paydo bo‘lishidan dalolat beradi. Daryo vodiylarida savdo-hu-
XX asrning 80-yillarida Afg‘onistondagi mil.avv. II asrlarda
baho metallardan yasalgan 20 ming buyumlar topilgan. To-
turli xil badiiy uslubdagi an’analar ruhida yasalgan. Sherda
206
Buyumlarda mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholining
an’analari, dunyoqarashlarini ijodkor ruhi yuqori darajada aks
etadi. O‘rta Osiyoda shu davrlarga oid san’at asarlari topilma-
lari Afg’onistondagi topilmalar bilan ishlanish uslubi aynan bir
xil. Bu O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hududlarida qadimgi davrda
bir-biri bilan qon-qarindosh bo‘lgan madaniyat vakillari hayot
kechirganidan dalolat beradi.
Bu vaqtda Shimoliy Baqtriyaning eng muhim markazi Ter-
miz (janubiy O‘zbekiston) bo‘lib, uning atrofidagi Qoratepa,
Fayoztepada ibodatxonalar va monastrlariga ega bo‘lgan
budda markazlari ochilgan. Kushon davlat hokimiyati sav-
do-hunarmandchilik, dehqonchilikka homiylik qilgan. Shi-
moliy Baqtriyada sug‘orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan.
Katta qishloqlarda ko‘p xonali uylarda katta oilalar yasha-
gan. Qo‘rg‘on qishloqlar shahar ko‘rinishida to‘g‘ri burchakli
kvadrat shaklida qurilgan bo‘lib, ularda vino, don mahsulot-
lari saqlanadigan katta omborlar qazib ochilgan. Dalvarzin,
Dilberjin kushon shaharlarida shahar zodagonlarining kat-
ta-katta uylari, xo‘jalik binolari bilan bunyod qilingan. Davlat
hokimiyati zodagonlarga katta yer mulklarini hadya qilgan.
Katta yer egalarining siyosiy mavqelari kuchli bo‘lgan. Ma’lu-
motlarga ko‘ra, kushon jamiyati zodagonlar, hunarmand-
sav dogar, jamoachi dehqonlar, ruhoniy-kohinlar, chorvador-
lar, qaram kishilardan tashkil topgan. Ichki va tashqi savdo
rivoj langan. Kushonlar Xitoy, Rim, Parfiya bilan savdo qilgan-
lar. Savdo yo‘llari ko‘p tarmoqli bo‘lib, quruqlikdagi sav do Hi-
rot orqali Parfiyaga, janubda Sakiston, boshqasi tog‘ dovon-
lari bilan Kapisa-Baqramga, undan Qobul va Ganharaga
yo‘nalgan dengiz yo‘li Hindiston portlari orqali Qizil dengizga,
Misrga va Rimning sharqiy viloyatlariga chiqqan. Baqtriya-
da Xitoyga mahsulotlar chiqarilgan. Qadimgi mualliflar ning
ma’lumotlariga ko‘ra, Rim viloyatlaridan Hindistonga 55 mln
sestersiylik mahsulot chiqarilgan. Kushon davlati ichki va
tashqi savdo uchun turli qiymatdagi tanga pullarni zarb qil-
gan. Yunon – Baqtriya hukmdorlarining tangalari portret
san’atining noyob namunalari hisoblanadi.
Af’g‘onistonning barcha shahar va qishloqlaridan ko‘p son-
li loy haykalchalar topilgan. Ko‘pincha uzun kiyimdagi ma’bu-
daning qo‘lida diniy e’tiqod buyumi – ko‘za yoki meva bilan
haykalchasi ko‘proq uchraydi. Bu hosildorlik homiysi va uy
o‘chog‘i saqlovchisi ramzi hisoblanib, bunday haykalchalar har