Asosiy adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent, 2010
2. Ivanov F.I, Zufarova M.E Umumiy psixologiya.T.,2018
3. David G. Myers Psychology, USA , 2010
4. Nemov.R.S.Psixologiya. Kniga1, 2,3. Vlados.: 2000
5. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010
6. A.SHamshetova, R.N.Melibaeva, X.Usmanova, I.Haydarov. Umumiy psixologiya. T. 2018
2-mavzu: Xotira
Reja:
Xotiradagi individual farqlar.
Yoshga bog‘liq sifatlari.
Xotiraning neyrofiziologik va bioximik nazariyalari.
Xotirani mustahkamlash qonuniyatlari.
Assotsiatsiya va uning turlari.
Xotira murakkab psixik jarayon ekanligi, xorij psixologiyasida xotira borasidagi psixologik fikrlari.
Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zg’atuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takroriayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stiog’ida rnuvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomii saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.PavIovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari -deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tnman harakat taassurot bo’lmasa harflar, so 'zlar va fikrlar o 'rtasida paydo bo'ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlami psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar".
Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida, assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi, o’xshashlik assosiasiyasi va qarama-qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |