Antibiotiklar deb, mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan yoki boshqa tibbiy manbalardan (o‘simlik va hayvonot dunyosidan) olingan moddalarga aytiladi. Ular kasallik tarqa- tuvchi mikroorganizmlarda xavfli o‘smalarning rivojlanishini to‘xtatadi. Adabiyotlardan ma’lumki, Fleming 1929-yilda Penecillum natatum mog‘oridan kokklarni o‘ldiruvchi modda ajratib oladi va uni penitsillin deb ataydi. 1938-yilda yosh biokimyo olimi Ernest Londonda Cheyn Fleming moddasi — penitsillin ustida ish olib boradi va juda kam miqdorda penitsillin oladi va uni Flori og‘ir dardga — qon infeksiyasiga uchragan bemorda tekshirib ko‘radi. 1942-yilda Z.V. Yermolyeva birinchi bo‘lib penitsillinni kashf etgan. 1945-yili Flori, Cheyn va Flemin Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi.
Kimyoterapevtik moddalar qo‘llashning asosiy tamoyillari bor. Buning uchun:
Kasallik chaqirgan mikroorganizmni aniq bilish kerak.
Kasalni iloji boricha tezroq davolash kerak, chunki kasal- lik vaqt o‘tgan sari boshqa nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi.
Davolashni esa, antibiotiklarning yuqori konsentratsiyasi asosida boshlash kerak (sulfanilamidlarning davolovchi konsen- tratsiyasi mikrob tanasidagi PABKnikidan 300 marta ko‘p bo‘- lishi kerak).
Davolash muddati yetarli darajada bo‘lishi kerak (chala tashlab ketish kerak emas).
Kasalni davolashda shu kasallikni chaqirgan mikroor- ganizmga qarshi eng kuchli ta’sir etuvchi antibiotiklardan boshlash kerak.
Zarurat tug‘ilganda, antibiotiklarning o‘zaro kombinatsi- yalaridan foydalanish kerak.
Antibiotiklarni ishlatishning ratsional variantidan (t/o, m/o, v/i) foydalanish kerak.
Antibiotiklar mikroorganizmlarga qarshi ta’siriga qarab ikki turga bo‘linadi:
Bakteritsid (mikroblarni o‘ldiruvchi ta’siri);
Bakteriostatik ta’sir etuvchilar (bakteriyalarning o‘sishini, ko‘payishini to‘xtatadi).
Antibiotiklar ta’sir mexanizmiga qarab to‘rt turkumga bo‘linadi:
Hujayra devorini buzuvchi antibiotiklar (penitsillinlar, sefadosporinlar, siklotsirin).
Sitoplazmatik membrananing o‘tkazuvchanligini buzuvchi antibiotiklar (polimiksinlar).
RNK sintezini buzuvchi antibiotiklar (rifampitsin).
Oqsil sintezini buzuvchi antibiotiklar (tetratsiklinlar, levo- mitsetinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar).
Mikroorganizmlarga qarshi ta’sir doirasiga qarab, antibiotiklar beshga bo‘linadi:
Asosan grammusbat mikroorganizmlarga ta’sir etuvchilar (penitsillin, eritromitsin va ularning unumlari).
Asosan grammanfiy mikroorganizmlarga ta’sir etuvchilar (polimiksinlar).
Ta’sir doirasi keng antibiotiklar (tetratsiklin, levomitsetin, sefalosporinlar va aminoglikozidlar).
O‘tkir zaharli, asosan, sirtga qo‘llaniladigan antibiotiklar (gramitsidin, neomitsin, monomitsin).
Zamburug‘larga qarshi antibiotiklar: nistatin, levorin va grizeofulvinlar).
Hujayra devorini buzuvchi
|
Sitoplazmatik
membrananing
o‘tkazuvchanligini
buzuvchi
|
RNK sintezini buzuvchi
|
Oqsillar sinte- zini ribosoma bosqichida buzuvchi
|
Penitsillinlar
Sefalosporinlar
Siklotsirin
|
Polimiksinlar
|
Rifampitsin
|
Tetratsiklinlar
Levomitsetin
Makrolidlar
Aminoglikozidlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |