Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Xayol jarayonlarinng nerv-fiziologik asoslari



Download 1,52 Mb.
bet13/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

2. Xayol jarayonlarinng nerv-fiziologik asoslari

Xayol qilish jarayoni juda ham murakkab aks ettirish jarayoni bo’lishiga qaramay, uning asosida yotgan fiziologik mexanizmlarni akademik. I.P. Pavlovning oliy nerv-faoliyati haqidagi ta'limoti asosida ma’lum darajada tushuntirib o’tish mumkin, Xayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po’stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo’shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim shariarida ilgari hosil qilingan vaqtli aioqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo’shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po’stida inson o’z shaxsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo’ladi. Bu obrazlarning ko’pi voqelikka mutlaqo to’g’ri kelmaydi va natijada tormozlanib qoladilar, Boshqa birlari esa voqelikka to’g’ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadiiar.

Xayol qilish jarayoni hamisha nutq orqali amalga oshirilishi tufayli nutqning nerv-fizloiogik asosida ikkinchi signallar tizimining faoliyati ham faol qatnashadi. Bundan tashqari xayol qilish jarayonida diqqat, xotira, tafakkur va iroda jarayonlari ham ishtirok qiladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda xayolning (xususan ijodiy xayolning) nerv fiziologik mexanizmlami to’la tushuntirib berish uchun yetarli ilmiy ma’lumotlar yo’q. Hozirgi kunda fan va texnikaning juda tez temp bilan rivojlanishi ijodiy xayol jarayonining oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, kosmik fazoni zabt etish, insonning oyga chiqishi, murakkab aqlli mashinalarning yaratilishi va shu kabilar inson tafakkuri hamda ijodiy xayolning yuksak taraqqiyoti natijasida qo’lga kiritilmoqda.

Odamning uyg’oq paytida yuzaga keladigan xayol jarayoni ma'lum darajada tartibot va ixtiyoriy xarakterga ega bo’ladi. Shuning uchun odarn o’zining xayol qilish jarayonini oldidagi maqsad va vazifalarga bo’ysindira oladi. Odam o’zining bilimlari, tushunchalariga asoslangan holda xayoliy obrazlarning paydo bo’lishini idora qila oladi,

Bosh miya katta yarim sharlarining barcha tomonlari tormozlanib, odam uxlagan paytida ham xayol tush ko’rish shaklida yuzaga keladi. Odatda odam uxlay boshlagan paytida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nerv hujayralari hammadan oldin tormozlanadi. Uyqu bilan bog’liq bo’lgan tormozlanish jarayoni miyaning hamma joyiga baravar ravishda tarqalmaydi. Natijada ayrim joylar tormozlanmasdan holadi va kutilmagan darajada ajoyib munosabatlarga kirisha boshlaydi. Ana shuning uchun tush ko’rish ikkinchi signallar tizimining nazoratisiz juda betartib, pala-partish ravishda yuzaga keladigan assosiastyalardan iborat bo’ladi.

3.Xayol turlari, tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol, orzu, tush ko’rish va shirin xayol.


Xayol yaratgan obrazlarining mazmuni jixatdan tasavvur xayol va ijodiy xayolga bo`linadi.

Tasavvur xayol deb xozir yoki utmishda bo`lgan bo`lsada, lekin xali bizning tajribamizda uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va xodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi.

O`quvchilar bilimilarni o`zlashtirishda tasavvur xayol obrazlaridan keng foydalanadilar. CHunki o`qituvchining tarix, geografiya, adabiyot materiallarini gapirib, tasvirlab berishi asosida o`quvchilar u narsalarning obrazlarini ko`z oldilariga keltiradilar va o`zlashtiradilar.

Ijodiy xayol deb bizning tajribamizda bo`lmagan va vokelikning o`zida ham uchramagan narsa va xodisalar xaqida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi. Ijodiy xayol tufayli san’at, adabiyot, texnika soxalarida yangiliklar yaratiladi. CHunki ijodiy xayol obrazlari tamoman yangi, original obrazlar bo`ladi.

Ijodiy xayolning o`ziga xos xususiyati shundaki, avvalo yaratilayotgan obraz xaqiqatda yuk, biron yangi obraz bo`ladi. Sungra jamiyatning yoki shu kishining extiyojlari shu obrazning yaratilishiga kishini ragbatlantiradi. Ijodiy xayol so`zlarda va moddiy narsalarda gavdalantiriladi. Orzu va shirin xayol surishlar ijodiy xayolning aloxida turlaridir.

Orzu ijodiy xayolning kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Demak, u orqali istiqbol obrazlari yaratiladi.

Xayol o`zining paydo bo`lishiga ko`ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo`ladi.

Ixtiyorsiz xayolda oldindan belgilangan maqsad bo`lmaydi, unda iroda faol ishtirok etmaydi, obrazlar o`z-o`zidan paydo bo`ladi.

Ixtiyorsiz xayol avvalo shu paytda kondirilmagan extiyoj tufayli xosil bo`ladi. Masalan, kishi cho`lu-biyobonda ketayotib qattiq chanqasa, uning ko`z oldiga vodaprovod, buloq, ariq suvlarining obrazi kelaveradi.

SHirin xayol surish va orzu ham ixtiyorsiz vujudga keladi. Kechasi uxlab yotgandagi tush ko`rish tufayli xilma-xil obrazlarning ko`z oldimizga kelishi ham ixtiyorsiz xayol materiallaridir.

Ixtiyoriy xayol surishda kishi oldiga qo`ygan maqsadi asosida xayol surib, ataylab obrazlar yaratadi. Masalan, yozuvchining yangi asar yaratishida surgan xayollari ixtiyoriy xayoldir. Umuman olganda, san’at asarlarining barchasi ixtiyoriy xayol natijasidir.

Ixtiyoriy xayol birovlarning turtkisi, topshirig’i bilan ham vujudga kelishi mumkin.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish