Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun



Download 1,52 Mb.
bet16/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Giperbolizasiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish, shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, Lilliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.

Tizimlashtirish - o’xshatish orqali ayrim tasavvurlani ular orasidagi farqlarni silliqlash; Tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish. Masalan.: A.Qahhor hikoyalari ("O’g’ri", "Bemor") A.Qodiriy ("O’tgan kunlar") romani kabilar.

Aksentlashtirish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aksentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi.

Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigaa obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.


Xayol sifatlari, xayolning kengligi va torligi, xayolning chuqurligi va realligi, xayolning mazmundorligi va kuchi, fantaziya.

Xayol tasavvurlari xotira tasavvurlariga asoslangan xoldagina paydo bo`ladi. Masalan, biz shu erda suvlar, muzlar, sovuqlarni ko`rmaganimizda, ular xaqida tasavvurga ega bo`lmaganimizda edi, shimoliy muz okeanini ham ko`z oldimizga keltira olmagan bo`lar edik.

Lekin xayol tasavvurlari xotira tasavvurlarining ko`z oldimizda gavdalanishidangina iborat emas, balki xotira tasavvurlari qayta ishlanib, mutlaqo yangi tasavvurlar vujudga keladi.

Xayolning sintez qiluvchi faoliyatining oddiy shakli agglyutinasiyadir. Agglyutinasiya ayrim elementlarni yoki bir necha buyumlarning kismlarini bitta obraz qilib qo`shish va shularning kombinasiyasidir.

Xotira tasavvurlarini qayta ishlab xayol obrazlari yaratishda narsalarni kattalashtirish yoki kichraytirish jarayonlari vujudga keladi. Masalan, ertaqlarda ayrim kishilar xayol obrazlari tufayli buyi terakday, korni buchkaday, beliga kirk gaz arqon etmaydigan qilib tasvirlanadi.

Xayol natijasida buyumning faqat bir qismini kattalashtirish yoki kichraytirish ako`entirovka deb aytiladi. Bu ko`proq karikatura asarlarida uchraydi.

Tip – individual obrazdir, ammo bu obrazda butun bir gurux, sinf, millat kishilarining eng xarakterli belgilari birga qo`shilib yaxlit aks ettiriladi.

Xayolning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, u uzoq-uzoqlarga parvoz qila oladi. Xayol obrazlari orqali biz uzoq o`tmishga nazar tashlab, tarixiy voqealarni, tarixiy shaxslarni ko`z oldimizga keltirishimiz yoki kelajakka nazar tashlab, o`z baxtli kelajagimizning obrazlari va ideallarini yaratishimiz mumkin.

Bu jarayonlarning hammasi nutqimiz va tafakkurimiz bilan birga bo`ladi. SHuning uchun xayol jarayonlarida nutq va tafakkur katta rol o`ynaydi.

Xayol obrazlarining vujudga kelishi – bu inson miyasi faoliyatining natijasidir. Xayol va boshqa barcha psixik jarayonlar katta yarim sharlar po`stining faoliyatidir.

Xayol kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jixatdan kishilarda farq qiladi. Xayolning kengligi vokelikning kishilar xayol faoliyati uchun ob’ekt bo`ladigan soxalari doirasi bilan belgilanadi. Alisher Navoiy, Hamza Xakimzodaning xayoli ana shunday keng xayolga misoldir. Masalan, Hamza adabiyotning turli soxalarida unumli ijod qila olgan. Cho`pon xayoti, paxtakorlar, bog`bonlar, ishchilar xayotidan asarlar yozadigan yozuvchilarni ham keng xayolli deb aytishimiz mumkin.

Xayolning mazmundorligi biror ob’ektga nisbatan xayolda tugilayotgan tasavvurlarning boyligi, xilma-xilligi va ma’nodorligi bilan belgilanadi. Xayolning kengligi ko`pincha mazmundorlik bilan bog`liq bo`lib, keng xayol mazmundor ham bo`ladi.

Xayol kuchli va kuchsiz bo`ladi. Uning kuchi idrok obrazlariga kanchalik yakin turishiga karab belgilanadi.

Xayol kuchi xissiyotga bog`liq bo`ladi. Kishining xissiyoti kanchalik kuchli, extirosli bo`lsa, xayol obrazlari ham shunchalik kuchli, yorqin va jonli bo`ladi.

Xayol obrazlari kishining umumiy xolatiga ham bog`liq. Kishi kasal vaqtida xayol obrazlari kuchliroq, jonliroq bo`ladi. Natijada gallyutsinatsiya yuz beradi. Gallyutsinatsiya aslida kuchli xayol obrazlaridir.

Voqelikni to`g`ri aks ettiradigan xayol real xayoldir, noto`g`ri aks ettiradigan xayol xom xayoldir.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish