Ristomitsin sulfat 0,1—0,5 TB fl. chiqariladi. Og‘ir septik holat- larda faqat vena orqali yuboriladi. Ya’ni septik endokardit, pnev- mokokkli sepsis, gematogenli osteomiyelit va yiringli meningitlarda ishlatiladi. Preparat ko‘ngil aynish, et uvishish, allergik reaksiyalar, trombotsitopeniya va eshitish qobiliyatini susaytirishi mumkin.
Levomitsetin eritmasi va uning linimenti mahalliy holda ishlatiladi. Sintomitsin, levomitsetin va uning o‘ng izomeridan tashkil topgan hamma antibiotiklarning o‘ziga xos nojo‘ya ta’sirlari bor bo‘lib, ular quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |