekshirdi: _______________________ Reja: - Resurslar tushunchasi va tarkibi
- Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi
- Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni umumiy ovqatlanish korxonalari samaradorligini oshirishdagi ahamiyati
Resurslar tushunchasi va tarkibi - Resurs – franso‘zcha «ressources» so‘zidan kelib chiqib, vosita, zaxira, imkoniyat, biror-bir narsani, boyliklarni manbaasi mazmunini bildiradi.
- Jamiyatda resurslar har xil turlarga bo‘linadi.
- Iqtisodiyot nazariyasida resurslarga tegishli ishlab chiqarish vositalari (mehnat qurollari va mehnat predmetlari); ishlab chiqarish kuchlari (ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi); kapital (moliyaviy kapital, asosiy kapital, aylanma kapital) kabi tushunchalar ishlatiladi.
- Umuman resurslar tushunchasiga kelsak – ular jamiyat zaruriyati uchun moddiy va ma’naviy ne’matlar (boylik)ni ishlab chiqarishga jalb qilishi mumkin bo‘lgan tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qudratlarni majmuasi bo‘lib, ular jamiyat bilan tabiatni o‘zaro aloqasi orqali insoniyat jamiyatini taraqqiyot darajasini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish omillar - Birinchi omil – inson omili, uning mehnati;
- Ikkinchisi omil – mehnat vositalari, ya’ni kapital;
- Uchinchisi omil - tabiiy resurslar, yer;
- Turtinchi omil - tadbirkorlik.
- Beshinchi omil – axborotlar
Umumiy ovqatlanish korxonalarining resurslari Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi - Umumiy ovqatlanish (boshqa tarmoq va sohalarga ham tegishli) korxona (shahobcha)larini asosiy fondi – bu ularni xo‘jalik faoliyatini yuritishda bevosita va bilvosita ishtirok etadigan, bir yildan kam bo‘lmagan muddatda xizmat qiladigan, mehnat qurollari qiymatining puldagi ifodasidir.
- Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, asosiy fondlar – bu iqtisodiy kategoriyadir va xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllanish jarayonida ishtirok etadi.
- Ular umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatida ishlatiladigan mehnat qurollarining qiymatidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish shakllariga bo‘linadi.
- Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlarga umumiy ovqatlanish korxonalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarni ishlab chiqarish, oldi-sotdi jarayonini va umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga oshirishda qatnashadigan mehnat qurollari kiradi.
- Shunday qilib, asosiy fondlar – umumiy ovqatlanish jarayonida uzoq muddat, ko‘p marotabalab ishtirok etadigan, o‘z qiymatini tovarlarga qisman o‘tkazib turadigan mehnat qurollarini qiymatining puldagi ifodasidir.
Asosiy fondlar baholanishi - Boshlang‘ich qiymati – asosiy fondni sotib olish qiymati, uni tashish, urnatish, montaj, ishlatish uchun ishchilarni ukitish harajati, boj harajatlar va QQS (kushimcha qiymat soligi) yig‘indisi.
- Tiklash qiymati – boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobi bilan va kengaytirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun ketgan harajatlar yig‘indisi.
- Qoldik qiymati – boshlang‘ich qiymatidan amortizatsiya jamgarmasini ajratib tashlangandan qolgan qismi.
Moliyaviy resurslar moxiyati va ularni umumiy ovqatlanish korxonalari samaradorligini oshirishdagi ahamiyati - Moliyaviy resurslar korxona xo‘jalik mexanizmida insonning qon tomirlari tizimi kabi, faol xizmat qiladi. Iqtisodiyotning kaysi jabxasini tahlil qilmang, moliya masalalariga duch kelamiz.
- Moliya – bu pul tizimi bo‘lib, nakd pullar, pulga aylanishi mumkin bo‘lgan chet el valyutalari, banklardagi nakd pulsiz mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar majmuasidir.
- Davlat, korxona, uy xujaligi (oila xujaligi) o‘rtasidagi pul aloqalari moliyaviy munosabatlarni tashkil qiladi. Lekin, moliya bu pulni o‘zi emas, u pul orqali faoliyat natijalarini, daromad va foydani taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq aloqalardir.
O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy tizimi - davlat moliyasi. Bunga davlat byudjeti, maxalliy byudjet, Qorakalpog‘iston Respublikasi byudjeti, kredit tizimi, soliq xizmati, davlat sug‘o‘rtalash tizimi, nafaka jamgarmasi;
- xo‘jalik sub’ektlari moliyasi – korxonalar, tijorat banklari, birja tizimi, tijorat kreditlash va sug‘o‘rtalash tizimi;
- jismoniy shaxslar moliyasi, ya’ni axolining shaxsiy mablag‘lari.
Moliyaning funksiyalari
- takror ishlab chiqarish – kapitalni takror aylanishini ta’minlash, moddiy va pul resurslarini muvofiqligini ta’minlash;
- tezkor (operatv) – savdo korxonalarini pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, ta’minlash, ishlatilishini tartibga solish;
- taqsimot – pul mablag‘larini maqsadli yunaltirish, taqsimlash;
- nazorat – pul mablag‘larini shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini norma, normativlar, qonun-koidalarga mos kelishini tuxtovsiz tekshirib borish.
Eʼtiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |