223-guruh talabasi Abdulaxadov Hojiakbar
Mavzu: Damlamalar va qaynatmalar. Emulsiyalar. Dorivor yig'malar. Tindirmalar va suyuq ekstraktorlar.
Damlama va Qaynatmalar deb, maxsus usul bilan dorivor o‘simliklardan yoki ularning konsentratlangan tayyorlangan suvli ajratmalarga aytiladi. Damlama va Qaynatmalar ichish va sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ularning tarkibiga turli , har xil xususiyatga ega bo‘lgan dorivor moddalar ham kirishi mumkin .
Dorivor o‘simlik xom-ashyosi (barglar, o‘tlar, ildizlar va boshqalar) suv h ammo mida +1000C haroratdagi suv bilan muayyan vaqt mobaynida ishlanganida shifobaxsh o‘simliklarning ta’sir qiluvchi moddalari ajralib chiqadi. O‘simlik xom ashyosidan suvda olingan bunday ajratmalarga damlamalar va qaynatmalar deyiladi. Damlamalar ko‘pincha o‘simlikning yumshoq qismlaridan: barglar (folia), gullar (flores), o‘tlar (herbae) dan, ayrim paytlarda esa qattiq qismidan tayyorlanadi. Qaynatmalar odatda o‘simliklarning birmuncha dag‘al, qattiq qismlari (ildizlari – radix, po‘stlog‘i – cortex, ildizpoyasi – rizoma) dan, ba’zi hollarda esa yumshoq qismidan tayyorlanadi. Misollar: 1. Termopsis o‘tidan tayyorlanadigan damlamaga retsept yozib berilsin. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun tavsiya qilinsin. Hisoblash: 1) suv 15 ml x 12 martaga=180 ml, hisoblashga oson bo‘lishi uchun 200 ml qilib olish mumkin; 2) 1:400 400 ml – 1 g 200 ml – x 2. 200 ml shirinmiya ildizidan tayyorlangan qaynatmaga retsept yozing, 1:10 nisbatda. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun. №1 Rp.: Decocti radix Glycyrrhizae naturalis 20 – 200 ml D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichish uchun
Emulsiyalar
Emulsiyalar hosil bo‘lishidagi asosiy masalalardan biri agregat turg‘unlikni o‘rganishdir.
Emulsiyalarda agregat turg‘unlik bu har tomonlama dispers sistema bo‘lib, dispers faza,
dispersion muxitda ko‘prok vaqt ichida bir xilda muallak tarqalishdir.
Dorivor yig‘malar ma'lum bir kasallikni davolashga mo‘ljallangan bir
nеchta dorivor o‘simliklarni yirik maydalan-gan mahsulotlarining aralashmasidir. Yig‘malar-bir
nеchta o‘simliklarning maydalangan, ba'zan butun o‘simlik maxsulotlaridan yig‘ilgan
aralashmalar bo‘lib, ba'zan o‘z tarkibida tuzlar va efir moylari saqlaydi, dorixonada dori
vositasi sifatida ishlatiladi.
Yig‘ma ―Species‖ lotinchadan olingan so‘z bo‘lib, ―avlod‖, ―tur‖ (aniq bir turdagi o‘simlik
еki turli xil o‘simliklar aralashmasidan ) tashkil topgan. Yig‘malar ichish va tashqi ishlatish
uchun mo‘ljallangan, turli xil kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.
Suyuq ekstrakt-konsentratlardan (1:2) damlama va qaynatmalar tayyorlaganda dorixatda ko‘rsatilganga nisbatan 2 barobar ko‘p, quruq ekstrakt-konsentratlardan (1:1), dorixatda
ko‘rsatilgan miqdoriga teng olinadi.
quruq va suyuq ekstrakt — konsentratlardan foydalanib ajratmalar olish suyuq dorilar
tayyorlash texnologiyasidan farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |