Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet22/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

1-jadval
Penitsillinning qiyosiy bahosi

T/r

Preparatlar

Oshqozon- ning kis- lotali mu­hitiga chi­damli pre- paratlar

Oshqozon- ichak siste- masida yaxshi so‘riluvchi preparatlar

Penitsil-
lazaga
chidamli
prepa-
ratlar

Preparatlarning antimikrob ta’sir spektri







gram-
musbat

gram-
manfiy

1.

Benzilpenitsillin

-

20-30

-

+

-

2.

Oksatsillin

+

20-30

+

+

-

3.

Diklosatsillin

+

50-85

+

+

-

4.

Ampitsillin

+

30-40

-

+

+

5.

Karbenitsillin

-

0

-

+

+




  1. Sefalosporinlar

Sefalosporinlar bakteriya devorlari bilan birga uning biosin- teziga ham ta’sir etadi. Shu bilan birga ularni ta’sir doirasi keng antibiotiklarga kiritish mumkin. Ular ishlatilishiga ko‘ra, ikki gu- ruhga bo‘linadi:

  1. Parenteral yo‘l bilan qo‘llaniladigan.

  2. Enteral yo‘l bilan qo‘llaniladigan.

  1. guruhga: sefalotin, sefaloridin, sefatoksim kiradi.

Bu guruh preparatlari oshqozon-ichak sistemasida yomon so‘riladi.

  1. guruhga: sefaleksin va sefaklor kiradi.

Qorin bo‘shlig‘iga yuborilgandan 30 daqiqa o‘tgach, og‘iz orqali yuborilganda esa, 1—2 soatdan so‘ng qonda maksimal konsentratsiya yuzaga chiqadi, asosan, buyrak orqali sekretsiya yo‘li bilan chiqib ketadi. Bu preparatlar ishlatilganda allergik reaksiyalar yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham ularni aller- giyaga moyil bemorlarga berib bo‘lmaydi. Buyrak va jigari xasta- larga ehtiyotlik bilan va homiladorlarga esa, umuman berib bo‘l- maydi.
Makrolidlarga eritromitsin fosfat va oleamitsinlar kiradi. Bu guruh antibiotiklari grammusbat va grammanfiy mikroorga­nizmlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, gonokokk va meningokokklarga yaxshi ta’sir etadi. Shuningdek brutselloz, rikketsiya va sifilis, traxoma bakteriyalarini ham o‘ldiradi, lekin virus va zamburug‘larga ta’sir etmaydi.
Boshqa antibiotiklar: streptomitsin, tetratsiklin va sulfanila- midlar bilan ishlatilsa uning ta’siri oshadi. Gistogematik baryerdan o‘ta olmaydi, shuning uchun ham meningitda qo‘llanilmaydi. Bu preparatlarning mahalliy ta’siri yaxshi. Shuning uchun ularni teridagi yiringli yaralar, infeksiya tushgan yaralar, uzoq bitmay- digan yaralarga hamda konyunktivitda, traxomada va blefaritlarda keng ishlatiladi.
Og‘ir infeksiyali kasalliklarda eritromitsinning suvda eruvchi tuzi eritromitsin fosfat vena ichiga yuboriladi. Preparat tabletka va kapsulada 0,25 va 0,1 g chiqariladi.
Eritromitsin mazi yuqoridagi kasalliklarda, trofik yara va II—

  1. darajali kuyishlarda ishlatiladi.

Oletetrin bir qism oleandomitsin sulfat + ikki qism tetra- tsiklindan iborat bo‘lib, oshqozon-ichak sistemasidan juda yaxshi o‘tadi. Oletetrin grammusbat (stafilokokk, streptokokk, pnevmo­kokk, difteriya tayoqchasi va boshq.) va grammanfiy (gonokokk, meningokokk, dizenteriya tayoqchasi va ichak tayoqchalariga) mik­roorganizmlarga yaxshi ta’sir etadi. Tuberkuloz tayoqchasiga ta’sir etmaydi. Bu preparatlarni har xil pnevmoniyada, angina, sinusit, otit, brutselloz, tularemiya, xolitsistit, pankreatit, peritonit, fu- runkuloz, karbonkuloz, osteomiyelit, gonoreya, ginekologik va urologik yallig‘lanish kasalliklarida keng ishlatiladi.
Ta’sir doirasi keng antibiotiklarga, asosan, biologik yo‘llar bilan olinadigan aminoglikozidlar kiradi:

  • streptomitsin sulfat;

  • neomitsin sulfat;

  • gentomitsin sulfat — 0,1 % li malhami ham bor, monomitsin va kanamitsinlar.

Bu preparatlar tuberkuloz tayoqchalariga, yiringli tayoq- chalarga, dizenteriya amyobalarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Ular me’da-ichakdan yaxshi so‘riladi. Bu antibiotiklarning ta’siri 5— 8 soat davom etadi. Preparatlar to‘qima a’zolarga yaxshi o‘tadi, ammo orqa miya suyuqligiga o‘tmaydi. Ular buyrakda va quloqda to‘planib qoladi. Shuning uchun ham ototoksik, nefrotoksik ta’sirlarni yuzaga chiqaradi.
Meningitda streptomitsinning xlorli Ca tuzi ishlatiladi va en- dolyumbal yuboriladi.
Neomitsin — yiringli jarohatlarda, konyunktivitda va kera- titlarda ishlatiladi. U «Lakokorten», «Sinalar» malhamlari tarkibiga kiradi.
Kanamitsin tuberkuloz tayoqchalariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Uni venaga, mushaklar orasiga va aerozol holida ishlatish mum- kin. Preparat ototoksik va nefrotoksik ta’sirni yuzaga chiqaradi.

  1. Ta’sir doirasi keng antibiotiklar

Bu guruhga tetratsiklin va uning unumlari kiradi:

  1. Tetratsiklin gidroxlorid 0,1 va 0,25 g tabl.

  2. Oksitetratsiklin digidrat 10 g, 0,5 tabl.

  3. Metatsiklin gidroxlorid 0,15 va 0,3 g kaps.

  4. Doksitsiklin gidroxlorid 0,05 va 0,1 g kaps.

Bu antibiotiklar grammusbat va grammanfiy dizenteriya, qorin tifi, vabo, brutselloz, rikketsioz va venerik kasal chaqiruvchi mikroorganizmlarga ta’sir etadi. Ta’sir vaqti 6 soat. Preparatlar mikroorganizmlardagi oqsillarni koagulatsiya qiladi, fermentlarni ingibitsiya qiladi va bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi.
Ular penitsillinlardan farqli o‘laroq, asosan, og‘iz orqali iste’mol qilinadi, ammo oshqozon-ichak sistemasida butunlay so‘rilmasa ham qon va to‘qimalarda kerakli konsentratsiyani 2 soat ichida hosil qiladi. Ma’lum qismi ichaklarda to‘planib, uning epiteliy hujayralari regeneratsiyasiga to‘sqinlik qiladi.
Tetratsiklin jigarga ham zaharli ta’sir etadi va unda oqsil, pro- trombin hosil bo‘lishini susaytiradi, qon ketishi yuzaga chiqadi. Tetratsiklinlar tish va suyaklardagi Ca va Mg metallari bilan bog‘- lanib, to‘planib qolishi mumkin. Bolalarda tish chiqishi kechikadi, rangi o‘zgaradi va tez jarohatlanadi. Bu narsa homilador ayollar iste’mol qilganda qayd etiladi. Tetratsiklinlar orqa miya suyuqligini oshirib, «soxta meningial» holatni yuzaga chiqarishi mumkin. Orqa miya suyuqligidagi uning konsentratsiyasi qonga qaraganda ikki barobar va undan ham kam bo‘ladi.
Tetratsiklinlar oshqozon-ichakdagi saprofit mikroorganizmlar aktivligini susaytiradi, kandidamikoz, stafilokokkli kolit va zotil- jamlarni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, B vitamin guruhi sintezini ishdan chiqaradi. Tetratsiklinlar qonga qaraganda, o‘pka alveola- larida ko‘proq yig‘iladi. Shuning uchun ham ularni o‘pka kasal- liklarida qo‘llash yaxshi natija beradi. Ular gematoensefalik va yo‘ldoshdagi to‘siqlardan yaxshi o‘tadi.
Bu preparatlar ko‘proq jigar orqali, qisman buyrak orqali chiqib ketadi. Ularni jigar, buyrak va qon kasalliklarida, 8 yosh- gacha bolalarga va homilador ayollarga berib bo‘lmaydi. Ular al- lergik jarayonlar keltirib chiqarishi mumkin. Og‘iz orqali beril- ganda, uning 20-50 % najas bilan, qolganlari buyrakdan filtra- tsiya yo‘li bilan chiqib ketadi. Buyrak kasalliklarida kumulatsiya holati yuz berishi mumkin.
Tetratsiklinlar Ca, Fe va boshqa og‘ir metall ionlari bilan suvda qiyin eriydigan to‘plam hosil qiladi. Shuning uchun ham tetra- tsiklinni sut va sut mahsulotlari, antatsidlar bilan birga ishlatib bo‘lmaydi.
Yana shuni ham e’tiborga olish kerakki, tetratsiklinlar yo‘ldosh orqali yaxshi o‘tadi. Yuqoridagilarni inobatga olib (erimaydigan moddalar suyak, tishda to‘planadi), tetratsiklinlarni 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berib bo‘lmaydi.
Tetratsiklinning nojo‘ya ta’sirini kamaytirish uchun unga nistatin qo‘shib beriladi. Ta’sir doirasi keng antibiotiklarning zaharli guruhiga levomitsetinlar, linkomitsinlar va ristomitsinlar kiradi.
Boshqa antibiotiklar ta’sir etmaganda levomitsetin qo‘llani- ladi. Ular, asosan, ichak infeksiyalarida (qorin tifi, dizenteriya va boshq.) ishlatiladi. Levomitsetinning ta’siri 2 soatda yuqori natija beradi. U barcha suyuqliklardan va to‘qimalar ichiga o‘ta oladi, hujayra ichidagi mikroorganizmlarni o‘ldiradi. Uning metabolizmi yosh bolalarda sust bo‘ladi. Shuning uchun ham zaharli ta’sir ko‘rsatadi va leykopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya cha- qirishi mumkin. Preparat allergik va psixomotor o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Uni bolalarga berib bo‘lmaydi. Preparat, asosan, jigar, qisman, buyrak orqali organizmdan chiqib ketadi.

Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish