Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet12/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

2-rasm. Moddalarning asosiy so‘rilish yo‘llari.
36
unda invaginatsiya (pufakchalar) hodisasi ro‘y beradi (1- rasmga qarang), ya’ni bu yo‘l bilan kiruvchi dorilarni tashuvchi
hujayralar membranasi oldin shishadi, so‘ngra vakuolalar hosil qilib, dorilarni o‘ziga qamrab oladi va hujayra ichiga olib kiradi.
Parenteral usul dori moddalarini teri ostiga, mushaklar ora- siga va vena tomirlariga yuborish bilan amalga oshiriladi. Al- batta, eng ko‘p dorilar konsentratsiyasi ularni vena orqali yuborilganda qayd etiladi. Dorilarning ta’sir vaqtini uzaytirish uchun suvda yaxshi erimaydigan dorilarni yog‘larda yoki boshqa erituvchilarda eritib mushaklar orasiga yuboriladi. Ammo teri ostiga va mushaklar orasiga mahalliy qitiqlovchi ta’sirga ega preparatlarni yuborib bo‘lmaydi. Masalan, kalsiy xlorid 10 % li eritmasini, chunki u nekroz chaqiradi.
Vena yoki arteriyalarga dorilar sekinlik bilan, ba’zan tomchilab yuboriladi. Lekin yog‘da eriydigan yoki yomon eriydigan preparatlarni hamda vena devorini qitiqlovchi, qon quyulishini kuchaytiruvchi yoki gemolizni yuzaga chiqaruvchi preparatlarni venaga yoki arteriyaga yuborib bo‘lmaydi.
Shu bilan birga bu usullardan foydalanilganda, dorilar yuborishning o‘ziga xos qiyinchiliklari bor. Masalan, prepa- ratlar, albatta, sterilizatsiyalangan bo‘lishi kerak, bu usulda o‘ziga xos og‘riq chaqirish holatlari qayd etiladi. Ba’zi bir zararli shishlarni davolashda va rentgenokontrast preparatlar arteriyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuboriladi.
Orqa miyaga yuborish ham o‘ziga xos talablarga bog‘liq: orqa miya suyuqligi bosimini o‘zgartirmaslik, yuqori konsentratsiyali yuborish, yuborish texnikasining qiyinligi va h.k. Masalan, 0,5—1 ml orqa miya suyuqligi tortib olinib, shuncha hajmda dori yuborish. Shu yo‘l bilan orqa miya anesteziyasini yuzaga keltirish mumkin.
Ingalatsiya yo‘li bilan yuborilgan dorilar juda tez qonga o‘tadi, chunki o‘pkaning sathi katta — 70—100 m2.ni tashkil etadi. Shu bilan birga dorilar to‘g‘ridan to‘g‘ri qonga o‘tadi. Shu bois ularning qondagi konsentratsiyasini nazorat qilib borish mumkin (masalan, gazsimon narkotiklar konsentratsiyasi). Bunda nafas hajmi, qon aylanishi tezligi va alveolalarning sirt aktivligi katta rol o‘ynaydi.
Dorilar so‘rilishi va ularning jarohatlangan organlarga yetib borishida turli xil biologik to‘siqlar muhim rol o‘ynaydi. Bunday to‘siqlarga kapillarlar devori, to‘qima-plazmatik membranalar, gematoensefalik va platsentar (bachadondagi yo‘ldosh) to‘siqlar kiradi.
Kapillarlar devoridan suvda eruvchi dorilar yengil o‘tadi, lekin qon plazmasining oqsillari va ularning dorilar bilan tashkil topgan komplekslari o‘ta olmaydi. Gematoensefalik to‘siqlar orqali yog‘da eruvchi moddalar yengil o‘tadi. Miyaning shun- day gematoensefalik to‘siqli bo‘limlari borki (masalan, gipofiz bo‘limlari) unday joylardan yog‘da erigan moddalar yaxshi o‘ta olmaydi. Ammo miya yallig‘lanishida gematoensefalik to‘siqlar- ning o‘tkazuvchanligi oshib ketadi. Shuningdek, organ yoki to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi ham preparatlarning bu organlarga o‘tishida va ma’lum to‘siqlardan o‘tishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Masalan, eufillin, kofein va boshqalar ta’sirida preparatlarning miyaga o‘tishi ancha yengillashadi. Xuddi shun- ga o‘xshash holatlar platsentar to‘siqlarda ham qayd etiladi.
Organizmga tushgan dori moddalari kimyoviy tuzilishining o‘zgarishiga dorilar metabolizmi deyiladi. Buning natijasida do­rilar o‘zining farmakologik aktivligini o‘zgartiradi, suvda yaxshi eruvchan shakllarga o‘tadi.
Dori moddalarining metabolizmi organizmdagi turli suyuqlik muhit va to‘qimalarda yuzaga chiqadi. Eng yuqori darajadagi dori moddalari metabolizmi oshqozon-ichak sistemasi bo‘shliqlari va ularning silliq qavatida bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik dori moddalari och qoringa ichiladi. Oshqozon-ichak sistemasidan so‘rilgan dori moddalari qondagi fermentlar ta’sirida yana meta- bolizmga uchraydi.
Dori moddalarini zararsizlantiruvchi fermentlar plazmatik va to‘qima membranalarida va organlarda (buyrak va jigar) keng miqdorda saqlanadi. Ular chetdan kiritilgan lipofil moddalarning metabolizmida ishtirok etadi va ularni gidrofil holatga o‘tkazadi hamda organizmdan chiqib ketishini tezlatadi.
Dori moddalarining ikki xil parchalanish yo‘li bor:

  1. Metabolik transformatsiya yo‘li.

  2. Konyugatsiya yo‘li.

Metabolik transformatsiya oksidlanish, qaytalanish, gidro- lizlanish va asetillanish reaksiyalari hisobiga bo‘ladi. Masalan:

  • imizin, efedrin, aminazin, gistamin, fenatsetin va kofein- lar oksidlanish bilan;

  • xloralgidrat, levomitsetin, nitrozepam qaytalanish reaksi- yasi bilan;

  • murakkab efirlar, novokain, atropin, asetilxolin, ditilin, aspirinlar va amidlar gidrolizlanish reaksiyasi bilan parchalanadi va organizmdan chiqib ketadi.

Ko‘pchilik dori moddalari organizmda biologik transforma- tsiyaga uchraydi. Organizmdan yuqori darajadagi ionlashtiradigan gidrofil moddalar o‘zgarmagan holda chiqib ketadi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish