O‘rin bosuvchi davolash, ya’ni tabiiy biogen moddalar yetishmay qolganda, ular o‘rnini to‘ldiruvchi dori moddalarini ishlatish. Masalan, gormonal preparatlar, fermentativ preparatlar (insulin, me’da shirasi, tireoidin va boshq.).
Profilaktik davolash — kasallikning oldini olish (vaksinatsiya, gripp, qizamiq, quturish, bo‘g‘ma, OITS va boshq.).
Doza tushunchasi va uning turlari
Dorilar organizmga qaysi yo‘l bilan kiritilmasin, ularning farmakologik ta’siri tanadagi, to‘qimalardagi yoki teri ustidagi konsentratsiyasiga bog‘liq. Bemor tanasi yoki uning ma’lum qismidagi dorilarning kerakli darajadagi konsentratsiyasini yara- tish dori shakliga bog‘liq.
Masalan, teriga, yaralarga dorilarning eritmasi ishlatilsa, shu yerda dorining yuqori konsentratsiyasini tashkil qilish mumkin. Agar shu dorini yumshoq dori shakllarida (malham, emulsiya) ishlatilsa, yara yoki teriga tegib turgan dori molekula- larining miqdori kam bo‘lib, u yerda yuqori konsentratsiya tashkil qila olmaydi. Shuning uchun ham bunday hollarda yumshoq dorini yuqori konsentratsiyalarda ishlatishga to‘g‘ri keladi. Enteral yo‘l bilan yuborilgan dorilar, me’da, ichaklarda par- chalanib ovqatlar bilan aralashib, organizmga so‘rilib o‘tishi pasayadi.
Parenteral yuborilganda, dorilarning organizmdagi konsen- tratsiyasi enteral yuborilganga nisbatan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham dorilarning enteral yuborilgandagi miqdori (dozasi), parenteral yo‘l bilan yuborilgandagidan biroz yuqori bo‘ladi. Demak, organizmga yuborilayotgan dorilarning farmakologik (kasallarda terapevtik) ta’siri ko‘p jihatdan ularning dozasiga bog‘liq.
Doza deb, dori moddalarining ma’lum miqdoriga aytiladi.
Doza turlari
Kichik (bo‘sag‘a) doza; II. O‘rtacha terapevtik doza; III. Yuqori terapevtik doza; IV. Zaharli doza; V. O‘ldiruvchi doza.
Retseptda qayd etiladigan dori moddalari og‘irlik yoki hajm birligida ko‘rsatiladi. Jumladan, massa (miqdor)ning o‘lchov birligi qilib 1 gramm — 4°C haroratdagi tozalangan (distillan- gan) suvning 1 sm3 (1 ml) massasi qabul qilingan.
Retsepda dorilarning miqdori quyidagicha belgilanishi qabul qilingan:
1 gramm — 1,0; bundan kam miqdordagilari esa 0,1 — detsigramm, deb o‘qiladi; 0,01 — santigramm (yoki 0,02 — ikki santigramm); 0,001 — milligramm (mg) yoki 0,005 —besh milligramm; 0,0001 — detsimilligramm; 0,00001 — santimil- ligramm; 0,000001 — mikrogramm (mkg) (yoki gamma — y) va hokazolar.
Suyuq yoki eritmalarda dori moddalar hajm birligida o‘l- chanadi va retseptda ml hisobida aniqlanadi. Ichiladigan suyuq dorilar uchun o‘lchov birligi qilib osh qoshig‘i (15 ml), desert qoshiq (7,5—10 ml), choy qoshig‘i (5 ml) turli hajmlarga ega bo‘lgan menzurkalar, shisha silindrlar va boshqa shishadan
yasalgan o‘lchagichlar qabul qilingan. Agarda suyuq dori moddalari (ya’ni buyuriladigan miqdori) 1 ml dan kam hajmga ega bo‘lsa, u holda retsept tomchilarda yozib beriladi hamda tomchilar soni rim raqamida ko‘rsatiladi. Masalan, adrenalin yoki atropin ikki (II) tomchidan tomizilsin (gtts), yalpiz moyi o‘n ikki (XII) tomchidan ichishga buyurilsin, deb yoziladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, 1 gramm (1 ml) suv 20 tom- chi bo‘lsa, 1 g spirt 65 tomchini tashkil etadi. Ayrim dori moddalari, masalan, antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar va ba’zi bir boshqa moddalar ko‘pincha ta’sir birligi (TB, ruscha — ЕД) bilan belgilanib, bu birlik preparatning biologik faolligini ko‘rsatadi.
Dorilar qayta-qayta qoilanilganda kelib chiqadigan oqibatlar
Dorilarni qayta yuborilsa, ularning ta’siri zo‘rayishi yoki su- sayishi mumkin. Biron-bir dorini uzoq muddat davomida qo‘l- lanilganda, dorilarning terapevtik ta’siri susayib borsa, orga- nizmning bu dorilarga o‘rganib qolishi yoki tolerantlik deyiladi.
Bunda ayrim dorilar so‘rilishining kamayishi, metabolizmi ortib ketishi, organizmdan chiqib ketishining tezlashishi, ba’zan esa, shu dorilar ta’sir etuvchi retseptorlarning sezuv- chanligi kamayishi mumkin.
Dorilar qisqa vaqt ichida takror-takror qo‘llanilganda, ular ta’sirining kamayishiga taxifilaksiya deyiladi. Masalan, efedrin ketma-ket organizmga yuborilsa, uning qon bosimiga bo‘lgan ta’siri susayib ketadi. Ba’zan esa, organizm dorilarning ta’siriga nisbatan yuqori darajada sezuvchanlik bilan javob beradi, bunga sensibilizatsiya deyiladi.
Organizm ba’zi bir dorilarga nisbatan atipik — noto‘g‘ri reak- siya beradi. Bunga idiosinkroziya deyiladi. Bu holat ko‘pincha genetik omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi dorilar organizmda asta- sekin to‘planib, yig‘ilib qoladi va ularning ta’sir muddati va kuchi oshib ketadi. Bunday holatga kumulatsiya deyiladi. Kumulatsiya ikki xil bo‘ladi:
Moddiy-material kumulatsiya (yurak glikozidlari, di- marin).
Funksional kumulatsiya (etanol, uning neyrotrop ta’siri).
Bir necha dori moddalarini birlashtirib bergandagi ta’siri
Dori moddalarining ta’sirini oshirish uchun kimyoviy tuzi- lishi bir-biriga yaqin bo‘lgan moddalar qo‘shilgan holda qo‘l- laniladi. Yuzaga chiqayotgan ta’sirning yo‘nalishiga qarab, sinergizm, potensirlash va antagonizm holatlari kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |