Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet26/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Oksixinolin unumlari. Bu guruh preparatlari mikroorganizmlar mikroelementlarini, ayniqsa, Fe+ ni bog‘lab, fermentlar faolligini kamaytiradi. Ular bakteriyalar, zamburug‘lar va oddiy (sodda) organizmlarga ta’sir etib, ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Me’da-ichak infeksiyasida qo‘llaniladigan va qonga yomon so‘riladigan preparatlar: intestopan, meksaform, mekoaza.

  2. Peshob yo‘llari infeksiyasida qo‘llaniladigan va qonga yaxshi so‘riladigan preparatlar: 5-oksixinolin (5-nok) — 0,05, nitroksalin — 0,5.

5-nok — urogenital infeksiyasida, ya’ni piyelonefrit, sistit, uretrit va prostatitlarni davolashda ishlatiladi. 5-nok qo‘llanilganda, peshob och-sariq rangga bo‘yalishi mumkin.

  1. Tuberkulozga qarshi dori vositalari

Hozir dunyoda o‘pka kasalliklari ko‘payib bormoqda. JSST ma’lumotlari bo‘yicha 100 mln.dan ortiq odam sil kasalligiga chalingan. Bir odam bir kunda 10 ming litr havoni o‘pka orqali o‘tkazib turadi, yana JSST bergan ma’lumot bo‘yicha har 1 sek.da bir odam sil kasali bilan jarohatlanmoqda. Turizmning ku- chayishi, havoning ifloslanishi, iqtisodiyotning og‘irlashishi ham sil kasalligining ko‘payishiga olib keladi.
Kasal odam bir kunda 8 mln.gacha mikrobni tashqariga chi­qaradi. Bu yerda sanitariya va gigiyena katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham har yili 24-mart — Butun jahon bo‘yicha silga qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotga qa­raganda, har yili jahon bo‘yicha 10 mln odam tuberkuloz (tbs) bilan og‘riydi, shundan 3 mln kishi nobud bo‘ladi. Biron kasal- likka qarshi inson organizmi o‘z ichki zaxiralari hisobiga kura- shadi va uning oldini olishga harakat qiladi. Bu borada Gippo- kratning ushbu iborasi juda o‘rinlidir: «Hech kim tomonidan o‘rganilmagan tabiat kerakli narsani bajaradi».
Tuberkulozni Mybacterium tuberculosis yuzaga chiqaradi. Tuberkuloz bilan odamning jami organlari zararlanishi mumkin, ammo hammadan ko‘proq o‘pka jarohatlanadi.
Shuni esda tutish kerakki, tuberkuloz bilan hamma ham za­rarlanishi mumkin, lekin bu doim ham yuzaga chiqmaydi. Chunki organizm o‘zining ichki zaxiralarini (fagotsitoz, antitelo ishlab chiqarish) ishga solib, tuberkulozning rivojlanishiga yo‘l qo‘y- maydi. Tuberkulozni davolashda organizmning ichki zaxiralari bilan birga tuberkuloz tayoqchalari hayotiyligini yo‘qotuvchi dori­larni birga ishlatish kerak bo‘ladi.
Tuberkuloz tayoqchalari kislotaga chidamli bo‘lib, ular o‘zida turli xil lipoidlarni saqlagani uchun tuberkulozga qarshi pre­paratlarning mikrobakteriyalar ichiga kirishini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, tuberkuloz bilan jarohatlangan to‘qimalarga preparatlarning qondan o‘tishi ancha og‘ir kechadi. Chunki tuber­kuloz bilan jarohatlangan to‘qimalar atrofida yallig‘lanish va in- filtratsiya hisobiga «biologik to‘siq» — to‘qima hosil bo‘ladi:
Bu to‘siq orqali kimyoterapevtik preparatlar to‘qima ichiga yaxshi o‘ta olmaydi. Tuberkuloz tayoqchalari esa, faqat to‘qima ichidagina bo‘ladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham tuberkuloz bilan jarohatlangan bemorlarni erta aniqlash va davolash (hali «biologik to‘siq» yaxshi rivojlanmagan vaqtda) yaxshi natija berishi mumkin. Tuberkuloz kasalliklarini davolash esa, ayniq- sa, u rivojlangan bo‘lsa, bir necha oylab davom etadi (6—9 va 12 oy), surunkali tuberkuloz kasalliklarida esa, davolash mud- dati 1 yil davom etadi.
Tuberkuloz bakteriyalari (tayoqchalari) esa, 2—4 oy ichida ishlatilayotgan preparatlarga ko‘nikib va o‘rganib qolishi mumkin. Shuning uchun ham samarali davoni yuzaga chiqarish uchun tuberkulozga qarshi preparatlardan bir nechasini birga qo‘shib ishlatish lozim bo‘ladi. Chunki bunday qilinganda, tuberkuloz bakteriyalari rivojlanishining turli davr va jarayonlariga ta’sir etib, ularning o‘lishi yoki ko‘payishini to‘xtatish mumkin.
Yoki tuberkuloz bilan jarohatlangan bemorni tuberkulozga qarshi aktiv preparat bilan davolashni boshlab, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin (preparatga ko‘nikish boshlangach) tuber­kulozga qarshi kuchsizroq preparatlar bilan davolashga o‘tish kerak bo‘ladi. Ya’ni, avval 1-qator (asosiy) tuberkulozga qarshi preparatlarni, so‘ngra 2-qator (zaxiradagi) preparatlarni berish kerak.
Tuberkulozni davolashdagi natijalar bakteriologik tahlillar va rentgen bilan nazorat qilib boriladi. Olingan natijalarga qarab, bemorni davolashni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasi hal etiladi.
Tuberkulozga qarshi ishlatiladigan preparatlar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Tuberkulozga qarshi ishlatiladigan asosiy yoki birinchi qa- tor preparatlari. Bu guruh preparatlariga nisbatan mikroblar tezroq ko‘nikib qoladi.

  2. Tuberkulozga qarshi ishlatiladigan zaxira yoki ikkinchi qa- tor preparatlari.

Bu guruh preparatlari ancha zaharli bo‘lib, ularga mikrob- larning ko‘nikishi sekinroq yuzaga chiqadi.
Birinchi qator preparatlariga quyidagilar kiradi:

  1. Streptomitsin sulfat 0,5—l g.

  2. Rifampitsin 0,3—0,75 g, og‘iz orqali, grammusbat ta’sir etadi. Tuberkuloz mikroorganizmi ichida RNK sintezini susaytiradi.

  3. Izoniazid (tubazid GINK) — 0,2 va 0,3 g tabl. Ba’zan perrectum va venaga yuborish mumkin. Mikrob fosfolipid mem- branasini buzadi.

  4. Ftivazid, 0,5 tabl.

  5. Na paraaminosalitsil kislota tabletkasi 0,5 tabl., 3 % — 250—500 ml. fl.

  6. Soluzid 0,5 tabl.

  7. Soluzid — (eruvchan) soiubile 5 % — l—2 ml, 10 % —

  1. ml, kukunda.

  1. Metazid 0,1; 0,3 va 0,5 g tabl.

  2. GINK — gidrozid izonikotin kislota (INGA).

Izoniazid oshqozon-ichak sistemasi orqali berilganda 1—2
soat ichida qonda uning maksimal konsentratsiyasi yuzaga chiqadi. Asetillanish jarayoni bilan uning inaktivatsiyasi yuzaga chiqadi. Bu preparatlar bakteriostatik va bakteritsid ta’sirga ega. Ular oqsil sinteziga ta’sir etadi.
Ikkinchi qator tuberkuloz preparatlariga quyidagilar kiradi:

  1. Etambutol (diambutol yoki miambutol) 0,1—0,4 tabl. RNK sintezini susaytiradi, organizmda 2 valentli metall tuzlari bilan (Mg, Cu, Zn, va Fe) bog‘lanib, RNK sintezida ishtirok etuvchi fermentlarni ishdan chiqaradi.

  2. Etionamid 0,25 tabl. (tionid, trekator, nizotin, 0,5 por. fl. suspenziya qilib yuboriladi).

  3. Protionamid (treventiks) 0,25 tabl. dr.

  4. Tioasetazon 0,01—0,05 tabl. (tibon, tebetion, tubegad, konteben). Boshqalariga qaraganda zaharli.

  5. Sikloserin 0,25, tabl. va kaps. Preparatda kumulatsiyalanish qobiliyati bor. Bakteriyalar qobig‘ini ishdan chiqaradi. Oshqo- zon-ichak sistemasida yaxshi so‘riladi.

  6. Kanamitsin monosulfat 0,25 tabl. bakteriyalarda oqsil sin- tezini buzadi.

  7. Florimitsin yoki biomitsin 0,5—1 g.li flakonda chiqariladi, mushaklar orasiga yuboriladi.

Bu preparatlarning hammasi jigarga nisbatan zaharli ta’sir etadi, chunki u yerda metabolizmga uchrab, asosan, buyrakdan hamda OISdan chiqib ketadi. Bularning hammasi dispeptik holatni (50 % yaqin) yuzaga chiqaradi.
Shuningdek, 1-qator tuberkuloz preparatlarining nojo‘ya ta’sirlarini qayd etish mumkin. Ya’ni nevritlar, ototoksik va neyrotoksik simptomlar, vestibular apparatga, ko‘zning ko‘rish (etambutal) qobiliyatiga, jigar funksiyasiga (rifampitsin) ta’sir etadi va superinfeksiya (rifampitsin, streptomitsin va kana- mitsin) holatini yuzaga chiqaradi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish