Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet7/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Infuzum — bosh kelishik birlik sonda.
Infuzi — qaratqich kelishik ko‘plik sonda.
Decoctum — bosh kelishik birlik sonda.
Decocti — qaratqich kelishik ko‘plik sonda.
Damlama va qaynatmalar o‘simlik xomashyosining suvdagi ajratmalari hisoblanadi. Ular ichish uchun mo‘ljallangan. Damlama- lar o‘simliklarning yumshoq qismlaridan: guli, bargidan tayyorlanadi. Qaynatma tayyorlash uchun o‘simlikning dag‘alroq qismlari: ildizi, po‘stlog‘i, ildiz poyasi ishlatiladi. Damlama va qaynatmalar tez bu- ziladi. Shuning uchun ular 3—4 kun davomida ishlatilishi kerak.
Davlat farmokopeyasi talablariga muvofiq, maydalangan o‘simlik materiali sirli yoki chinni idishga (infundirkaga) joylanadi, usti- dan xona haroratidagi suv quyiladi, qopqog‘i yopiladi, so‘ng qay- nab turgan suv hammomiga qo‘yib, tez-tez aralashtirilib turiladi. Qaynatmalar 30 daqiqa davomida, damlamalar esa, 15 daqiqa davomida damlanadi. So‘ngra infundirka suv hammomidan oli- nadi va qaynatmalar issiq holicha, damlamalar 45 daqiqa davo- mida sovitilgandan keyin suzg‘ichdan o‘tkazib suziladi, o‘simlik materialining qoldig‘i siqib olinadi.
Tarkibida kuchli moddalar tutadigan xomashyodan (angish- vonagul barglari — digitalis, ipekakuana ildizi, termopsis o‘tidan) tayyorlanadigan damlamalar, odatda, 1:300 nisbatda beriladi. Qorakosov o‘ti, valeriana ildizpoyasi, adonis o‘ti, istod ildizidan qaynatma va damlamalar 1:30 konsentratsiyalarda tayyorlanadi.
Retseptda o‘simlik xomashyosining miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qaynatmalarga 10 og‘irlik qism o‘simlik xomashyosi, 100 hajmiy qism damlama yoki qaynatma olinadi. Damlamalar va qaynatmalar rangli, xushbo‘y hidli suyuqlik bo‘ladi, ularni ishla- tishdan oldin chayqatish kerak, tez parchalangani uchun salqin joyda saqlanadi. Ichishga ishlatiladigan damlama va qaynatmalar qoshiqlarda dozalanadi. Sirtga chayish, sprinsovka — purkagich yordamida purkash va qaynatmalar 150—200 ml miqdorida yozib beriladi.
Damlamalar va qaynatmalarga yozilayotgan retseptlarda dori shaklining nomi, o‘simlik, uning dori tayyorlanadigan qismi nomi, miqdori va damlama hamda qaynatmaning umumiy miqdori ko‘rsatiladi.
Misol: Rp.: Infusum herbae Adonidiz vernaliz 6,0—180 ml D.t.d. Kuniga bir osh qoshiqda 1 marta.
Rp.: Decocti corticis Guercus 20,0—200 ml D.t.d. Og‘izni chayish uchun.
Rp.: Infusi folii Digitalis 0,6—180 ml
D.S. Bir osh qoshiqdan 3 marta ichish uchun.

      1. Nastoyka va ekstraktlar

Tinctura — bosh kelishik birlik sonda.
Tincturae — qaratqich kelishik ko‘plik sonda.
Nastoyka va ekstraktlar galen dorilar, fitodorilar tarkibiga ki- radi. Nastoykalar biroz bo‘yalgan suyuqliklar bo‘lib, tayyorlan- gan o‘simlik hidiga ega bo‘ladi. O‘simlik xomashyosidan dori mod­dalari ajratib olish yo‘li bilan ekstraksiya hosil qilinadi. Eks­traktlar — spirtli, spirt-suvli yoki spirt-efirli ajratmalar.
Nastoykalar hajmi og‘irlik nisbatda tayyorlanadi, bunda xomashyo og‘irlik qismlari ekstraksiya qiladigan suyuqlik hajmiga qarab olinadi, kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan o‘simlik hajmlaridan olinadigan nastoykalar 1:5 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni bir qism xomashyosiga besh hajmiy qism ekstraksiya qiluvchi suyuqlik olinadi. Kuchli ta’sirga ega bo‘lgan zaharli o‘simliklardan nastoykalar 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Nastoykalar 5—10 nisbatda yozib beriladi. Ular ichish uchun tomchilarda buyuriladi. Ofitsional moddalar turiga kirgani uchun, nastoykalarga retsept yozib berish uchun dori shakli va o‘simlik nomi, nastoykaning hajmi millilitrlarda ko‘rsatiladi.
Misol: Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml
D.S. 20 tomchidan kuniga 3 marta.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish