Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet19/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Galogenlar — xlor, yod, ftor va bromlar erkin holda kuchli
dezinfeksiyalovchi erkin ta’sirga ega. Masalan, atamarli xlor bak- teriya, virus va oddiy hasharotlarni o‘ldiradi.
Gazsimon xlor suvlarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi (xlorli ohak). 25 % erkin xlor saqlaydi va atroflardagi dag‘al dezinfeksiya uchun ishlatiladi: chuqurlar, axlatxona va uning at- roflari, bemor chiqindilari (najas, peshob, balg‘am), ichki va tashqi kiyimlar va ko‘rpa-yostiqlar, sirli idish-tovoqlar. Xlorning organik birikmalaridan: xloramin B, pantotsid. Bulardan erkin xlor (Cl) ajralib chiqadi va o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ularning ta’siri sekin yuzaga chiqadi. Pantotsid ichimlik suvni zararsizlantirishda ishlatiladi. Uning ta’siri 15 minutda yuzaga chi­qadi. Tarkibida 50 % aktiv xlor saqlaydi.
Simob va simobpreparatlari uy ichini (1:1000), jarrohlik asbob- larini, metall predmetlarni dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi.
Kislota va ishqorlar. Kislotalar qattiq bo‘ladi, ishqorlar esa yumshoq albuminatlar hosil qiladi. Kislotalar koagulatsiyani, ishqorlar esa, kollevaksion nekroz chaqiradi. Shuning uchun ham konsentratsiyasiga qarab yumshatuvchi, kuydiruvchi va nekroz- lovchi ta’sirni yuzaga chiqaradi. Demak, kislota va ishqorlar bak- teriotsid hamda bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi.
Aldegidlarga formaldegid va formalin (40 % formaldegidning suvdagi eritmasi) kiradi. Formaldegid oqsillarni denaturatsiyalaydi va aminoguruhlarni bloklaydi. Qo‘lansa hidlarni yo‘qotadi. For- maldegid asboblarni dezinfeksiyalash uchun, formalin malhami esa, oyoq terlashni yo‘qotish uchun ishlatiladi.
Fenol kuchli antimikrob ta’siriga ega. U 1:500—1:1000 kon- sentratsiyada bakteriostatik, 1:100—5:100 da bakteritsid ta’sir etadi. Ko‘proq grammusbat mikroorganizmlarga ta’sir etadi. 3—5 % eritmasi kasalxona havosi va uy ichlari hamda kasallarga ishlati­ladigan kiyim-kechaklarni dezinfeksiya qiladi.
Lizolning 3—10 % li qaynoq eritmasi uy ichlari, shaxsiy va umumiy ishlatiluvchi asboblar va chiqindilarni dezinfeksiyalaydi.
Bo‘yoqli moddalarga brilliant ko‘ki, metilen yashili, etokridin laktad (rivanol)lar kiradi. Grammusbat va kokk infeksiyalarga qarshi ishlatiladi. Teridagi qirilgan, kesilgan yaralarda, yallig‘lan- gan patosli yaralarda (piodermiyada va ko‘z qovog‘ining yallig‘lani- shida, bleforitda) ishlatiladi.
Antiseptik moddalar bemor tanasidagi mikroblarni o‘ldirish, oziq-ovqatlarni konservatsiya qilish uchun ishlatiladi. Antiseptik moddalarning ta’siri organizm muhitiga, pHga, haroratiga, mik- roblarning sezuvchanligiga bog‘liq. Ko‘pchilik antiseptik mod­dalarning ta’siri oqsillar ishtirokida susayadi (yiringli yaralarda).
Ba’zi bir antiseptik moddalar (oksidlovchilar, galloidlar, kumush preparatlari, rux va boshq.) ko‘proq teri yara yuzasini zararsiz- lantirish uchun, boshqalari esa (furatsilin, oksikenalin, fenol va boshq.), peshob chiqarish yo‘llarini, oshqozon-ichak infeksiyasini (nitrofurallar, oksixinolinlar) zararsizlantirish uchun ishlatiladi. Galloidlardan antiseptik preparat sifatida yod va uning preparat­lari ishlatiladi (0,2—0,5 % li eritmasi). Lyugol eritmasi tomoq va tomoq yo‘li xastaligida ishlatiladi. Oksidlovchilardan o‘zidan ato- mar O2 chiqaruvchi preparatlar — 3 % li perekis vodorod (H2O2) eritmasi va margansovka (KaMgO2 ) ishlatiladi. Perekis vodorodni plevra, peshob, qon va bachadonni yuvish uchun ishlatib bo‘l- maydi, chunki kichik tomirlarga molekular O2 o‘tib, emboliya chaqirishi mumkin. Yiringli yaralarni tozalashda va qon ketishini to‘xtatishda ishlatiladi. Margansovka eritmasi yara-chaqalarni yuvishda, og‘iz chayishda, kuyganlarni davolashda ishlatiladi. Zaharlanganda oshqozon va ichaklarni yuvish uchun ishlatiladi.
Etil spirti kuchli antimikrob kuchga ega. Undan asboblar, operatsiya maydoni va jarrohlar qo‘lini tozalashda foydalaniladi. Spirtning antimikrob ta’siri uning konsentratsiyasi oshgan sari ko‘payib boradi. Lekin uning terini zararsizlantiruvchi ta’siri 70 % li eritmasida 95 % li eritmasiga qaraganda, yaxshiroq chiqadi.
Azot kislotasi so‘gallarni kuydirish, borat kislotasi shilliq qa- vatlarni chayish hamda teri kasalliklarida malham va teri yarasiga sepish (prisipka) uchun ishlatiladi. Og‘ir metall tuzlardan simob dixlorid, simob oksianid va uning kulrang hamda och-sariq mal- hamlari ishlatiladi. Kumush preparatlaridan protargol, kollargol ko‘z kasalliklarida, eroziya va so‘zaklarni kuydirish uchun ishlatiladi.
Detergentlarga anionli va kationli sovunlar kiradi. Bular dezin- feksiya uchun ishlatiladi.
Ishqorlardan ammiak eritmasi (nashatir spirt)ni keltirish mum- kin, u 9,5—10,5 % li ammiak eritmasini saqlaydi. Uning 0,5 % li eritmasi jarrohlar qo‘lini dezinfeksiyalashda qo‘llaniladi. Shuning- dek, nashatir spirti reflektor yo‘li bilan qitiqlash ta’siriga ega.

    1. Kimyoterapevtik moddalar. Antibiotiklar

Infeksion va parazitar kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi dori vositalari kimyoterapevtik vositalar deb ataladi. Bu- larga antibiotiklar, sulfanilamidlar, tuberkulozga, sifilis, viruslar, parazitlarga qarshi moddalar kiradi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish