Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Xotiraning neyrofiziologik va bioximik nazariyalari



Download 1,52 Mb.
bet11/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Xotiraning neyrofiziologik va bioximik nazariyalari. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganish bo`yicha uchta nazariya mavjuddir. Bular psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalardir.

Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jixatdan eng eski nazariya bo`lib, u fanda ko`p va turli – tuman nazariyalarning olg`a surilganligi bilan mashxurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol o`ynashligi va bunda faollikning moxiyatiga qanday yondoshuv zarurligi bilan baxolash mumkin.

Nazariyaning birinchi guruxi assoo`iativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko`ra, muayyan psixik xosilalar ongda bir vaqtning o`zida yoki bevosita birin-ketin paydo bo`lsa, u xolda xosilalar o`rtasida assoo`iativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bo`lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assoo`iao`iyalar uch turli bo`ladi: o`xshashlik, yondoshlik va qarama – qarshilik assoo`iao`iyalari.



Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari xaqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog`liqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari xaqida» gi ta’limotining eng muxim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko`ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada xosil bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog`lanishlar qanchalik mustaxkam bo`lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo`ladi. Ana shu muvaqqat bog`lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so`nib, yo`q bo`lib ketishi esa unitishga sabab bo`ladi.

Bioximik nazariya. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o`rganishning neyrofiziologik usuli bioximik Tadqiqotlar darajasiga tobora yaqnlashib va qo’shilib ketmoqda. Bu usul ushbu fanlarning o`zaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko`plab tadqiqotlarda o`z tasdig’ini topdi.

Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat.

Birinchi bosqichda (ko`zgovchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga qaytuvchi fiziologik o`zgarishlarni keltirib chiqaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi.

Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni qisqa muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi deb xisoblaydilar. Xujayralarda qaytarilmaydigan o`zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi xisoblanadi.

Bu nazariya tarafdorlari tashkqi qo`zgovchilar ta’siri ostida nerv xujayralarida ro`y beradigan o`ziga xos ximiyaviy o`zgarishlarning izlarini mustaxkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish