Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet20/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Antibiotiklar deb, mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan yoki boshqa tibbiy manbalardan (o‘simlik va hayvonot dunyosidan) olingan moddalarga aytiladi. Ular kasallik tarqa- tuvchi mikroorganizmlarda xavfli o‘smalarning rivojlanishini to‘xtatadi. Adabiyotlardan ma’lumki, Fleming 1929-yilda Penecillum natatum mog‘oridan kokklarni o‘ldiruvchi modda ajratib oladi va uni penitsillin deb ataydi. 1938-yilda yosh biokimyo olimi Ernest Londonda Cheyn Fleming moddasi — penitsillin ustida ish olib boradi va juda kam miqdorda penitsillin oladi va uni Flori og‘ir dardga — qon infeksiyasiga uchragan bemorda tekshirib ko‘radi. 1942-yilda Z.V. Yermolyeva birinchi bo‘lib penitsillinni kashf etgan. 1945-yili Flori, Cheyn va Flemin Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi.
Kimyoterapevtik moddalar qo‘llashning asosiy tamoyillari bor. Buning uchun:

  1. Kasallik chaqirgan mikroorganizmni aniq bilish kerak.

  2. Kasalni iloji boricha tezroq davolash kerak, chunki kasal- lik vaqt o‘tgan sari boshqa nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi.

  3. Davolashni esa, antibiotiklarning yuqori konsentratsiyasi asosida boshlash kerak (sulfanilamidlarning davolovchi konsen- tratsiyasi mikrob tanasidagi PABKnikidan 300 marta ko‘p bo‘- lishi kerak).

  4. Davolash muddati yetarli darajada bo‘lishi kerak (chala tashlab ketish kerak emas).

  5. Kasalni davolashda shu kasallikni chaqirgan mikroor- ganizmga qarshi eng kuchli ta’sir etuvchi antibiotiklardan boshlash kerak.

  6. Zarurat tug‘ilganda, antibiotiklarning o‘zaro kombinatsi- yalaridan foydalanish kerak.

  7. Antibiotiklarni ishlatishning ratsional variantidan (t/o, m/o, v/i) foydalanish kerak.

Antibiotiklar mikroorganizmlarga qarshi ta’siriga qarab ikki turga bo‘linadi:

  1. Bakteritsid (mikroblarni o‘ldiruvchi ta’siri);

  2. Bakteriostatik ta’sir etuvchilar (bakteriyalarning o‘sishini, ko‘payishini to‘xtatadi).

Antibiotiklar ta’sir mexanizmiga qarab to‘rt turkumga bo‘linadi:

  1. Hujayra devorini buzuvchi antibiotiklar (penitsillinlar, sefadosporinlar, siklotsirin).

  2. Sitoplazmatik membrananing o‘tkazuvchanligini buzuvchi antibiotiklar (polimiksinlar).

  3. RNK sintezini buzuvchi antibiotiklar (rifampitsin).

  4. Oqsil sintezini buzuvchi antibiotiklar (tetratsiklinlar, levo- mitsetinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar).

Mikroorganizmlarga qarshi ta’sir doirasiga qarab, antibiotiklar beshga bo‘linadi:

  1. Asosan grammusbat mikroorganizmlarga ta’sir etuvchilar (penitsillin, eritromitsin va ularning unumlari).

  2. Asosan grammanfiy mikroorganizmlarga ta’sir etuvchilar (polimiksinlar).

  3. Ta’sir doirasi keng antibiotiklar (tetratsiklin, levomitsetin, sefalosporinlar va aminoglikozidlar).

  4. O‘tkir zaharli, asosan, sirtga qo‘llaniladigan antibiotiklar (gramitsidin, neomitsin, monomitsin).

  5. Zamburug‘larga qarshi antibiotiklar: nistatin, levorin va grizeofulvinlar).


Hujayra devorini buzuvchi

Sitoplazmatik
membrananing
o‘tkazuvchanligini
buzuvchi

RNK sintezini buzuvchi

Oqsillar sinte- zini ribosoma bosqichida buzuvchi

Penitsillinlar
Sefalosporinlar
Siklotsirin

Polimiksinlar

Rifampitsin

Tetratsiklinlar
Levomitsetin
Makrolidlar
Aminoglikozidlar


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish