Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент ирригация ва мелиорация институти
Ў. Умурзоқов, А. Тошбоев А., А. Тошбоев
ФЕРМЕР ХЎЖАЛИГИ ИªТИСОДИЁТИ
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишлари ва коллеж талабалари ҳамда бизнес мактаблари тингловчилари ва фермерлар учун ўқув қўлланма сифатида тавсия этилган
Тошкент "IQTISOD-MOLIYA" 2007
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚИШЛОҚ ВА СУВ ХЎЖАЛИГИ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ ИРРИГАЦИЯ ВА МЕЛИОРАЦИЯ ИНСТИТУТИ
Ў. Умурзоқов А. Тошбоев А. Тошбоев
ФЕРМЕР ХЎЖАЛИГИ ИªТИСОДИЁТИ
Тошкент ирригация ва мелиорация институти
“IQTISOD-MOLIYA” 2007
O‘quv qo‘llanmada fermer xo‘jaligida erkin ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantirishning nazariy, huquqiy va iqtisodiy asoslari yoritilgan bo‘lib, qo‘llanma Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga to‘la mos keladi. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishda amalga oshirilayotgan tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy islohotlar, avvalo Respublika Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmonlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida yozilgan. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minoti, mehnat resurslari, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi, ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, mahsulot yetishtirishning ilg‘or texnologiyasi, bozor subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlari va kelgusidagi istiqbollari ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5340100 - “Iqtisodiyot” (qishloq xo‘jaligi; suv xo‘jaligi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tayyorlangan, shuningdek 600000 - “Qishloq va suv xo‘jaligi” bilim sohasi tarkibiga kiruvchi barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun ham qo‘shimcha adabiyot sifatida tavsiya etiladi.
Масул муҳаррир: и.ф.д. Муродов Ч. М.
Тақризчилар: и.ф.д. Фармонов Т. Х.
и.ф.н. доцент Файзуллаева Т. Р.
Ў. Умурзоқов, А. Тошбоев, А. Тошбоев
«Фермер хўжалиги иқтисодиёти» (ўқув қўлланма). Т.:ТИМИ, 2006 й. 222 бет
Fermerlar – agrar islohot tizimining birinchi qaldirg‘ochlari. Ularning qanotini sindirmaylik. Ularni asrash, avaylash, parvarish qilish kerak. Fermerlarimizga ko‘rsatilgan bir yaxshilikka ming yaxshilik bilan javob qaytishiga imonim komil.
И.Каримов
КИРИШ
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan agrar sohani rivojlantirishda qator iqtisodiy islohotlar olib borildi. Qishloq xo‘jaligida mulkchilikka asoslangan erkin tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar shakllandi. Agrar sohadagi xo‘jalik yuritishning bu turli shakllari kooperativ(shirkat), fermer, dehqon xo‘jaliklari bo‘lib, respublika qonunchilik organlari tomonidan ularning huquqiy asoslari yaratilib, xalq muhokamasidan so‘ng qonuniy asos sifatida amaliyotda o‘z ijobiy natijalarini bermoqda.
Muhtaram Prezidentimiz I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan davlatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi dasturlarining asosi bo‘lgan bozor va bozor munosabatlari asosida har bir tarmoqni rivojlantirish orqali yuqori samarali natijalarga erishish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, agrar tarmoqni rivojlantirishda bu dasturning bajarilishi o‘z samarasini berib kelmoqda. Avvalo, dehqonning ishlab chiqarishga va mulkka egalik hissining ortishi, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi, daromad olishi, uni o‘z imkoniyatlarida erkin taqsimlashi hamda tasarruf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari boshqa subyektlarga nisbatan, amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy hamda iqtisodiy ustunliklarini ko‘rsatdi. Bu esa bozor munosabatlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uning samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi istiqbolli xalq xo‘jalik yo‘nalishiga mos kelishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226-sonli Farmoni qabul qilinib, unda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib belgilandi. Farmonni amliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktabrdagi PF-3342-sonli «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktabrdagi 476-sonli «2004-2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasinini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli «2005-2007 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyati
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qishloqda bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish asosiy masala qilib belgilandi.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqilib va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risida istiqbolli yo‘nalishlar ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, unga huquqiy asos yaratish, tayyorlov, ta’minot va servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Sir emaski, ayrim tayyorlov, ta’minot va servis xizmatlari korxonalari oldiga qo‘ygan vazifalarni yetarli darajada bajara olmay kelmoqda. Endilikda ushbu infratuzilmalarni rivojlantirish orqali fermer xo‘jaliklari faoliyatini yaxshilash asosiy vazifamiz bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi agrar sohasida 2005 yilda 3646 ming gektar ekin maydoniga dehqonchilik qilingan bo‘lsa, unda fermerlar hissasi 2139,7 ming gektarni yoki 58,7 % ni tashkil etdi. Fermer xo‘jaliklarining salmog‘i ortib borayotganligi bois, ularning iqtisodchi kadrlarini o‘qitish va malakasini muntazam oshirib borishda ushbu o‘quv qo‘llanma samarali xizmat qiladi. Ma’lumki, fermer xo‘jaliklari tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan shartnoma munosabatlari, yerdan foydalanish va ekinlarni joylashtirish, suv va melioratsiya ishlari, mol-mulk, mehnat resurslaridan foydalanish, xo‘jalikni boshqarishda marketing va menejment, xo‘jalikning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish, investitsiyalash, ta’minot va servis xizmatlari, infratuzilma, investitsiya, mahsulot yetishtirish va uni sotish mexanizmlari, kooperatsiyalashuv jarayonlarini tashkil etish, fermer daromadini ko‘paytirish hisobiga ish o‘rindarini ochish, yangi zamonaviy texnologiyalar kiritish hamda dehqonchilikda ilg‘or agrotexnologiyalardan foydalanishda yetarli bilimga ega bo‘lish orqali xo‘jalikni barqaror rivojlantirish mumkin.
Ushbu o‘quv qo‘llanma orqali aynan fermer xo‘jaligini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar iqtisodiyotini hamda istiqbolli ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |