Umumiy lot p65


Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar



Download 317,98 Kb.
bet18/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar

Mikroblar hayot faoliyatini to‘xtatadigan va ularni halok eta- digan preparat va dori moddalari mikroblarga qarshi vositalar deyiladi.
Mikroblarga qarshi vositalar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Mikroblarga tanlab ta’sir etuvchilar.

  2. Mikroblarga tanlab ta’sir etmaydigan preparatlar.

Mikroblarga tanlab ta’sir etmaydigan dori vositalarining mikro- organizmlarga ta’siri ikki xil bo‘ladi:

  1. Bakteritsid ta’siri — mikroblarni o‘ldiruvchi ta’sir.

  2. Bakteriostatik — mikroblar rivojlanishini to‘xtatadigan ta’sir.

Lekin bu ta’sirlar shartli ravishda bo‘lingan bo‘lib, ular kichik
konsentratsiyalarda bakteriostatik, katta konsentratsiyalarda esa, bakteritsid ta’sir etadi. Mikroblarga qarshi moddalar uch turga bo‘linadi:

  1. Dezinfeksiyalovchi moddalar.

  2. Antiseptik moddalar.

  3. Kimyoterapevtik moddalar.

Dezinfeksiyalovchi moddalar deb, bemor tanasidan tash- qaridagi mikroblarga qarshi ishlatiladigan dori vositalariga aytiladi. Bu guruh dori vositalari mikroblarga tanlab ta’sir qilish qobili- yatiga ega emas. Ular insonga nisbatan ma’lum darajada zaharli.
Bu dori vositalarining ta’sir mexanizmlari asosida barcha to‘- qimalarga qarshi zaharliligi, oqsillarni degidratatsiya qilish qobi- liyati va hayotiy fermentlarni inaktivatsiya qilib, plazmatik mem- branalar o‘tkazuvchanligi yotadi.
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalariga:

  • galogenlar, oksidlovchilar, og‘ir metall tuzlari, spirt va fenol guruhi, formaldegid guruhi, nitrofuran unumlari, kislota va ish- qorlar, detergentlar kiradi.

Bu moddalarga nisbatan ma’lum bir talablar qo‘yiladi:

  1. Yuqori darajada mikroblarga qarshi ta’sir.

  2. Insonlarga nisbatan kam zaharlilik.

  3. Tez va uzoq ta’sir etishlilik.

  4. Mahalliy qitiqlash ta’siridan xolilik.

  5. Ishlatiladigan yeridan minimal miqdorda so‘rilishlik.

  6. Allergik ta’sirlardan xoli bo‘lishlik.

  7. Dezinfeksiyalanuvchi moddalarni ishdan chiqarmaslik va buzmaslik.

  8. Qo‘lansa va noxush hidlardan imkon darajasida xoli bo‘lish.

  9. Saqlash muddati va iqtisodiy tomondan samaradorligi yaxshi bo‘lishi kerak.

Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalarini bundan ming yil avval Abu Bakr Roziy va Abu Ali ibn Sino ishlatishgan. Hozirgi zamon tibbiyotida antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalarini qo‘llash XIX asrning boshida boshlangan. Jumla- dan, N.P. Nelyubin 1928-yilda turli buyumlarni zararsizlan- tirish uchun ohakdan foydalangan. Keyinchalik, Zemmelveys tibbiyot xodimlari qo‘lini yuvish uchun taklif etdi. 1867-yilda Lister karbol kislota va fenolni zararsizlantiruvchi modda sifatida tibbiyotga tatbiq etadi. Xususan, jarrohlik muolajalaridan keyingi yallig‘lanishlar oldini olishda ma’lum darajadagi ijobiy natija- larga erishildi. R. Kox esa, sulemani dezinfeksiyalovchi modda si- fatida ishlatadi. Yuqoridagi izlanishlar natijasida P. Paster, Mech- nikov, R. Kox, P. Erlix va boshqalar antiseptik va dezinfeksiya­lovchi dori vositalarini izlab topish va tibbiyotga tatbiq etish dav- rini boshlab berishdi.
Shunday qilib, antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar kasalliklar oldini olish va davolash uchun keng miqyosda qo‘l- laniladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar atrof-muhitdagi infeksiya va invaziyalarni (havo, suv, shaxsiy va jamoat foydalanadigan yerlarda, chiqindilardagi infeksiya va h.k.) o‘ldirish va yo‘qotish uchun ishlatiladi. Ular tez va sekin ta’sir etuvchi ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Tez ta’sir etuvchilarga galogenlar, simob va fenollar kiradi.

  2. Sekin ta’sir etuvchilarga ba’zi bir kislota va ishqorlar kiradi.


Download 317,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish