Umumiy lot p65


Bezgakka qarshi vositalar



Download 317,98 Kb.
bet35/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Bezgakka qarshi vositalar. Bezgak isitma bilan kechuvchi ka- sallik bo‘lib, unda jigar va qorataloq kattalashib ketadi, ba’zan esa, markaziy asab sistemasi jarohatlanadi. Bezgakni Anapheles oilasiga kiruvchi chivinlar tarqatadi. Bezgak tarqatuvchi mikro- organizm — plazmodiy doimo o‘z egasini o‘zgartirib turadi. Bez­gakka qarshi preparatlar qachon, qaysi sikl va stadiyasiga ko‘ra bir necha ta’sirga ega bo‘lib, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Qondagi shizontotsidlarga ta’sir etuvchi preparatlar;

  2. To‘qimadagi shizontotsidlarga ta’sir etuvchi preparatlar;

  3. Gamontotsidlarga ta’sir etuvchi preparatlar;

  4. Sporontotsidlarga ta’sir etuvchi preparatlar.

Bezgakda keng qo‘llaniladigan preparatlarni xloridin, prima- xin, bigumal, xingamin, xinin va akrixinlar tashkil etadi. Bu preparatlar oshqozon-ichak sistemasidan yaxshi so‘rilgan holda o‘z ta’sirini ko‘rsatgach, buyrak va o‘t orqali chiqib ketadi. Ularni qo‘llaganda dermatitlar, «soxta sariq kasalligi», dispeptik holatlar, leykopeniya, eritrotsitar gemolizni yuzaga chiqarishi mumkin.

  1. bob. PERIFERIK ASAB SISTEMASIGA TA’SIR ETUVCHI MODDALAR

Periferik asab sistemasiga ta’sir qiladigan moddalar reflektor yoyining u yoki bu zvenosiga ta’sir qilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Afferent innervatsiyasiga ta’sir etuvchi moddalar.

  2. Efferent innervatsiyasiga ta’sir etuvchi moddalar.



  1. bob. EFFERENT INNERVATSIYAGA TA’SIR ETUVCHI MODDALAR

    1. Efferent innervatsiya haqida tushuncha

Sinaptik zaharlar — asab hujayralari to‘siqlarining bir-biriga qo‘shilgan joyi (sinapslar) va asab tolalarining oxirlarida ijrochi organ hujayralariga asab impulslari o‘tishiga ta’sir qiladigan moddalar. Periferik asab sistemasining katta bir guruhini efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi dori vositalari tashkil etadi. Efferent yoki markazdan qochuvchi asab tolalariga vegetativ asab sistemasi va muskullarni harakatlantiruvchi somatik asab tolalari kiradi.
Vegetativ asab sistemasi esa, simpatik va parasimpatik bo‘- limdan iborat bo‘lib, butun ichki a’zolar, qon tomirlar va turli xil bezlarni innervatsiya qiladi.

  1. Parasimpatik asab bo‘limlariga:

  1. III parasimpatik asab — n. oculomotorius;

  2. VII parasimpatik asab — n. facialis;

  3. IX parasimpatik asab — n. glossopharygues;

  4. X parasimpatik asab — n. vagus — adashgan asab tarkibi- dan hamda orqa miyaning chanoq bo‘limidan chiqadigan;

  5. Tos asablari kiradi. Bu asablarning tugunchalari — gang- liyalari bo‘lib, asab tolalarini ikki qismga bo‘ladi: presinaptik gangliyagacha bo‘lgan qism va postsinaptik — gangliyadan keyingi qism. Parasimpatik asablarning presinaptik bo‘limi uzun, postsi­naptik qismi esa, qisqa bo‘ladi. VASning bu bo‘limlari va uning postsinaptik qismidan ijro organlariga asab impulslarining o‘t- kazuvchanligi asetilxolin mediatori orqali bo‘ladi hamda ularni xolinergik asablar va sinapslar deb ataladi.

Demak, qayerda asab impulslarining o‘tishi asetilxolin orqali amalga oshirilsa, ularni xolinergik asab tolalari deb ataladi.
Asab impulslarini qabul qilib oluvchi retseptorlarning, ya’ni efferent — qabul qilib oluvchi organning maxsus oqsildan ibo­rat membranalari bo‘ladi.
Asab impulslarini asetilxolin orqali qabul qilib oluvchi mem- brana retseptorlari xolinoretseptorlar deb ataladi.
Harakatlantiruvchi — somatik asab tolalari orqa miyaning oldingi shoxlaridan chiqib, skelet mushaklarini innervatsiya qiladi. Bu asab- lardan o‘tuvchi impulslar ham asetilxolin orqali bo‘ladi. Shuning uchun ularni xolinergik xarakterdagi asab tolalari, impulslarni qabul qilib oluvchi retseptorlarini esa, xolinoretseptorlar deyiladi.
Buyrak usti bezi o‘zining morfologik tuzilishi bo‘yicha sim- patik tuguncha — gangliyaga o‘xshaydi. Uni organizmdagi eng katta simpatik gangliya deb ham atash mumkin. Uning innervatsiyasi hamma simpatik asabning presinaptik qismi kabi parasimpatik innervatsiyaga ega, ya’ni uning qo‘zg‘alishi asetilxolin orqali bo‘ladi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish