Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet8/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Ekstraktlar dori moddasini o‘simlik xomashyosining suv, spirt yoki efir yordamida ajratib olib, keyin erituvchini bug‘- lantirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Ekstraktlar 1:1 yoki 1:2 kon- sentratsiyada tayyorlanadi. Nastoykalarga nisbatan ekstraktlarda modda miqdori yuqori konsentratsiyada tayyorlanadi. Ekstraktlar suyuq (Extract fluida), quyuq (Extaract spissa), quruq (Extracti sicca) bo‘ladi. Ekstraktni yozib berishda retsept dori shaklining nomidan boshlanib, keyin o‘simlikning nomi, miqdori, uni ishlatish usuli yoziladi.
Misol: Rp.: Extract Frangulae fluidi 30 ml
D.S. 20 tomchidan uxlashdan oldin.
Novogalen moddalar dorivor o‘simliklar xomashyosidan oli- nib, kerak bo‘lmagan moddalardan imkoni boricha tozalangan ajratmalardir. Ularda o‘simlikdagi ta’sir qiluvchi moddalar yig‘indisi bo‘ladi. Novogalen moddalar ichish uchungina emas, parenteral yo‘l bilan yuborish uchun ham ishlatiladi. Bu moddalar ofitsional bo‘lib, kimyo-farmatsevtika zavodlarida tayyorlanadi. Ichish uchun flakonlarda, inyeksiya qilish uchun ampulalarda chiqariladi. Novo­galen moddalar terapevtik jihatdan juda faol va saqlashga chidamli bo‘ladi. Ularni yozib berishda qisqartirilgan usul ishlatiladi, mod- daning nomi va uning miqdori ko‘rsatiladi.
Misol: Rp.: Lantosidi 15 ml
D.S. 15 tomchidan kuniga 2 marta.
Rp.: Digalen — neo 1 ml D.t.d. N 10 in amp.
S. Kuniga 1 marta 1 ml teri ostiga yuborilsin.

    1. Inyeksiyalar uchun ishlatiladigan dori shakllari

Dori moddalarini bevosita to‘qima, organizmning bo‘shiq- lariga yoki suyuq muhitiga shpris yoki ignasimon inyektor yordamida yuborishni inyeksiya deyiladi. Inyeksiya uchun ishlatiladigan dorilar eritma, suspenziya, kukunlar shaklida ishlab chiqariladi. Inyeksiya uchun dorilar, asbob-uskunalar, idishlar alohida sterillanadi.
Inyeksiya uchun ishlatiladigan suyuq dori shakllarini tayyor- lashda erituvchi sifatida inyeksiya uchun ishlatiladigan suvlar (Aquae proinjectiobus), bodom moyi (Oleum Amugdalarum)dan foy- dalaniladi. Agar organizmga inyeksion eritma ko‘p miqdorda yuborilgan bo‘lsa, erituvchilar sifatida osh tuzi fiziologik eritmasi (Sol natrii chloridi isotonicae 0,9 %) ishlatiladi. Inyeksiyaga ish­latiladigan ofitsional dori shakllari sanoatda ampula yoki flakon- larda ishlab chiqariladi. Ampulalarda eritma nomi, uning kon- sentratsiyasi va miqdori millilitrlarda ko‘rsatiladi. Eritmalar ampu- lalarda 1,2,5,10,20,100 va 200 ml.da ishlab chiqariladi. Eritmalarni ampulalarda yozib berishda retseptning qisqartirilgan turi qo‘lla- niladi. Retseptda ampulalar soni ko‘rsatiladi.
Misol: Rp.: Sol Novocaini 0,5 % — 5 ml D.t.d. N10 in amp.
S. Inyeksiya uchun.
Rp.: Novocaini 0,5
Sol Natrii chloridi isotonical 25 ml Sterilisetur!
D.S. Mahalliy anesteziya uchun.
Inyeksiya uchun kukunlar, suspenziyalar hamda organik mod- dalar ishlatish mumkin.
Misol: Rp.: Pitu ituni 1 ml (5 TB)
D.t.d. N 5 in amp.
S. Teri ostiga 1 ml.dan kuniga 1 marta.
Rp.: Thiophosphamidi 0,01 D.t.d. N 10 in amp.
S. Ampulalardagi dorini 4 ml inyeksiya uchun ishlatiladigan sterillangan suvda eritib, kuniga 1 marta mushaklar orasiga yuborilsin.
Rp.: Susp Cortizoni acetatis 2,5 % — 5 ml D.t.d. N 10 in amp.
S. Kuniga 1 marta mushaklar orasiga yuborilsin.
Rp.: Benzilpenicillini Natrii 500 000 TB D.t.d. N 12
S. Flakondagi miqdorni 0,5 % — 5 ml Novokain eritmasida eritib 500000 TB muskul orasiga har 6 soatda yuborilsin.
Rp.: Insulini 5ml (1ml—40 TB)
D.t.d. N 6
S.Teri ostiga 20 TB
Kuniga 2 marta yuborilsin.
Rp.: Heparini 5 ml D.t.d. N 3
S. 5 000 ED 1 ml.dan venaga asta-sekin yuborilsin.
Flakondagi dori moddalari bir necha bor ishlatilishi mum- kin, shuning uchun flakonni aseptik sharoitda ochish va yana qaytadan berkitib qo‘yish mumkin. Inyeksiya uchun ishlatila- digan noofitsional suyuq dori shakllari dorixonada tayyorlanadi. Bunday eritmalarga retsept qisqartirilgan va kengaytirilgan tur- larda yoziladi. Eritma bir necha ingridiyentlardan iborat bo‘lsa yoki erituvchi sifatida osh tuzi yoki glukozaning izotonik eritmasi ishlatilsa, retsept kengaytirilgan holda yozib beriladi. Retseptda dorini sterillash zarurligi ko‘rsatiladi.
Misol: Retseptni qisqartirilgan shaklda yozish Rp.: So. Natrii chloridi
isotonici 0,9 %—500 ml Sterilisetur!
D.S. Teri ostiga tomchilab yuborilsin.
Rp.: Novocaini 0,5
Sol Natrii chloridi isotonical 0,9 % — 200 ml M. Sterilisetur
D.S. O‘tkazgich anesteziya uchun.
Ampulali moddalar afzalroq bo‘ladi, chunki hamisha ishlatishga tayyor steril dori moddalardan iborat. Shu munosabat bilan am­pulali moddalar tez yordam ko‘rsatish amaliyotida juda kerakli vositadir. So‘nggi vaqtda inyeksiya qilinadigan ba’zi eritmalarni solish uchun shisha ampulalar o‘rniga polietilendan tyubik shpris taklif etilgan. Bu shpris dori eritmasi bilan to‘ldirilgan, tiniq holda bo‘ladi, ularda inyeksiya qilish uchun igna bor. Tyubik shpris har qanday sharoitlarda ham shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun qulaydir.

    1. Yumshoq dori shakllari

      1. Malhamlar


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish