Zaxmga qarshi vositalar. Bizga ma’lumki, Abu Ali ibn Sino XI asrdayoq zaxmga qarshi simob preparatini tavsiya etgan. P. Erlix esa, 1891-yilda bezgakka qarshi ko‘k metilenni, 1907-yilda, zaxmga qarshi margimushning organik moddasi — salvar- sanni, 1912-yilda neosalvarsan preparatini tavsiya etadi. Margimush preparatlari zaxm kasalligini tarqatuvchi oq spiro- xetalarning qobig‘iga kirib, ularning ichidagi faol fermentlar- ning SH guruhi bilan birikib, ularning faolligini yo‘qotadi. Zaxmning teri, kechikib ketgan shakli, asabdagi shakli va yosh bolalardagi tug‘ma zaxmlarda osarsol preparati qo‘llaniladi. Hozirgi kunda zaxmni davolash uchun benzilpenitsillin va uning uzoq ta’sir etuvchi (bitsillin) unumlari hamda vismut preparatlari qo‘llaniladi. Vismut preparatlari qatoriga bioxinol va bismoverol preparatlarini kiritish mumkin. Demak, zaxm kasalligini davolash uchun asosiy preparatlardan penitsillin va uning unumlari, agarda, ularga nisbatan nojo‘ya ta’sirlar chiq- sa, zaxira preparatlardan, ta’sir doirasi keng preparatlardan (tetratsiklin, sefaloridin va vismut preparatlari) ishlatiladi.
Zaxmning uchlamchi bosqichida «gumma» hosil bo‘lgan davrda, uning so‘rilib ketishini ko‘zda tutib, yod birikmalari (kaliy yodid) beriladi.
Viruslarga qarshi vositalar. Viruslar juda ham mayda mikroorganizmlar hisoblanib, maxsus bakterial filtrlardan ham o‘tib ketadigan turlari odamlar, hayvonlar va o‘simliklarda turli yuqumli kasalliklar paydo qiladi. Shunungdek, ularning o‘si- shi, ko‘payishi uchun jonli tirik hujayralar bo‘lishi shart va ular hujayra ichidagi oqsilni sintez qiluvchi apparatlardan o‘zlariga moslashtirib olib foydalanadilar. Bunday kasal keltirib chiqaruvchi viruslar o‘zida RNK va DNK tutuvchi guruhlarga bo‘linadi.
Yangi kimyoterapevtik viruslarga qarshi preparatlarni sintez qilishning murakkabligi ham shunda, chunki tirik organizmga zarar keltirilmagan holda viruslarga qiron keltiradigan, tanlab ta’sir qiluvchi kimyoviy moddalarini yaratish birmuncha qiyin.
Shunga qaramay hozirgi kunda viruslarning ayrim turlariga tanlab ta’sir qiladigan preparatlar mavjud. Ulardan ba’zilarining ta’sir mexanizmi viruslarning ferment sistemasi faoliyatiga aralashib, ularda o‘zgarishlar hosil qilib so‘ngra halokatga uchratadi.
Viruslarga qarshi ishlatiladigan mavjud preparatlarni ta’sir mexanizmiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Viruslarning hujayralarga yopishishi va ichkariga kirishiga qarshi hamda ulardan ajralib chiquvchi genom jarayonlariga qarshi ta’sir qiluvchi preparatlar — midantan, remantadin;
Dastlabki virus oqsil fermentlarining sintez qilinishiga xalaqit beruvchi — guanidin;
Nuklein kislota sinteziga yo‘l qo‘ymaydigan — DNK sinteziga (indoksuridin) va RNK sinteziga xalaqit beruvchilar (aktinomitsin D).
Virionlarning «joylanishiga» xalaqit beruvchilar — metisazon;
Hujayralarning viruslarga chidamliligini oshiruvchi — interferonlar.
Tabobat amaliyotida ko‘proq qo‘llanadigan viruslarga qarshi ishlatiladigan preparatlar (oksolin, interferon, remantadin, indoksuridin va boshqalar)dan ko‘pgina hollarda samarali foy- dalanilmoqda.
Viruslarga qarshi ishlatiladigan vositalarni bir guruh virus kasalliklarining oldini olish uchun qo‘llanilsa, ikkinchilari davo maqsadida foydalaniladi.
Interferonlar ba’zi bir hujayralarga, yomon o‘smalarga qarshi hamda immunomodullovchi faollikka ham egadir.
Kasal keltirib chiqaruvchi sodda tuzilgan mayda jonivorlarga qarshi qoilaniladigan vositalar
Sodda tuzilishga ega bo‘lgan jonivorlar juda ham mayda, bir hujayrali mikroskopik (mikroskop ostida ko‘rinadigan), bakteriyalarga nisbatan murakkab tuzilishga egadirlar.
Hozirgi kunda ularning mingdan ortiq turlari mavjud va ular odam organizmida — organlarda, to‘qimalarda, hujayralarda ko‘payadi. Ular jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payib, shu davr ichida ma’lum oqsillar hisobiga rivojlanib o‘sadi, ko‘payadi. Ayrimlari sporalar hosil qiladi.
Sodda tuzilgan mayda jonivorlar, ya’ni protozoylar odam organizmida turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi va ularning nomlari aksariyat o‘sha kasallik keltirib chiqargan jonivorlarning nomlari bilan yuritiladi. Masalan, lambliya keltirib chiqargan kasallikni lamblioz, amyobalar keltirib chiqargan kasallikni amyobiaz deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |